Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
19 
II-MAVZU. BOZOR TUSHUNCHASI VA TURLARI 
 
2.1. Bozor tushunchasi va uning vazifalari 
2.2. Erkin va monopollashgan bozor 
2.3. Bozorning turlari 
 
2.1. Bozor tushunchasi va uning vazifalari 
 
Bozor  deganda  kishilar  ko’z  oldida  ko’pchilik  yig’ilib  savdo-sotiq  yuz 
beradigap  joy  gavdalanadi.  "Bozorga  boraman"  deganda  xam  o’sha  joyga  borish 
tushuniladi,  lekin  ko’pchilik  magazin,  birja  yoki  auktsionni  bozor  tarzida  xayoliga 
ham  keltirmaydi.  Bu  tabiiy.  Chunki,  odamlarda  shunday  ko’nikma  hosil  bo’lgan. 
Aslida  "Bozor"  tushunchaciga  boshqacharoq  qarash  kerak.  Bozor  iqtisodiyoti  va 
bozor tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsa-da, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor 
iqtisodiyoti  yaxlit  bir  organizm  hisoblansa,  bozor  uning  muhim  a’zosidir.  Bozor 
faqat savdo sotuvdan iborat faoliyatni bildiradi. 
Bozor  sotuvchilar  bilan  xaridorlarning  oldi-sotdi  qilish  orqali  yuz  beradigan 
o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. 
Bozorda  sotuvchilar  va  xaridorlar  bir-birini  topadi.  Bozor  ularni  bir-biriga 
bog’lab  turuvchi  mexanizm  hisoblanadi.  Bozor  bu  barter  emas,  balki  oldi-sotdi 
qilish, ya’ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Pulsiz bozor bo’lishi mumkin 
emas.  Bozor  bo’lishi  uchun  oldi-sotdi  ham  xaridorga,  ham  sotuvchiga  manfaatli 
bo’lishi  talab  qilinadn.  Sotuvchi  o’z  tovarini  yaxshi  qo’llasa,  xaridor  esa  kerakli 
tovarni ma’qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo’lishga 
intiladi. 
Х
o’sh, kim sotuvchi-yu, kim xaridor? Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim 
bo’lishidan  qati  nazar  (iste’molchi,  fuqaro,  firma,  davlat),  bir  bozorda  sotuvchi 
bo’lsa. boshqa bozorda xaridor vazifasini o’taydi. 
Х
aridorda  tovarni  malum  narxda  sotib  olish  ishtiyoqi  bor.  Sotuvchilar  esa 
tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma’lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilardir. 
Х
aridorlar va sotuvchilar har doim bir-birlarining hojatini chiqarib, hamkorlik 
qiladilar, kerakli tovariing narxini kelishib, o’zaro iqtisodiy murosaga keladilar. Bu 
bozordagi murosa deyiladi. 
Uy xo’jaliklari, birinchidan, oddiy iste’molchilardan (masalan,oila yoki yakka 
odamdan),  ikkinchidan,  resurs  egalaridan  iborat.  Ular  xaridor  sifatida  bozordan 
tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, er va pul mablag’ini bozorga 
chiqarib  sotadilar.  Ish  kuchi  mehnat  bozorida,  er  ko’chmas  mulk  bozorida,  pul  esa 
moliya  bozorida  (bank  orqali)  sotiladi  (bular  birgalikda  resurslar  bozori  deyiladi). 
Uy xo’jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar 
bozoriga  chiqarib,  u  erdan  ists’mol  buyumlari  oladilar.  Tovar  ishlab  chiqaruvchi 
firmalar,  fermer  xo’jaliklari  yoki  yakka  tartibda  ishlab  chiqaruvchilardan  iborat. 
Ishlab  chiqaruvchilar  ham  ikki  bozorda  ish  ko’radilar.  Ular  resurs  bozoridan  ish 
kuchi, xomashyo, er va qarz puli topadilar, ya’ni ularni sotib oladilar. Ayni paytda 
ular bozorga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar. 
Davlatga  kelsak,  u  ham  uy  xo’jaliklaridan  va  tovar  ishlab  chiqaruvchilardan 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
20 
tovar  olib,  ularga  pul  beradi,  ammo  ulardan  yana  pul  ham  oladi.  Bu  undirilgan 
soliqlardir.  Davlat  tovarlarni  maxsus  buyurtma  orqali  oladi.  Bunga  misol  qilib 
mamlakatimizda amalda bo’lgan paxtakorlarga beriladigan davlat buyurtmasini olish 
mumkin.  Unga  binoan  belgilangan  miqdordagi  paxta  davlatga  etkazib  beriladi, 
paxtaning qolgan qismi erkin narxlarda sotiladi. 
Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir 
sotish  kerak.  Demak,  xaridor,  albatta,  sotuvchi  vazifasini  ham  o’tashi  lozim.  Uy 
bekasi bozor qilganda pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go’yo hech narsa 
sotmadi.  To’g’ri,  u  shu  damda  tovar  sotmadi,  lekin  uning  hamyonidagi  puli  oldin 
sotilgan  tovarning  xaqi.  Masalan,  uning  oila  a’zolari  o’z  ish  kuchini  firmaga  yoki 
davlatga  sotib,  ish  xaqi  olgan.  Shu  pulni  beka  bozorga  olib  chiqadi.  Mazkur  oila 
bankka pul quygan bo’lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara xaqi oladi. 
Uy  bekasi  uchun  sotish  operatsiyasi  oldin  bo’lib,  xarid  etish  operatsiyasi  keyin 
bo’lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin. 
Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo’lsa, 
u  ham  tovar  sotadi.  Ammo  aksariyat  davlat  idoralari  va  mahkamalari  
bozorda  o’z  xizmatini  sotadi.  Bu  xizmatning  xaqi  olinadigan  soliqlar 
hisoblanadi.  Tushgan  pulga  davlat  bozordan  resurslar  va  tovarlar  sotib 
oladi.  Bozorning  afzalligi  ham  shuki,  u  oldi-sotdidan  iborat  iqtisodiy 
aloqalarni o’rnatadi. 
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish