1.2.
Oliy ta’lim tizimi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonunning joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda
zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi.
Shu nuqtai nazardan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoni,
mazmunini islox qilish asosan, me’yoriy xujjatlar majmuasi (davlat ta’lim
standarti, o’quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish
milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi hamda O’zbekiston
Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor
sohadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
ustuvorligi ta’minlanadi.
Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab
to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Bunday tizim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida
o’z aksini topgan.
Oliy ta’lim
– uzluksiz ta’lim tizimining yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlovchi mustaqil turi. U oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy
ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o’rta-
maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy
ma’lumot to’g’risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga
ega.
Bakalavriat
– o’rta-maxsus kasb-hanvr ta’limi negizida oliy ta’lim
yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt
yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’lim;
Magistratura - a
niq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki
yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Bakalavr, magistr
– oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq dasturlarni
muvaffaqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga beriladjigan akademik darajalardir.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida
olishga haqlidirlar.
Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, bakalavriat va
magistratura bosqichiga bo‘linadi.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va
pullik-shartnomaviy asoslarda amalga oshiriladi.
Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim
hisoblanadi.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi
yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini
beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta’lim hisoblanadi.
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik
dasturining yakunlovchi bosqichidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi, kasb faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom
topshiriladi.
Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur:
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va
joriy etish;
oliy ta’lim muassasalari uchun professor-o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shu
jumladan xorijiy davlatlardagi etakchi o‘quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;
oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning
mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat
kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim
tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish;
pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan
foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar
asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |