~ 3 ~
KIRISH
Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan olib borilayotgan tub ijtimoiy
islohotlarda ta‘lim tizimini takomillashtirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Chunki
mustaqil O‗zbekistonni jahon hamjamiyati davlatlari orasida mustahkam o‗rin
egallashi birinchi navbatda yuqori intellektual salohiyatga ega bo‗lgan, jahon
andozalari talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga
bog‗liq bo‗ladi. Jumladan, boshlang‗ich ta‘lim mutaxassislarinig o‗rni beqiyosdir.
Ushbu murakkab masalani ijobiy hal etilishida
5111700
– «boshlang‗ich ta‘lim va
sport» yo‗nalishi talabalari uchun «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanining
o‗qitilishi, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, milliy qadriyatlar asosida
o‗quvchi yoshlarni tarbiyalash, milliy istiqlol g‗oyalarini mustahkamlash bilan
bog‗liq bo‗lgan ko‗nikmalarni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da odatdagi o‘zlashtirish ta‘limi asosan
ta‘lim mazmunini axborotlar, tushunchalar majmuini o‘zlashtirishga qaratilgan
bo‘lib, yoshlarni, talabalarni amaliy o‘quv ko‘nikma masalalarini, mustaqil ijodiy
sifatlarini, omilkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik kabi uquvlarining juda kam
rivojlantirilishi asoslab berilgan edi. Yuqorida sanab o‘tilgan o‘quv-amaliy
sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun ayrim amaliy misollar yechish yoki
ayrim amaliy mashg‘ulotlar yetarli emas. Talabalarnig bilish faoliyatlarini
faollashtirish uchun ularda zamon, istiqbol talablari darajasida va amaliy, ijodiy
ko‘nikmalar hosil qilish uchun o‘quv jarayoniga rang-barang amaliy-ijodiy ishlarni
olib kirish taqozo qilinadi. Bu ishni samarali hal qilish yo‘llaridan biri dastur
talablarilariga mos mavzularni ajratish, bu mavzularni mustaqil o‘rganish
shakllaridan biri kurs ishlarini tayorlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mazkur ko‘rsatma bakalavriat yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
tarbiyaviy ishlar metodikasining рredmeti, maqsad va vazifalari, tarbiyaviy
ishlarda tizimlilik, tarbiyaviy ishlarning ta‘sirchanligini baholash tamoyillari,
maktabda o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish metodikasi, tarbiyaviy jarayonini
boshqarish tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va tahlil etish, tarbiyasi og‘ir bolalar
bilan ishlash texnologiyasi, oilaviy tarbiyaning mazmuni, an‘analari, metod va
~ 4 ~
vositalari, oila va maktabning o‘zaro hamkorligi oilani рedagogik tomondan
qo‘llab-quvvatlash, madaniy ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ishini
tashkil etish, sinf rahbari ishining mazmuni va metodlari, ―Kamolot‖ yoshlar
harakatini uyushtirish metodikasi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan
sinfdan va maktabdan tashqarida turli o‘yinlar, tanlovlar, musobaqa va boshqa
tadbirlarni tashkil etish metodikasi kabi masalalar yuzsidan mustaqil izlanishga,
darslar jarayonida olgan nazariy bilimlarini ijodiy tadbiq etishga o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: