Yo‘riqnoma Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining
ilmiy-pedagogik Kengashning 2021-yil 7-avgustdagi 7-sonli majlis bayoni bilan
ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
O.Sarmanov
Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi Ta’limi
standartlari va malaka talablarni ishlab chiqishni
tashqil etish bo’limi yetakchi mutaxassisi
Sh.Sharofaddinov
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi
boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish
institutining direktor o‘rinbosari
E.Ergashev
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi
boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish
institutining bo‘lim boshlig‘i
H.Ustaboboyeva
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi
boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish
institutining bosh mutaxassisi
Taqrizchilar:
MUNDARIJA
Kirish.............................................................................................................................................. 4
Ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalaniladigan atamalar. Glossariy ............. 5
Umumiy qoidalar ....................................................................................................................... 7
Ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi ................................................. 8
O‘quv fan (modul)lari ishchi o‘quv dasturi bosqichlari va ishlab chiqishga
qo‘yiladigan talab ...................................................................................................................... 9
Ishchi dasturining tarkibi .......................................................................................................... 9
Asosiy qism ................................................................................................................................ 11
Yakuniy qoidalar ...................................................................................................................... 14
Ishchi dasturni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar .................................................. 14
Kirish
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli Farmoni, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustda “O‘zbekiston
Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim
tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-
sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentabrda
“Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni
tashqil etish to‘g‘risida”gi 465-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqildi.
Mazkur yo‘riqnomaning asosiy maqsadi professional ta’lim muassasalarida
fan(modul)larning ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda pedagoglarga metodik
tavsiya berish.
Professional ta’lim tizimidagi o‘quv fan (modul)larning ishchi o‘quv dasturlarni
va malaka talablari yangi modeli va mazmunini kompetensiyaviy yondoshuvlar
asosida ishlab chiqish, takomillashtirish professional ta’lim darajasi (boshlang‘ich,
o‘rta va o‘rta maxsus)ning o‘qitish materiallarini va didaktik materiallarni yaratishda
asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv fan(modul) va o‘quv amaliyotining ishchi o‘quv dasturi tegishli
mutaxassislik tayyorlash uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, ishchi o‘quv
dasturi fan(modul) dasturining o‘qitish natijasi belgilangan aniq ketma-ketlik asosida
va umumiy, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan. Mazkur
yo‘riqnomada ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bosqichlariga qo‘yiladigan
talablar belgilab qo‘yilgan.