Семинар (Seminar)
– o`quv elementi talabalar ishini o`zaro baholash,
jamg`arish, ko`rib chiqish hamda taqriz berish imkonini yaratadi. Talabalar o`z
ijodiy ishlarini har qanday fayl ko`rinishida taqdim etishlari mumkin. Masalan,
Word hujjati
,
Excel elektron jadvali
, shuningdek,
matn maydoni
yordamida
matn ko`rinishida ham taqdim etishi mumkin. Taqdim etilgan ma’lumotlar bir
qancha baholash mezonlari asosida topshiriq bergan o`qituvchi tomonidan
baholanadi. Talabalarning bir yoki bir nechta kursdoshlarini baholash vakolatlari
mavjud. Taqdim etilgan ishlar va taqrizlar zarur bo`lsa, yashirin holatda bo`lishi
mumkin. Talabalar seminar uchun ikkita bahoga ega bo`ladilar. O`zining ishi uchun
baho hamda bajargan ishi uchun kursdoshlari tomonidan berilgan baho. Olingan
bahoning har ikkisi ham baholash jurnaliga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |