Laboratoriya mashgʻuloti №-1
Mavzu:
Fanlarni oʻqitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv
vositalar yaratish.
Ishningmaqsadi
: Fanlarni oʻqitishda pedagogik dasturiy vositalar
yordamida interaktiv vositalar yaratish haqida umumiy tushunchaga ega boʻlish.
Darsjihozi:
Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka,
Akustik tizimlar va boshqalar;
Kutilayotgan natija:
Mavzu yuzasidan bilim, malaka va koʻnikmaga ega
boʻladi.
Nazariy qism:
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv
jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik
vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi
sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalari dinamik illyustratsiyalar, ovozli
jarayonlar, animatsiyalar kabi effektlarni amalga oshiruvchi dasturlardan
foydalanib yaratiladi.
Pedagogik dasturiy vositalar quyidagi turlarga ajraladi:oʻrgatuvchi dasturlar,
test dasturlari, mashq qildirgichlar, oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitini
shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik
maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi),
texnik va metodik ta’minot, qoʻshimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qoʻyiladigan talablar:
Pedagogik dasturiy vositalarning an’anaviy vositalardan ustunligini
tasdiqlovchi omillari mavjud boʻlib, bu omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy,
fiziologik guruhlarga ajralgan. Pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan
didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon
etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning
asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib,
oʻquv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik
(ilgari oʻrganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda toʻldiruvchisi hisoblanadi),
izchillik, muammolilik, koʻrgazmalilik, faollashtirish (oʻqitish mustaqilligi hamda
faollilik
xususiyatining
mavjudligi),
oʻqitish
natijalarini
oʻzlashtirish
mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, oʻqitish, tarbiyalash, rivojlantirish va
amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq oʻquv fanining oʻziga xos
xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning oʻziga xosligini hisobga olish,
axborotning zamonaviy metodlari oʻzaro bogʻliqliligi, oʻzaro aloqadorliligi, turli-
tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-pertseptiv),
tafakkur
(tushunchaviy-nazariy,
koʻrgazmali-amaliy), diqqati (qat’iyliligi,
boshqaga koʻchishi), motivatsiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada
koʻrgazmalilik, oʻz vaqtida qayta aloqa yordamida oʻquvchilarning yuqori
darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda ragʻbatlantirish), xotira, tasavvuri,
yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim,
koʻnikma va malakalarini hisobga olib, oʻquv fani mazmuni hamda oʻquv
masalalari murakkablik darajasi oʻquvchilarning yosh imkoniyatlari va individual
xususiyatlariga mos kelishi, oʻquv materialini oʻzlashtirishda ortiqcha his-
hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Shular bilan bir qatorda texnik, tarmoq talablar, estetik, maxsus(interfaollik,
maqsadga yoʻnalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish,
koʻrgazmalilik,
kirish
nazorati,
intellektual
rivojlanish,
differentsiatsiyalash(tabaqalashtirish),
kreativlik,
ochiqlik,
qayta
aloqa,
funktsionallilik, ishonchlilik), ergonomik va metodik (oʻquv materialini taqdim
etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining oʻzaro bogʻliqligiga
tayangan holda qurilishi, oʻquv materialini yuqori tartibli tuzilma koʻrinishida
ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy oʻzaro bogʻliqlikning hisobga olinishi, ta’lim
oluvchiga oʻquv materialini bosqichma-bosqich oʻzlashtirganligini turli xildagi
nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi)talablar
kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda oʻquvchilarning psixofiziologik
xususiyatlarini hisobga olish alohida oʻrin egallaydi.Pedagogik dasturiy vositalarni
qoʻllash asosida oʻquvchilarning mustaqil ta’lim olish koʻnikma va malakalarini
shakllantirishda oʻquvchilarning funktsional va psixofiziologik imkoniyatlari
inobatga olinishi shart.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi
birinchidan: talabalarning oʻquv materiallarini oʻzlashtirishi, tarbiyalanganlik va
intellektual rivojlanganligi, ishchanlik koʻrsatkichlari, motivatsion barqarorlik
darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, oʻqituvchi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib,
oʻqitish kontseptsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan
ratsional foydalanish koʻrsatkichlari, oʻqituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan
barqaror motivatsiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda qoʻllaniladigan dasturiy vositalar
tizimining bir-biri bilan bogʻliq boʻlishi uchun pedagogik dasturiy vositalar
yaratilgan dasturiy ta’minotga ega boʻlishi shart.