Ishonchnoma



Download 274,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana23.01.2022
Hajmi274,91 Kb.
#403404
1   2   3
Bog'liq
ISHONCHNOMA

Shaxsiy ishonchnoma

 erkin usulda, odatda, qo‘lda yoziladi, lekin unda, albatta, 

quyidagi zaruriy qismlar bo‘lmog‘i kerak:  

1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma).  

2. Ishonch bildiruvchining to‘liq nomi (ismi, otaismi, familiyasi).  

3. Ishonchli shaxs (ishonchnoma berilgan shaxs)ning to‘liq nomi.  

4. Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalarni aniq ko‘rsatish).  

5. Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasaning nomi.  

6. Ishonch bildiruvchining imzosi.  



7. Berilgan (yozilgan) vaqti.  

8. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi.  

9. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr.  

Ishonchnoma  yozishda  quyidagilarga  e’tibor  berish  kerak:  ishonchnomaning 

zaruriy qismlari mazkur tartibda bo‘lishi ham mumkin, shuningdek, uning 3-raqamli 

qismi  5-raqamli  qismidan  so‘ng  yozilishi  ham  mumkin;  zarur  hollarda  ishonch 

bildirgan  shaxsning  lavozimi,  yashash  joyi,  ishonchnoma  berilgan  kishining 

shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport)  ma’lumotlari ham ishonchnomada aks etishi 

mumkin;  agar  ishonchli  vakil  olishi  kerak  bo‘lgan  pul  yoki  qimmatdor  buyum 

miqdori  aniq  bo‘lsa,  ular  avval  raqam  bilan,  keyin  qavs  ichida  so‘z  bilan  yozib 

ko‘rsatilishi  mumkin;  7-raqamli  va  8-raqamli  qismlari  orasida  tasdiqlovchining 

“....ning imzosini tasdiqlayman” 

degan qaydi joy oladi.  

Shaxsiy  ishonchnomalarda  ham  ularning  amal  qilish  muddati  ko‘rsatiladi. 

Muddat bevosita (“...gacha amal qiladi” deb) yoki bilvosita (“... yilning yanvar oyi 

maoshini  olish  uchun...”  deb)  ko‘rsatiladi.  Nafaqa  olish  uchun  berilgan 

ishonchnomaning amal qilish muddati, odatda, uch oygacha bo‘ladi.  

Agar ishonchnoma beruvchi va berilgan shaxslarning har ikkalasi bir muassasada 

ishlasa (o‘qisa), pul yoki qimmatdor buyumlarni ishonchnoma bilan olishda ishonch 

bildirilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, guvohnoma) ko‘rsatilishi 

shart emas. Boshqa barcha holatlarda ishonchnoma ko‘rsatuvchi o‘z pasporti  yoki 

uning o‘rnini bosuvchi hujjatni ham ko‘rsatishi shart.  

Tasdiqlanishiga  ko‘ra  shaxsiy  ishonchnomalar  oddiy  va  notarial  turlarga 

bo‘linadi. Odatda, ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo‘natmalarini olish uchun 

yozilgan  oddiy  ishonchnomalar  uni  yozgan  shaxs  ishlovchi  yoki  ta’lim  oluvchi 

muassasa,  o‘quv  yurti  rahbarining  imzosi  va  muhri  bilan  tasdiqlanadi.  Notarial 

ishonchnomalar notarial idoralar, ular bo‘lmagan joylarda shaharchalar, qishloqlar 

va  ovullar  fuqarolar  yig‘inlarining  raislari,  oqsoqollari  tomonidan  tasdiqlanadigan 

ishonchnomalardir.  Bularga  notarial  idoralar  rasmiylashtiradigan  xilma-xil 

shartnomalarni  (masalan,  turarjoyni  hadya  qilish,  sotish,  merosni  o‘tkazib  berish, 

mulkni  boshqarish,  yengil  avtomobildan  foydalanish,  merosga  haqdorlik  huquqi 

haqidagi guvohnoma olish kabilar) amalga oshirish uchun yozilgan ishonchnomalar 

kiradi.  Shaharchalar,  qishloqlar  va  ovullar  fuqarolar  yig‘inlarining  raislari 

(oqsoqollari)  tomonidan  notarial  rasmiylashtirilayotgan  hujjatlarga  O‘zbekiston 

Respublikasi  Davlat  gerbi  aks  ettirilgan,  shaharchalar,  qishloqlar  va  ovullar 

fuqarolar  yig‘inlarining  nomlari  qayd  etilgan  muhr  qo‘yiladi.  Notarial 

ishonchnomalarning  oddiylaridan  yana  bir  farqi  shundaki,  ularda  hujjat  nomidan 

keyin uning tuzilgan joyi va sanasi ko‘rsatiladi. 

 

Manba:  M.  Aminov  va  boshq.  Davlat  tilida  ish  yuritish:  amaliy  qo‘llanma.                      



– T.: O‘zbekiston nashriyoti, 2020-yil. 261-bet. 

 

Download 274,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish