Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalari
.
Shartli reflekslar hosil qilinayotganida
quyidagi qonun-qoidalarga rioya qilinishi lozim: 1. Shartli ta'sirot shartsiz ta'sirotdan
salgina (taxminan 10-20 sekund) oldin ta'sir qilishi lozim. 2. Shartli va shartsiz
ta'sirotlar ikkalasi birgalikda bir necha marta ta'sir qilishi lozim. 3. Shartli va shartsiz
ta'sirotlarning kuchi o’rtacha bo’lishi kerak. 4. Hayvonning bosh miya yarim sharlari
po’stlog’ining faolligi normal holatda bo’lmogi, organizmda patologik jarayonlar
bo’lmasligi, tajribada qullanilayotgan shartli va shartsiz ta'sirotlardan boshqa yot
ta'sirotlar organizmiga ta'sir qilmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |