346. Abulhusayn Tazariy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, Tazar bir yerdur Forsda. Buzurg erdi va darveshlarni buzurg tutar erdi va
ashoblari adab va siyonat birla erdilar va shayx ul-islom debdurki, Abu Nasr Hoji menga dedikim,
shayx Tazariyni ko‘rdumki, bir darveshning poytobasin ko‘ziga surtar erdi. Shayx ul-islom debdurki,
Koshonda qavme bor erdilar, yoruq ko‘ngulluk. Manga iltimos qildilar, bizni shayx Abdulloh Toqiyg‘a
elting. Andin istijoza qilib, alarni aning qoshig‘a eltdim va dedimkim, alarg‘a vasiyate qil! So‘rdikim,
mutaahhildurlar? Dedim: bale! Dedi: muktasibdurlar? Dedim, bale! Dedi: Asru ko‘b bo‘lg‘ayki, kasbe
qilg‘aylar va ahllarin yaxshi tutqaylar va aqshom har kishi taomdin o‘z bahrasin olg‘ay va bir lahza
bir-birlari bila bo‘lg‘aylar va tarqashqaylar va alarg‘a duo qildi va qo‘ptuk. Men bu ishni sharh bila
Shayx Amug‘a ayttim. Dedikim, Abdulloh Duniy bila Abulhusayn Tazariyning tariqlari bu erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |