283. Abu Said A’robiy q. s.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad. Basriyulasldur. Makkada sokin bo‘lub erdi. Olim
erdi va faqix Bu toifa uchun tasnifoti bor. Junayd q. s. bila suhbat tutubdur va Amr b. Usmon va
Abulhusayn Nuriy va Hasan Masuhiy va Abu Ja’far Haffor va Abulfath Hammolg‘a qaribdur
to‘rtunchi tabaqada. Va uch yuz yigirma yo yigirma birda dunyodin o‘tubdur. Uz vaqtida Haram
shayxi erdi. Shayx ul-islom debdurki, anga juzviydur tavhid nuktalarida, bag‘oyat xo‘b. Anda
debdurki, yaqinlik demagaylar, to yirog‘liq bo‘lmag‘ay. Va ham ul debdurki, [tasavvufning hammasi
ortiqcha narsalarni tark qilish, ma’rifatning hammasi bilimsizlikni e’tirof etishdir]
1
. Va ham ul
debdurki. [Shavq faqat g‘oyibga mansubdur]
2
. Shayx ul-islom debdurki, Dovud Toyidin so‘rdilarki,
mushtoqsen? Dedi: men yiroq emasmen, g‘oynb mushtoq bo‘lur va mening do‘stum hozirdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |