Shomonlik
Shomonlik, shamanlik (evenk tilida shaman — jazavaga tushish) — ibtidoiy diniy eʼtiqod
shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga taʼsir koʻrsatishiga ishonish
shahrining asosini tashkil etadi. shahrida uning ruhoniylari — shomonlar ruhlar bilan aloqa bogʻlay
oladigan, boʻlajak voqealarni oldindan aytib bera oladigan shaxslar deb, ularga sigʻiniladi. Maxsus
kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqalar turli narsalar taqingan shomonning xalq oʻrtasida
raqs tushib va jazavaga kirib, ruhlar bilan "aloqa bogʻlashi" hamda ulardan maʼlum yoʻlyoʻriq olishi
shahrining asosiy marosimi hisoblanadi. Bu diniy eʼtiqodda oddiy dindorlarga belgilangan keng
marosimchilik belgilari va ibodatxonalar yoʻq. Shomonlarga bemorlar oʻzlarini davolash
maqsadida murojaat qilib turadilar. Sh. Afrika, Shim. va Sharqiy Osiyoning koʻp xalqlarida, Sibirda,
indeyslar va boshqalar xalqlarda tarqalgan. Shomonlikka munosib ko'rilganlarni maxsus belgilari
va ko'plab qobiliyatlar talab qilingan. Ortiqcha barmoq bilan tug'ulganlar, ya'ni shamanlarning
oltinchi barmog'i bo'lishi lozim edi. Shomonlar qo'shiq, musiqa, rassomchilik, raqs, so'zamonlik va
haykaltaroshlikni yaxshi bilishlari kerak edi. Ularning marosimlarda aytiladigan qo'shiqlari
davolash va jodulash hususiyatiga ega bo'lgan. Ular o'tib ketgan ajdodlari arvoxlariga
sig'inishgan. Ulardan madad so'rashib qurbonlik marosimlarini o'tkazishgan. Ularning asosiy ish
qurollari ,,bubin nomli childirma, qamchi, changqovuz, morin xur bo'lgan. Maxsus kiyimlarida
mistik ramzlar bo'lgan. Ularning raqslari tabiyat jonvorlari harakatini eslatardi, bunga sabab
o'lgan ajdodlar arvoxlari hayvon qiyofasiga kirib, ular yoniga kelishiga ishonishardi. Oʻzbekiston
xalqlari orasida ham shomonlar bor, ularni hamma ,,baxshi nomi bilan yaxshi biladi. Ular ham
ajdodlariga atab qurbonliklar qilishadi, bashorat, jodu va davolash ishlarini bajarishadi. Ular ish
qurolida ham doira, qamchi, changqovuz, xanjarlarni ko'rishimiz mumkun va bu ish qurollari doim
qurbonlik qilingan jonzotlar qoni bilan qonlanib turgan.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Shomo
nlik&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Shomonlik&oldid=2389433
"
dan olindi