Savol va topshiriqlar:
1.
2.
6.2.2. Excel dasturi va uning imkoniyatlari
Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals
(Visiblencalculators-ko`rinib turuvchi kal’kulyator) nomi bilan Software Arts
firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II komp’yuteri uchun ishlab chiqilgan va
219
ko`p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan.1981 yili IBM PS
komp’yuteri paydo bo`lishi bilan bu tipdagi komp’yuterlar uchun elektron
jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi
ko`rinishlari paydo bo`ldi, shu bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining
birinchi amaliy dasturi paydo bo`ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining
yorqin yulduziga aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko`rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan
grafik rejimlarining paydo bo`lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi
qadami bo`ldi.1983 yil LOTUS firmasining 1 – 2 – 3 paketlari chiqib, kutilgandan
ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi
tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o`z sinfidagi eng
quvvatli dastur hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va
hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki
qilgan ishingiz natijasini bezash, ko`rgazmaliroq ko`rsatish va chop etish
imkoniyatini beradi. Bunda Win Word dasturidagi tahrirlash vositalaridan
foydalanish mumkin. EXCELning ommaviy imkoniyatlarini o`zlashtirish qiyin
emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli,
ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida
uning yangi - yangi imkoniyatlarini ko`rish mumkin.
EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir.
Undan ishbilarmonlar, o`qimishli kishilar, hisobchilar va jurnalistlar
foydalanadilar. Uning yordamida turli xildagi riyxatlar, kataloglar, jadvallar,
moliyaviy va statik hisobotlar, jamoa fikrini hisobga olish biznes korxonalarini
rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentasion
materiallar tayyorlash mumkin. Xullas, EXSEL qulay elektron jadvaldir.
Jadvallarni jihozlash turli xil bo`ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar
xuddi yaxshi matn prosessordek, shriftlarni o`zgartirish mumkin, rasm chizishni,
qatorlar ajratishni, qatorli yoki alohida yacheykalardagi matnni rang bilan
ko`pincha (agar sizda rangli printer bo`lsa) ramkali va chiziqli, oblastlarni
ranglash, berilgan jadvallarda grafik va diagramalar ko`rish, jadvallarga rasmlar
220
quya bilish va hokazolarni bajarish mumkin. Shuni aytish lozimki, bu dastur
haddan tashqari kuchli, imkoniyatlari juda ko`p, ko`pincha, oxirgi versiyalar (5.0
va 7.0 WINDOWS 95 uchun) miqyosida berilgan. Biz, albatta o`zimizga kerakli
bo`lgan tushunchalarni ko`rib chiqamiz, shuningdek, uning ishlash prinsipini ham,
boshqa qolgan juda ko`p ma’lumotlarni ham kerakli vaqtda biz kengaytirilgan
holatdagi EXCEL tizimidan qidirishimiz mumkin.
MS Excel 2007 dasturi MICROSOFT OFFICE paketiga kiradi. U
WINDOWS operasion qobig’i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va
qayta ishlashda ishlatiladi. EXCEL hujjatlari ,ya’ni qayta ishlash ob’ektlari
bo`lib ixtiyoriy nomli ,.XLS kengaytmali fayl hisoblanadi. Bunday fayl ishchi
kitob deb ataladi.
Har bir .XLS fayliga 1 dan 255 tagacha elektron jadvallar joylashtirish
mumkin, ularning har biri ishchi varaq deb ataladi. Ishchi varaq va hujjat bir
ma’noda ishlatiladi.
MS Excel 2003 dasturida elektron jadval komp’yuter xotirasida joylashgan 1
dan 16384 gacha raqamlangan satrlardan va lotin harflari A, B, ..., Z, AA , AB, ...
deb raqamlangan 256 ta ustundan iborat edi.
MS Excel 2007 dasturida esa 16,4 ming ustun va 1 mln.dan ortiq satr
mavjud!
Ustun va satrlar kesishish joyida yacheyka (katak) joylashgan. Ixtiyoriy
katakka boshlang’ich qiymatlar son yoki matn, shuningdek, ixtiyoriy axborotni
hisoblash uchun formula kiritish mumkin. Ustun kengligi va satr balandligini
o`zgartirish mumkin.
EXSELni komp’yuterga o`rnatishda, o`z talabi va shaxsiy komp’yuter
quvvatidan kelib chiqib, foydalanuvchi o`rnatishning bir yoki bir nechta
variantlarini tanlashi mumkin, bo`lar minimal, tanlanma, standart, to`la.
MS Excel 2007 dasturida qo`llash mumkin bo`lgan asosiy imkoniyatlar:
- katta hisoblash ishlarini talab qiluvchi masalalarni echish; (hisobotlar
yaratish, natijalarni tahlil qilish);
- diagramma yaratish;
221
- ro`yhatlari tashkil etish (murakkab tuzilishdagi ro`yhatlarni yaratish va
foydalanish);
- boshqa turdagi ma’lumotlar bilan ishlash (har xil turdagi manbalardan
ko`plab ma’lumotlarni import qilish);
- rasmlar va sxemalarni yaratish (SmartArt shakl va ob’ektlari);
- murakkab masalalarni bajarishni avtomatlashtirish (makroslar
yordamida).
Excel 2007 dasturidagi yangi imkoniyatlar quyidagilar ([4, 61-70 s.]):
- lenta va vkladkalar ko`rinishidagi yangi foydalanuvchi interfeysi;
- katta hajmdagi ishchi varoq (satrlar soni - Excel 2003 dagi 65 536 o`rniga
1 048 576 ta; ustunlar soni Excel 2003dagi 256 o`rniga 16384 ta);
- ma’lumot darajalarning sonini ortishi (64 gacha), formulada ishtrok etgan
darajalar (64 gacha), funksiya argumenti (255 gacha), yacheykada ko`rinishi
mumkin bo`lgan belgilar soni (32 000 tagacha) avtofil’trda joylashishi mumkin
bo`lgan ro`yhat elementlari soni (10 000 tagacha);
- yangi formatdagi hujjat(.xml format asosida);
- ishchi varoqdagi jadvallar (ish vaqtida yangi jadvallar bilan ishlash
imkoniyatini kengaytirish);
- ko`rinish(stil) va mavzular(tema) (jadvallarni mutlaqo boshqa ko`rinishda
jihozlash), ishchi kitob uchun yangi ko`rinishdagi foydali shablonlarni yaratish va
qo`shish;
- diagramma va grafiklarning mukammallashtirilgan ko`rinishi;
- «Razmetka stranisi» mukammallashgan rejimi;
- shartli formatlash imkoniyatining kengaytirilganligi (yacheykadagi
ma’lumotning mohiyatiga ko`ra, shartlarning chegaralanmagan soniga ko`ra uning
ko`rinishini o`zgartirish);
- SmartArt vositasi (chizma va rasmlarni joylashtrishda ishlatiladi);
- formulalarni avtoto`ldirish (yacheykaga formulalarni yozish) va formulani
kiritish vaqtida uning o`lchamini o`zgartirish;
- funksiyalar ro`yhatiga kiritilgan yangi funksiyalar (5 ta yangi funksiya);
222
- ishchi varoqlar masshtabini o`zgartirishning yaxshilanganligi;
- hujjat xavfsizligini boshqarish (aniq faylda o`zgartirishlarni amalga
oshirishdagi cheklanishlar;
- Excelning boshqa versiyalari bilan mutanosibligini tekshirish.
Excel 2003 va Excel 2007 dasturlaridagi farqlarini quyidagi jadvalda
keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |