Buyruqli processor. Buyruqli processor (BP) foydalanuvchining ShK bilan
o`zaro ishini amalga oshiradi. U DOS fayli hisoblanadi va Command. COM
nomiga ega.
O`zaro ishlash buyruqlar yordami bilan amalga oshiriladi. Buyruqlar ikki
tipda bo`ladi: ichki va tashqi. Ichki buyruqlar BP ning o`zining tarkibiga kiradi va
DOS yuklangandan keyin tezkor xotirada joylashadi (rezidentli buyruqlar). Tashqi
buyruqlar MS DOS tarkibiga kiruvchi.EXE va.SOM tipidagi fayllardir.
BP ning asosiy vazifalarilari quyidagilardir:
1. Klaviaturadan yoki buyruqli fayldan kiritilgan buyruqlarni qabul qilish va tahlil
qilish.
2. COMMAND. COM faylida mavjud bo`lgan DOS ichki buyruqlarini bajarish.
3. MS DOS ning tashqi buyruqlarini yuklash va bajarish; DOS imkoniyatlarini
kengaytiruvchi dasturlar (utilita) va.SOM va.EXE tipidagi amaliy dasturlar.