Savol va topshiriqlar:
1.
2.
3.2. Operasion tizim turlari, buyruqlari va ular bilan ishlash
Operatsion tizimlar
EHM da har qanday masalani echish, bir tomondan, bajarilishi kerak bo`lgan
hamma amallarning ketma-ketligini belgilaydigan dasturlarni (dasturli vositalar —
software), ikkinchi tomondan esa, bu amallarni amalga oshirish uchun jalb
112
qilinadigan aniq bir texnikaviyura vositalarini (processor, xotira, displey, printer,
klaviatura va b. — hardware) talab etadi.
EHM texnikaviy vositalarini boshqarishning ko`plab jarayonlari ma’lum
darajada standart hisoblanadi va aslini olganda, dasturli vositalarga bog’liq emas.
Operaciey tizimning (OT) asosiy vazifasi ayni shu kuo`satilgan standart,
ko`pincha esa juda etarlicha oddiy jarayonlarni bajarishni avtomatlashtirishdir.
Hisoblash tizimining turli tarkibiy qismlari orasidagi o`zaro aloqani 16-
rasmda ko`rsatilganidek tasvirlash mumkin.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, OT qulay foydalanuvchi interfeysini (EHM
ishini boshqarish uchun buyruqli til va foydalanuvchini zerikarli amallarni
bajarishdan ozod qiluvchi servis xizmatlari to`plani), dasturli muxitni, o`ziga xos
"peyzaj" ni (manzarani) shakllantiradi, ularning asosida foydalanuvchining amaliy
dasturlari ishlab chiqiladi va ijro etiladi.
Texnik nuqtai nazardan OT bu EHM resurslarini va bu resurslarni
ishlatuvchi axborotni qayta ishlash jarayonlarini boshqarishni ta’minlaydigan
dasturlar to`pshamidir.
Resursni
boshqarish
resurslarga
murojaat
qilishni
soddalashtirish
jarayonlariga,
raqobatlashuvchi
jarayonlar
orasida
resurslarni
dinamik
taqsimlashga olib kelinadi. Shuni hisobga olish kerakki, hisoblash tizimining
istalgan ob’ekti (texnikaviyli yoki dasturli) resurs hisoblanib, ular hisoblash
jarayonlarida ishlatilishi mumkin va mos ravishda, ular o`rtasida taqsimlanishi
mumkin.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish ShKning samarali ish
rejimlarini tashkil etish va amalga oshirishdan iborat bo`lib, bu rejimlar
quyidagilardir:
• bitta foydalanuvchi rejimi va alohida terminallar orqali ShK bilan bir vaqtning
o`zida bir nechta foydalanuvchining birgalikda ishlashini ta’minlaydigan Ko`p
foydalanuvchili rejim;
113
• bitta dasturli (bitta masalali) va ko`p dasturli (ko`p masalali) ish rejimi; ko`p
dasturli ishlash rejimi, ShK ning resurslariga murojaat qilish rejimiga bog’liq
ravishda, o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
16-rasm.
OTning tizimli resurslar bilan aloqasi.
a) paketli qayta ishlash rejimi (foydalanuvchini bevosita murojaat qilishisiz, bir
vaqtning o`zida echilishi kerak bo`lgan hamma dasturlar blokini (paketini)
oldindan yig’ish va shakllantirish bilan);
b) vaqtni bo`lish rejimi (foydalanuvchilar o`rtasida har bir oldindan qayd qilingan
mashina vaqti intervalini bo`lish bilan yoki boshqa xizmat ko`rsatish intizomiga
mos ravishda bo`lish bilan bir nechta foydalanuvchilarning bir vaqtning o`zida
muloqatli (interaktiv) murojaat qilishi);
v) haqiqiy vaqt rejimi (foydalanuvchining yoki tashqi terminalning har bir
murojaatiga kafolatli xizmat ko`rsatish vaqti bilan);
• virtual mashinalarni shakllantirish rejimi (har bir foydalanuvchiga asosiy
ShKdoirasida kamroq unumli go`yoki alohida mashina, balki o`zining operatsion
tizimi bilan, ajratiladi);
• bitta processorli, ko`p processorli, ko`p mashinali, shu jumladan tarmoqli
hisoblash tizimlarida ishlash.
ShK OT ning xarakterli xususiyati shundaki, ular "do`stona" foydalanuvchi
interfeysini — foydalanuvchining ShK bilan o`zaro ishini ta’minlaydi.
OT ning "do`stonaligi" quyidagini bildiradi, u foydalanuvchiga amaliy
dasturlarni bajarish jarayonida kerakli servisni ta’minlaydi va dasturlovchiga
dasturlarni ishlab chiqish va sozlash uchun hamda ma’lumotlarni saqlash,
o`zgartirish, aks ettirish va nusxalash uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
ShK lar uchun quyidagi OT turlari keng tarqalgan:
• MS DOS - IBM PC AT va XT ShK lari uchun;
• OS/2 - IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li PC AT ShKlari uchun;
• UNIX — 32 razryadli IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT
ShK lari uchun;
114
• WINDOWS 95 — 32 razryadli, 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT ShK
lari uchun;
• WINDOWS NT — 32 razryadli, 80486 va undan yuqori MP li IBM PC AT ShK
lari uchun.
MS DOS va WINDOWS 95 operatsion tizimlari to`g’risidagi asosiy ma’lumotlar
keyingi bobda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |