III. Ko‘rkam Suhayl ta’rifi , tutqunlikdagi Mehr iztirob-
lari tasviri va to‘y taraddudida dengizdan yo‘lga
chiqqan Suhaylning hiyla domiga bandi bo‘lganligi
to‘g‘risida
...Go‘yiyo ham jazirada bir shahr,
O‘zi fi rdavs-u Salsabil
1
anga nahr.
Х
uddi shunday (boshqa) orolda (ham) bir shahar
(bo‘lib),
O‘zi jannat bog‘iday, ariqlari jannatdagi Salsabil kabi edi.
Bor emish ravzadek
2
havosi aning,
Charxi minu
3
kibi fazosi aning.
1
Salsabil
– jannatdagi buloqning nomi.
2
Ravzad
е
k
– jannatdеk.
3
Charxi minu
– zangоri оsmоn.
Savol va topshiriqlar:
187
Uning havosi jannatdek emish,
Fazosi zangori osmon kabi keng ekan
.
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u
1
himmati oliy.
Unda bir shoh hokimlig-u boshqaruvchilik (qilar),
Mamlakati obod-u, (o‘zining) himmati baland
(edi)
.
Oti Nu’mon-u mulki oti Yaman,
Adlidin mulki guliston-u chaman.
(O‘zining) oti Nu’mon, mulkining nomi Yaman,
Adolatidan mamlakati guliston ham chaman.
Anga bir o‘yla nozanin farzand,
Kim, bashar
2
ichra yo‘q anga monand.
Uning shunday bir nozanin farzandi bo‘lib,
Insonlar orasida unga o‘
х
shashi yo‘q edi.
Yuzidin bargi gul xijil erdi,
Qaddidin sarv munfail
3
erdi.
Yuzi(ning go‘zalligi)dan gul bargi xijolat tortardi,
Qaddi(ning kelishganligi)dan sarv dara
х
ti uyalib ketardi.
Borcha fazl-u hunarda yo‘q misli,
Ko‘zguga boqsa o‘zi-o‘q misli.
U barcha fazilat-u hunarda tengi yo‘q,
Ko‘zguga boqsa (husnda) o‘ziga o‘xshashi yo‘q.
Hunar avji sori kelib anga mayl,
Yuzi andoqki mehr, oti Suhayl
4
.
Hunar (egallashda) yuksaklikka mayl qilardi,
Yuzi xuddi quyoshdek oti Suhayl edi.
1
Ma’mur
– оbоd.
2
Bashar
– оdamzоd, insоniyat.
3
Munfail
– xijоlat.
4
Suhayl
– yorug‘ yulduz nоmi, yigitning ismi.
188
Mehr zulfi g‘a ko‘ngli bog‘lig‘ edi,
Bu anga go‘yiyo atog‘lig‘ edi.
(Uning) ko‘ngli Mehrning sochlariga bog‘langan edi,
Bu (qiz) ham go‘yo unga atalgan(dek yaratilgan) edi.
O‘ylakim, Mehrning xarobi Suhayl,
Mehrg‘a ham Suhayl sori mayl.
Shundayki, Suhayl Mehrning (ishqida)
х
arob bo‘lgani kabi
Mehrda ham Suhaylga moyillik bor edi.
Maylni qo‘yki, vola-u zor ul,
Jon berib vaslig‘a xaridor ul.
Mayl demaki, u (Suhaylning ishqida) shaydo-yu zor (edi),
Jonini berib (bo‘lsa ham) visoliga
х
aridor (edi).
Bo‘ylakim hajr qo‘ydi bag‘rig‘a dog‘,
Manzil o‘lmish edi anga ul bog‘.
Lekin judolik (Mehrning) bag‘riga dog‘ qo‘yib,
(Jobirning) bog‘i unga manzil bo‘lib qolgandi.
Bor edi anda guna-guna
1
shajar,
Gul yo‘q edi bag‘ayri nilufar
2
.
Unda, ya’ni bog‘da
х
ilma-
х
il dara
х
tlar bor edi,
(Ammo) nilufardan bo‘lak gul yo‘q edi.
Nilufarvor
3
so‘gvor
4
erdi.
Nilufar ichra ashkbor
5
erdi.
(Mehr shu) nilufarguldek qayg‘uli edi,
Nilufarlar ichida ko‘zi yoshli edi.
1
Guna-guna
– xilma-xil.
2
Bag‘ayri nilufar
– nilufardan bоshqa.
3
Nilufarv
о
r
– nilufardеk.
4
So‘gv
о
r
– qayg‘uli, hazin.
5
Ashkb
о
r
– ko‘zyosh to‘kuvchi, yig‘lоvchi.
189
Ashkidin go‘yiyo berur edi suv,
Oh o‘tidin qururg‘ayib
1
qayg‘u.
Ashki, ya’ni ko‘zyoshi bilan go‘yo (gullarni) sug‘orardi,
Oh o‘ti bilan qayg‘usini quritardi.
Yo‘qki hijron g‘amida zor-u zalil
2
,
Nilufar ichra oqizib edi Nil.
Yo‘q, (uni) ayriliq g‘amida zor-u
х
or (bo‘ldi demang),
Nilufar(zor) ichida (ko‘zidan) Nil (daryosini) oqizardi
.
Topibon ashki nilufarda mamar
3
,
Yo‘q, ajab bahr ichinda nilufar.
Ashki nilufar(zor)da suv yo‘li – o‘zan topib,
Nilufar(ning) dengiz – suv ichidaligi ajablanarli emas.
Ko‘ngli gar nilufarg‘a rog‘ib
4
edi,
Mehr ila nilufar munosib edi.
Ko‘ngli agar nilufarlarga moyil bo‘lsa, (buning sababi)
Mehr bilan nilufar (bir-biriga) munosib edi(lar).
Nilufar sori ko‘p qilib ohang,
Kiymakin ham qilib edi ul rang.
Nilufar(gul)ga juda ham bog‘lanib qolganidan
Kiyimlarini (ham) shu (nilufar) rangda qilib olgandi
.
Nilufargun libos birla sanam,
Tutubon yor hajrida motam.
(Bu) sanam nilufarrang libosi bilan
Yori hajrida motam tutardi.
1
Qururg‘ayib
– qurib.
2
Zalil
– xоr, tuban.
3
Mamar
– o‘tish jоyi, yo‘l.
4
R
о
g‘ib
– mоyil.
190
Motamin zohir aylamakka mafar
1
,
Rang aro so‘gvor nilufar.
(Aslida o‘z) motamini zohir qilish – ko‘rsatish maqsadida
Qayg‘uli nilufar (shu) rangda (bo‘ladi).
Mehrni charx etib asiri fi roq,
Aylar erdi Suhayl otosi yaroq
2
.
Char
х
– dunyo Mehrni ayriliq asiri etganida,
Suhaylning otasi (to‘y) yarog‘ini – taraddudini ko‘rardi.
Aqd bazmini
3
qilg‘ali obod,
Go‘yiyo bu mahal edi miod
4
.
Nikoh to‘yini qilgani, ya’ni o‘tkazish uchun
Bu vaqtga kelishilgan edi.
Yuklabon necha jung
5
aro amvol,
Anda mavjud har ne qilsa xayol.
(Bir) necha kemaga (bebaho) mollarni yuklatdi,
Unda nimaniki
х
ayol qilish mumkin bo‘lsa bor edi.
Yer tutub bir hilol ichinda Suhayl,
Mehr aqdig‘a aylamish edi mayl.
Suhayl hilol – yangi oy(ga o‘
х
shash) kemaga joylashdi,
Mehr (bilan) aqd – nikoh maylida – orzusida edi.
Yo‘l qiroqdin
6
magar yiroq erdi,
Bahrdin borsa yaxshiroq erdi.
Yo‘l qirg‘oqdan – quruqlikdan yiroqligi uchun
Dengizdan borish ya
х
shiroq edi.
1
Mafar
– panоh, bоshpana.
2
Misraning mazmuni:
Suhaylning otasi to‘yga tayyorgarlikni
bоshlagandi.
3
Aqd bazmi
– nikоh to‘yi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |