164
Chin muhabbat egasi bo‘lgan botir yigit o‘limdan hayiq-
maydi. Dostonda Ravshanning g‘o‘rligi, tajribasizligi tufayli
xatolar qilishi, aldanishi haqqoniy ko‘rsatiladi.
Hasanxon – Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dong-
dor polvon. Zulxumor mayna orqali yo‘llagan maktubni
olgan Hasanxon G‘irotda uch oylik yo‘lni yigirma kunda
bosib o‘tadi. Dostonda shu o‘rinlar nihoyatda hayajonli,
ta’sirchan va go‘zal ifodalangan.
Doston – she’riy san’atlarga, badiiy tasvir vositala-
riga juda boy. Zulxumorning qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat
manzara lari yuksak mahorat bilan chizilgan. Zulxumor-
ning bog‘i tasvirini o‘qisangiz, ulkan e’tibor ila parvarish-
langan, shohona ko‘shk va qasrli so‘lim maskan, jannat-
day bir oromjoy ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Yoki
Shirvon bozorining 145 misralik tasvirini olaylik. Dostonda
sershovqin, to‘s-to‘polon Sharq bozorining o‘ta tabiiy, jozi-
bador tasviri berilgan.
«Rav shan» dostoni qofi yali nasr (saj)ning go‘zal namu-
nasidir. Deyarli har bir nasriy parcha – qofi yali. Dostonning
vazni ham o‘ziga xos. She’riy qismi asosan yetti, sakkiz
va o‘n bir bo‘g‘inli barmoq vaznida. Baxshi qahramonning
ruhiy holati, his-hayajoni, voqea rivojining sur’atiga mos
tasvir yo‘sinini topadi. Sakkiz bo‘g‘inli vazn urush va jan-
govarlik holatiga juda mos keladi:
Keling, kallar,
keching jondan,
Umiding bo‘lsa maydondan.
Siz
bir yondan,
men bir yondan,
Ot qo‘y g‘animning ustiga.
Asarda tasvir etilayotgan voqea yo harakat sur’ati tez-
lashgan holatlarda esa yetti bo‘g‘inli she’rlardan foydalani-
ladi:
Qush uchmagan cho‘llardan,
So‘na
1
yuzgan ko‘llardan,
Odami yo‘q yo‘llardan,
1
So‘na
– o‘rdak.
165
Dim uchi yo‘q cho‘llardan,
Tomosha qing,
mard Hasan
Qistab o‘tib boradi.
Bunday o‘rinlarda tinglovchi o‘zini go‘yo asar qahra-
moni bilan yonma-yon ot qo‘yib borayotganday his eta-
di. Shoir qahramonlar ruhiy holatini chuqur his etadi va
uni doston tinglovchilariga ham yuqtira biladi. Dostonning
tili – sodda, rang-barang. Unda adabiy tilimizni boyitishga
xizmat qiladigan so‘z va atamalar juda ko‘p.
Suyukli xalq shoiri Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ul-
kan mehnati, iste’dodi hamda dostonni yozib olgan folk-
lorshunos va noshirlarning og‘ir mehnati tufayli avlodlar-
ga meros bo‘lib qolgan «Ravshan» dostoni kitobxonlarni
mustahkam islomiy e’tiqod, chin va pokiza muhabbat,
or-nomus, qahramonlik, ota yurt va xalqqa sadoqat ruhida
tarbiya laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: