Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/171
Sana22.01.2022
Hajmi1,65 Mb.
#401428
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171
Bog'liq
7aaada

Bahri muhit
 – okean.
2
 
Silsila
 – zanjir.
3
 Tarh
 – reja, chizma.


64
niyatini  ma’qullardi.  Aslida  hozir  uning  yuragiga  loyiha 
sig‘armidi,  yuragi  Hirotda  qolib  keta yotgan  o‘g‘li  Nizo-
middinda  edi...  Tinib-tinchimas  bu  chol  umr  bo‘yi  o‘z 
loyihalarini,  chizmalarini  Ma’suma  bekaga  gapiri b  keldi, 
aslida  u  uning  loyiha-yu  chizmalariga  aslo  tushunmasdi. 
Ammo  qadrdonining  tushunib  bo‘lmas  har  bir  chizig‘-u 
xatlari  ham  qadrdon  va  allaqanday  mo‘jizaday  bo‘lib 
tuyulardi unga. U Me’morning gaplarini e’tiroz bildirmay, 
sabr-toqat  bilan  eshitar,  bosh  qimirlatib  tasdiqlardi.  «Bir 
oyog‘ing  go‘rda,  bir  oyog‘ing  yerda,  qaysar  chol,  endi 
senga  imorat  solishni  kim  qo‘yibdi!  O‘zingning  imora ting 
solinyapti!»  –  deydigan  biron  odam  yo‘q. 
Xuftonga  yaqin  uch  arava  Jayhun  bo‘yiga  –  Karki 
shahriga  yetib  keldi.  Bu  yer  –  Xuroson  bilan  Movaroun-
nahr  chegarasi.  Me’mor  karvonsaroyga  tushiboq,  qizi  bi-
lan  birga  oqshom  qorong‘isida  jimirlab  oqayotgan  daryo 
bo‘yiga  bo rib,  yuz-qo‘llarini  yuvib,  bir-ikki  qultum  suv 
ichishdi.  Bu  suv  umr  bo‘yi  ichib  katta  bo‘lgani  Zaraf-
shon  suvidek  totli  edi.  U  daryo  bo‘yida  xufton  namozi-
ni  o‘qidi.  O‘g‘lining  ruhiga  tilovat  qilib,  ko‘zidan  yosh 
to‘kib  baxshida  qildi...  Ibodatdan  keyin  u  qizi  bilan  birga 
karvonsaroyga  kelib,  yo‘ldoshlariga  chehrasi  ochilib  sa-
lom  berdi.  Bir  chekkada  g‘arib  bo‘lib  o‘tirgan  G‘avvosga 
ham  yaxshi  gapirdi,  o‘zingizni  yomon  sezma yapsizmi, 
deb  so‘radi.  Bu  tomoni  Movarounnahr,  qumliklar  tugab, 
dalalar,  bog‘-u  rog‘lar,  ekinzorlar  boshlanishini,  daryodan 
o‘tib  Tollimarjonga  yetguncha  yana  ozroq  qum  borligi, 
undan  u  yog‘i  yaxshi  bo‘lib  ketishini  aytdi.
–  Ko‘nglim  behuzur  bo‘lib...  yo‘ldoshlarimni  bezovta 
qilibman,  ustod,  meni  kechiring,  –  dedi  boshini  quyi  so-
lib  G‘avvos  Muhammad.
–  Zarari  yo‘q,  –  dedi  Me’mor.  –  Buni  yo‘l  mashaqqa-
ti  deymiz.  Buxoroga  yetib  olsak,  dam  olamiz,  barcha 
mashaqqatlar  unutilib  ketadi.


65
Daryodan  ot-u  aravalarni  o‘tkazadigan  sol  va  ulkan 
qayiq lar  Xalach  shahrida  bo‘lganligi  tufayli  erta  tongda 
uch  arava  yana  daryo  yoqalab  yura  ketdi.
Bir  tomon  qum,  bir  tomon  suv...
Cholning  pinakka  ketganini  sezib  o‘tirgan  Ma’suma 
beka  to‘satdan  unga  murojaat  etdi:
–  Hoy,  otasi,  anavi  qumlarning  oqishini  qarang!  Suv-
ga  o‘xshab  oqyapti.
–  Ha,  ko‘ryapman.
–  Anavi  yumronga  qarang!  –  dedi  Badia  jimlikni 
buzib.
–  Ko‘ryapman.
–  Nima  uchundir  ilonlar  ko‘rinmayapti,  –  dedi  atrofga 
alanglab  Badia,  –  yoki  Xalach  tomonda  ilonlar  kammi-
kan?  Echkemar  ham  ko‘rinmaydi?
–  Huv  ana!  Qum  tepasiga  qarang,  –  dedi  otda  o‘tirgan 
Horunbek.  –  Qumning  oqishi,  yumronlarning  bezovta 
bo‘lishi  –  bir  nimaning  belgisi...
–  Nimaning  belgisi?  –  darhol  so‘radi  Badia.
−  Bo‘ron  bo‘lishi  ehtimol,  qizim.  Lekin  hammasi 
Xudo  dan...  –  dedi  aravakash.  –  Ozgina  shamolga  qum 
oqsa,  orqasidan  bo‘ron  keladi,  derdilar.  Bu  yerlarda 
girdibod-u
1
  bo‘ron  ko‘p  bo‘ladi.  Tezroq  Xalachga  yetib 
olsak  yaxshi  bo‘lardi.  Ot  jonivorlar  ham  rosa  tortyapti. 
Mo‘ljalimda Xalachga kechga yaqin kirib borsak, ehtimol.
–  Darvoqe,  shamol  bo‘lyapti!  –  dedi  Me’mor  soyabon 
aravaning  yonlarini  ochib.  U  terlab-pishib  borayotgan 
otga,  orqadagi  aravaga,  undan  keyingi  yuk  ortilgan  uchin-
chi  ara vaga,  uning  orqasidan  kelayotgan  ikki  yo‘rg‘a  otga 
ham  ko‘z  tashlab  qo‘ydi.  Mashaqqatli,  issiq  yo‘l  bedov 
otlarni  ham  boshqa  otlardek,  «mo‘min»  qilib  qo‘ygan  edi. 
Qurib-qaqshagan  tabiat  hamma  narsani  jizg‘anak  qilib, 
1
 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish