1.
Ballada matnidagi xalq, To‘maris va muallif nutqini
ajra ting. Asar matni ustida ishlaganda ularni o‘ziga mos
ohangda o‘qing.
2.
O‘ylab ko‘ring-chi,
«Axir, qancha chuqurdan qaynasa
buloq, Suvi shuncha pok bo‘lur, shuncha totliroq!»
misralari ning afsonaga qanday daxli bo‘lishi mumkin?
3.
Kayxusrav bostirib kelayotgani aniq bo‘lganda massa-
getlar orasida qanday holat yuz berdi? Sizningcha, bu
nimadan dalolat beradi?
4.
«Qon yig‘ladi»
birikmasining to‘qqiz marta takrorlanish
sababini izohlang.
5.
Balladadagi:
«Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim»,
«Oyoqosti bo‘lmasin ajdodim go‘ri», «O‘tirmasin yov
chiqib uyim to‘riga»
kabi tasvirlarning badiiy va ijtimoiy
ma’nosini anglating.
Do'stlaringiz bilan baham: |