8.
«Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy»
misrasining
maz munini va she’riy vazifasini tushuntiring. Shoir qan-
day ertak aytmoqchi deb o‘ylaysiz?
KO‘CHIM
Badiiy ijod talabiga ko‘ra ayrim so‘zlar tashiydigan
ma’no boshqa so‘zlarga ko‘chirilishini anglamay turib,
ko‘rkam asarlarni tushunish, undan ta’sirlanish, lazzatla-
nish va tahlil qilish mumkin emas. Ko‘chim eng ko‘p ishla-
tiladigan badiiy vositalardandir.
Nutqni ta’sirchan qilish maqsadida «oltin kuz», «o‘t-
yurak», «olovqalb», «toshbag‘ir» kabi iboralar ishlatiladi.
Hol buki, kuzning oltin emasligi, yurakning alangalanmas-
ligi, jigarning toshdan bo‘lmasligi yaxshi ma’lum. Ammo
yuqoridagi iboralar yordamida anglatilgan ma’no boshqa
so‘zlar orqali ifodalansa, gap cho‘zilib ketadi va ta’sir chan-
ligi yo‘qoladi.
Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga» she’rida «Tog‘ egasi:
sor, burgutlar qayerda?» – degan misra bor. Undagi «sor,
burgut» so‘zlari o‘z ma’nosida emasligi sezilib turibdi.
Yoki «Binafsha» she’ridagi binafsha timsoli qanday ma’no
tashiyotgani to‘g‘risida o‘ylab ko‘raylik. She’rda shoir-
ning ichki kechinmalari ko‘klam ko‘katiga qaratilganmi,
xo‘rlangan qizgami yoki haqoratlangan yurtgami, ezilgan
millatgami? Agar so‘z ma’nolarining ko‘chishini anglama-
sak, she’rning joziba kuchi yo‘qqa chiqaveradi. Chunki
anglanmagan go‘zallik go‘zallik bo‘la olmaydi.
309
Yozuvchilar biror so‘zga xos ma’noni boshqasiga yuk-
lar, unga ko‘chirar ekanlar, хayollariga kelganday, tavak-
kaliga ish tutavermaydilar. Agar shunday qilinsa ijod-
korlarni tushunib bo‘lmay qolardi. Ma’no ko‘chirishda
narsa-hodisalar o‘rtasida yo ichki, yo tashqi, yo mazmun
o‘xshashligi, aloqadorligi bo‘lishi shartdir. Bu jihatdan
ko‘chimlar o‘xshatishga yaqin turadi. Lekin asosiy farq
shundaki, o‘xshatishda o‘xshagan buyum ham, o‘xshatilgan
narsa ham ifodalangan bo‘ladi. Ko‘chimda esa ba’zan o‘x-
shagan narsa, ba’zan o‘xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi
qismdagi ma’no birinchisiga ko‘chirilgan bo‘ladi.
Ko‘chim qudratli ko‘rkam tasvir vositasi bo‘lib, u kitob-
xonning tasavvur olamini kengaytiradi, tasvirlanayotgan
tuyg‘ularni bevosita his qilishga, asar qahramonlari hola-
tini tuyishga yordam beradi. Shunday qilib,
ko‘chim so‘zni
ko‘chma ma’noda qo‘llash yoki narsa-hodisaga xos sifat-
larni qaysidir jihati bilan shularga o‘xshaydigan boshqa
narsa-hodisalarga ko‘chirish san’atidir.
Adabiyotshunoslik ilmida ko‘chimning
majoz, istiora,
ramz
singari ko‘rinishlari bo‘ladi.
Majoz
adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan
tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga
xos belgilar bilan ifodalashdir. Gulxaniyning «Tuya bilan
bo‘taloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan cha-
yon» asarlarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos
xu susiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi majoz -
ning yorqin namunasidir.
Ramz
ham ko‘chimning keng tarqalgan turlaridan biridir.
O‘quvchi anglashi murakkabroq bo‘lgan mavhum axloqiy-
ma’naviy sifatning shu sifatlarga ko‘proq ega bo‘l gan nar-
sa va jonivorlar orqali ifodalanishiga
ramz
deyi ladi. Ramz
adabiyotshunoslik fanida timsol yoki simvol atamalari bi-
lan ham yuritiladi. O‘zbek mumtoz adabiyotida may – hayot
ramzi, gul – ma’shuqa ramzi, burgut – mag‘rurlik ramzi,
310
chumoli – mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va h.k. tarzida
qadimdan qo‘llanib kelinadi.
Ko‘chimning ko‘p ishlatiladigan ko‘rinishlaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: |