Modellashtirishning asosiy qoidalari.
Sxemalarni modellashtirishda quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish
kerak:
1)
Har qanday sxema majburiy ravishda yerga ulashning kamida bitta
simvoliga ega bo’lishi kerak.
2)
Qurilmaning kontakti yoki o’tkazgichning har qanday ikki uchi
nuqtada uchrashadigan bo’lsa, har doim ulangan hisoblanadi. Uchta
uch (T – ulanish) ulanganida (tugun) ulanish simvolidan foydalanish
kerak. Huddi shu qoidalar to’rt va undan ko’p kontaktlar ulanganda
ham foydalaniladi.
3)
Sxemalarda kirish signalini ta’minlaydigan signal manbalari bo’lishi
kerak (tok yoki kuchlanish) va bittadan kam bo’lmagan nazorat
nuqtasiga ega bo’lishi kerak (o’zgarmas tok sxemalarini tahlilidan
tashqari)
Do'stlaringiz bilan baham: |