15K aykovus. „Qobusnoma“ . T., 0 ‘qituvehi, 1 9 7 3 .27-bet
30
olomonning ichiga yetmagil, chavgon o‘yininmg yo‘li shudir. Shu
bilan birga, marraga yetkazishga muvaffaq bo‘l...“
Ot tanlash va uni sotib olish xususida ham Kaykovus ajoyib
pand-u nasihatlami bayon qiladi: „Ey faizand, agar ot olmoq
tilasang hushyor bo‘l, to xato qilmagaysanki, ot bila odamning zoti
birdek bo‘lur... Donishlar debdurlarki, jahon odam bila barnodur va
odamlar hayvonlar bila bamodur. Hayvonlar jumlasining yaxshirog‘i
otdur. U ni aziz tutmoq ham kadxudolikdur va ham muruwat-
dandur. Masalda ayturlarki, otni va libosni yaxshi tutgil, toki ot va
libos ham seni yaxshi tutgay.
Otning yaxshi va yomonin bilmoq odamlaming yaxshi va
yomonin bilmakdin mushkuldur, nedinkim, odam so'zlaydur va
uning qandayligin so‘zining ma'nosidan bilsa bo‘lur. Ot so‘zlamas
va uning davosi diydoridur. Aw al otning diydoriga qaragil,
diydoriga nazar etgan kishi xato qilmaydur, nedirkim, yaxshi otning
surati yaxshi bo‘lur va yomonning surati yomon bo‘lur“.
Otlar ma’lum fazilatlarga ega bo'lgandan keyin, albatta ularda
tegishli kamchilik yoki ayblar ham bo‘ladi.
Kaykovusning
bildirishicha har ayb, illatning bir oti bordur. Bunday otlaming
alomatlari yoki nuqsonlaridin: go'ngchilik, ammo ot, ya’ni shabko‘r
ot, kar ot, chap ot, shilpiq ko‘zli, ahvol yoki g‘ilay ot, arjal va ahil
ot, ya’ni oyog‘i oq shum bo'lur, ko‘k ot, murg‘a ot, ya’ni ko‘zi qaro
ot, bura yoki qo‘ng‘ir ot, axvar ot, ya’ni ikki oyog‘i qiyshiq, koyig‘
ot, ya’ni kokilining ustida tik mo‘yi bo'lgan ot, makxu ot, ya’ni
tuyog'i kichik ot ham shum bo‘lur, uni axnaf ot ham derlar. Otning
qo‘l va oyog‘i uzun bo‘lsa yomon bo‘lur, buningdek otni afrak
derlar. Azal ot, ya’ni quyrug‘i egri ot, it quymqlik, afxaj ot, asbak
ot, amn ot. Shams ot ko‘p kishnovchi va tishlovchi bo‘lur, zarrot ot
tepag‘on bo‘lur, qarg‘a ko‘z ot ham yomon bo‘lur. Shunday qilib,
yigirma to ‘rt xil aybni batafeil bayon qilib beradi.
Kaykovusning ta'kidlashicha, „...toki ular menga otda yurmoq,
nayza urmoq, zavbin otmoq, chavgon urmoq, buymq qilmoq ilmin
o'rgatgaylar. Men ulaming yonida yurib, bir oz fursatda ot ustida
yurishning barcha ilmini o‘rgandim va hunarlarini bildim. Undan
so‘ng Manzar sohib va Rayhon xodim meni otamning oldiga olib
borib dedilar: „Ey amir, agar raxsat bersangiz erta tongda sahroda
farzandingiz amirzoda o‘ynasa, siz uning barcha o'rgangan ishlarin
ko‘rsangiz“. Amir: „Ko‘p yaxshi bo‘lur!“, — dedi. Men ikkinchi kun
hama bilg'on ilmim va hunarimni otamga namoyish qildim, otam
hojib va xodimga yaxshi xiTatlar in’om qildi. Undan so‘ng ularga
dedi: „Farzandimga o‘rgatg‘on ishlaringizni barchasin yaxshi
31
bilibdur, hunarlarning yaxshisin o'rgatmishsizlar, lekin yana bir
zarur hunar qolibdur“. Ular dedilar: „U1 na hunardur?“. Otam
dedi: „Bu o'rgatgon lnmarlaringizni zarur vaqtda farzandim uchun
boshqalar ham qila olur, lekin uning o ‘zi qiladurgon, uning uchun
boshqalar qila olmayturgon hunar qolibdur“. Amir: „Suvda
yuzmakdurkim, bunday ishni farzandim uchun hamma odamlar qila
olmas“,— dedi.
Shundan keyin ikki malloxni, ya’ni ikki kemachini keltirib,
meni ularga topshirdi. Ular menga yuzmak hunarini o‘rgatdilar.
Men xurram-noxurramlik bila ul ishga mashg‘ul bo‘ldim va yaxshi
o'rgandim. Bir vaqt bir necha kishi bila kemaga kirib (o'tirib) Dajla
daryosidin o‘tar bo‘ldik. Tog‘gira otliq joyda girdob bor erdi va
xavflig' joy erdi. Ustod kemachilar undin ko‘p mashaqqatlar bila
o‘tar erdilar. Biz kema bila o‘sha joyga yetushdik. Ammo kemachi
usta ermas va kemani nechuk surarin bilmadi. Alqissa, yigirma yetti
chog‘liq kishi barcha birdan g‘arq bo'ldik. Ammo men va bir kishi,
ya’ni mening g‘ulomim, uni ziyrak Kaykovus der erdilar, suzib
chiqdik. Bu voqeadin so‘ng otamning mehri ko‘nglumda behad
ziyoda bo‘ldi, sadaqalar berdim va ko‘p duolar qildim. Men
otamning boshiga ham shunday ish tushg‘onin bilmas erdim.
Shuning uchun menga yuzmak hunarini o‘rgatg‘on ekan“ (82-83-
betlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |