Maktabgacha ta’limda
informatika fani elementlari bu turli-tuman o‘yinli
dasturlar bo‘lib, bu yoshdagi bolalarga maxsus o‘yinli dasturlar orqali alifbo
harflarini, ranglarni, matematik shakllarni o‘rgatish, turli rasmlarni chizish,
fikrlashni rivojlantirish uchun qismlarni to‘ldiruvchi mashqlar bajartirish va
hokazo amallar o‘rgatiladi. Bunda o‘rgatuvchi dasturlar, pedagogik dasturiy
vositalar va trenajyorlardan foydalaniladi.
Maktabdag
i o‘quv jarayonida o‘quvchini kasb egasi bo‘lishiga qiziqishini
orttirishga erishish uchun:
informatika fani o‘qituvchisi kundalik darsni qiziqarli, innovatsion
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishi, fan sirlarini
yetkaza bilishi, informatikani bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida kirib
borayotganligini jonli misollar bilan tushuntirib, o‘quvchining qalbiga singdira
olishi;
fan o‘qituvchisi informatika fanini metapredmetli yondashuv asosida aniq
fanlar ayniqsa, fizika va matematika, kimyo, musiqa, chet tili va boshqa fanlar
bilan uzviy bog‘liqligini tushuntirib borishi, darsda va darsdan tashqari
to‘garaklarda, “Zakovat” bellashuvlarida o‘quvchilar ongida informatikaga oid
bilimlarni chuqur singdirib borishi;
informatika darsini pedagogik va axborot texnologiyalaridan, interfaol
metodlardan foydalangan holda tashkil etib, o‘quvchilarning motivatsiyasini
oshishiga, mustaqil fikr yuritishi, kichik–kichik dasturlarni tuzib natija olishi,
kompyuterda berilgan topshiriqlarni natijasini ko‘rib turishi, mustaqil qaror qabul
qilishi, ijodiy faoliyatni yuzaga keltirishga erishishi va h.k.
maktabdagi ta’lim asosan fanni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu davrda
o‘quvchilarning yoshi kasb tanlashning boshlang‘ich davrida bo‘ladi. Ana shu
davrda o‘quvchilarni o‘zi qiziqqan kasbiga yoki kasbning kelajakda qanchalik
muhim o‘rin egallashini yetarli darajada tushunib yetishiga qiynalishlar bo‘ladi.
Shuning uchun informatika fani o‘qituvchisi o‘quvchining qiziqishlarini, fanni
o‘zlashtirish darajasini hisobga olib, o‘quvchiga turli motivatsiyalar bilan ta’sir
etishi lozim. Masalan, “Sizdan juda yaxshi informatika o‘qituvchisi chiqadi”, “Siz
talabchan o‘qituvchi bo‘la olasiz”, “O‘qituvchi bo‘lishingiz uchun juda yaxshi
qobiliyatlaringiz bor” va h.k.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari yosh jihatdan maktab
o‘quvchilardan ancha ulg‘aygan bo‘lib, kasb-hunar, uni amalga oshirish haqida
maktab yoshidagilardan kengroq fikrlaydigan, tushunadigan bo‘ladilar. Shunday
bo‘lsada, bu yoshda ham ta’lim-tarbiya yosh xususiyatidan kelib chiqib davom
ettiriladi.
pedagogika yo‘nalishidagi kollejlarda o‘quvchilar pedagog kasbini
egallashiga e’tibor qaratilib, bunday kollejlarda ta’lim olganlarda o‘qituvchilik
kasbini egallashga bo‘lgan moyillik boshqa yo‘nalishdagilarga qaraganda ko‘proq
namoyon bo‘ladi. Kasb-hunar kolleji (akademik litsey)larda ham informatika fani
o‘qituvchilari o‘z o‘quvchilarini aynan informatika o‘qituvchisi bo‘lishi uchun
e’tiborli bo‘lishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu davrda maktabdagi ta’sirlar
bilan birga, o‘quvchilarning o‘qituvchilakka bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga ijobiy
ta’sir etuvchi omillarga:
informatika o‘qituvchisi o‘z kasbini sevib, fan sirlarni tushunarli,
qiziqarli, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yetkazib
bera olishlari;
o‘quvchilarda informatika va axborot texnologiyalarining jamiyatdagi
o‘rni beqiyosligini, bu kasb egalari kelajakda o‘z ish o‘rinlari va mavqelariga ega
bo‘la olishlari mumkinligini singdira olishi;
dars va darsdan tashqari tadbirlarda kichik mutaxassislarni pedagogik
faoliyat, uning ijobiy tomonlarini yoritib bera olishga erishishlari va h.k.
o‘quvchi maktab davrida, kasb-hunar kolleji (akademik litsey) davridagi
qiziqishlari, olingan bilimlari asosida oliy ta’limning informatika o‘qituvchisi
tayyorlanadigan yo‘nalishlarida o‘qishga hujjat topshiradilar va talabalikkka
muyassar bo‘ladilar. Endi ulardagi mutaxasislikni egallashdagi qiziqishlar ongli,
mulohazali, dunyoqarashning kengayishi hisobidan amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |