kuni ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy
asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tishni taklif qildi. Darhaqiqat,
mustaqillikning o’tgan 10-yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar shakllantirildi,
endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratgan edi.
2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali
parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur,
degan xulosaga kelindi. 2002-yil 27-yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi
parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo’lib o’tdi.
Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar.
2002-yil 4-5-aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida
«Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida»
Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy
Majlis deyiladi, u ikki palatali-quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab
qo’yildi. Quyi palata-Qonunchilik palatasi, yuqori palata-Senat deb ataladi, ularning vakolat
muddati 5-yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab
beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi.
2002-yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi
to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul
qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib
shakllantiriladi.
Bu
o’zgarishlar
2003-yil
aprelda
O’zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003-yil 29-avgustda
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali
professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004-yil
dekabr-2005-yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar
bo’lib o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har
bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77-moddasiga
muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 27-yanvar kuni
bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko’ra yashirin ovoz
berish yo’li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. Shuningdek,
2 nafar deputat Spiker o’rinbosari etib saylandi, qo’mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar
fraktsiyalari tashkil etildi va ro’yxatga olindi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 27-yanvar kuni bo’lib o’tgan
birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish
yo’li bilan Murod sharifxo’jayev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek 2 nafar senator Rais
o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar.
Muxtasar qilib aytganda, 2005-yil 27-yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish
ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati
tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: