O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-mavzu. Oʻzbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida (1989-1991yy.)



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

11-mavzu. Oʻzbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida (1989-1991yy.) 

Reja: 


1.I.A.Karimov – O‘zbekiston mustaqilligini asoschisi va yetakchisi 

2.Davlat mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi 

3.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 

 

Tayanch  so‘z  va  iboralar: 



O‘zbek  tili  —  davlat  tili.  Ish  bilan  ta’minlash,  Prezident 

lavozimi,  Butunittifoq referendumi,  MDH tuzishga intilish, 1991-yil avgust  voqealari, 9+1 

hujjati, FHDQ, 1991-yil 25-avgustdagi farmon. 

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1989 yilda, ya’ni respublika 

rahbari  sifatida  ish  boshlagan  dastlabki  palladayoq  haqiqiy  yo‘lboshchilarga  xos  fazilatlarni 

namoyon  etgan  edi.  Avvalo,  u  kun  tartibidagi  dolzarb  masalalarga,  respublikadagi  o‘ta  tang 

ahvol  echimiga  e’tibor  qaratgan  edi.  SHu  tariqa  faoliyatining  boshidayoq  Islom  Karimov 

respublika rahbari sifatida o‘n yillar davomida hal qilinmasdan kelayotgan va ko‘pchilik bundan 

buyon ham shunday davom etaveradi, degan kayfiyat bilan umumiy bir beparvolik bilan qo‘llab-

quvvatlab kelayotgan masalalarga oydinlik kiritdi.  

Yurtboshimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalarga 

 O‘zbekiston 



hayotining  deyarli  barcha  jabhalariga  taalluqli  bo‘lgan  muammolarni  aniq  raqam  va 

ko‘rsatkichlar  asosida  bilishi  va  ularning  echimini  aniq  ko‘rsatib  berishi  uning  qalbida  islohot 

g‘oyalari, mustaqillik g‘oyasi uzoq yillar davomida shakllanib borganini ko‘rsatadi.

 

Atoqli  nemis  olimi  Karl  Yaspers  o‘z  vaqtida  buyuk  shaxslar  boshqalarning  erkinligi  va 

ozodligi uchun o‘zining majburiyatini chuqur his qiladi, deb ta’kidlagan.  

Darhaqiqat, tarixiy davr va ijtimoiy vaziyatning o‘zi ulkan fazilatlarga ega bo‘lgan buyuk 

shaxsni  maydonga  chiqaradi.  Buyuk  shaxs  esa,  tasodif  emas.  U  o‘z  xalqining  maqsadlariga, 

orzu-umidlariga,  intilishlariga,  sevinchu  iztiroblariga,  baxtli  va  sitamli  onlariga  guvoh  bo‘lib, 

yaxlit jamiyat ma’naviy-ruhiy sharoitida shakllanadi, rivojlanadi, kamolotga etadi.   

Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  O‘zbekistonda  mavjud  bo‘lgan  ijtimoiy-siyosiy 

vaziyat oqimida shakllandi, totalitar rejimning butun mohiyatini, o‘zbek xalqining tarixiy qadru 

qimmatini  chuqur  angladi.  Natijada  millat  sha’nini  tiklash  orzu-umidi  bilan  yashadi  va 

shakllandi. 

Paxta  yakkahokimligi  misli  ko‘rilmagan  darajaga  etgani  bois  odamlarga  tomorqa  erlari 

berilmas,  ularning  qo‘shimcha  daromad  manbai  deyarli  yo‘q  edi.  Buning  ustiga,  “paxta  ishi”, 

“o‘zbeklar  ishi”  degan  soxta  kampaniyalar  tufayli  Markazdan  Gdlyan  va  Ivanov  boshliq 




tergovchilar  guruhi  kelib,  qishloq  xo‘jaligiga  ozgina  aloqasi  bo‘lgan  barcha  insonlar  boshiga 

nohaq  tergov  va  ta’qib  azoblarini  solar  edi.  Buning  oqibatida  qanchadan-qancha  begunoh 

odamlar qamaldi, tergov jarayonlarida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan kulfatlarga duchor qilingan 

edi. 


Aholi jon boshiga hisoblaganda, daromadi 75 so‘mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga 

yaqin  odam,  respublika  aholisining  45  foizi  qashshoqlikda  kun  kechirardi.  O‘zimizda 

etishtirilgan  paxta  xomashyosining  aksariyati  chetga  tashib  ketilib,  xalq  iste’molini  qondirish 

uchun  tashqaridan  har  yili  8-9  milliard  so‘mlikka  yaqin  tayyor  mahsulot  olib  kelingan.  Ya’ni, 

yurtimizda  shunchalik  boy  xomashyo  resurslari  bo‘lishiga  qaramasdan,  ulardan  deyarli  tayyor 

mahsulot  ishlab  chiqarilmagan.  Yillar  davomida  yig‘ilib  kelgan  va  nihoyat,  90-yillarga  yaqin 

ijtimoiy portlash darajasiga etgan bunday og‘ir muammolar haqida birinchi marta Islom Karimov 

ochiq  gapirib,  ularni  hal  etish  masalasini  kun  tartibiga  qat’iy  qilib  qo‘yadi.  Islom  Karimov 

“Respublikaga keltirilayotgan tovarlarning 60 foizi esa mashinalar, asbob-uskunalar, engil sanoat 

va  oziq-ovqat  sanoati  mahsulotlaridir.  G‘alati  bir  vaziyat  vujudga  kelmoqda.  Respublika  juda 

qimmatli  xomashyo  -  paxta,  nitron,  kaprolaktam  ishlab  chiqarayotgan  bir  paytda  ularni  qayta 

ishlashdagi  sayozlik,  texnologiya  zanjiri  nihoyasiga  etkazilmagani  oqibatida  ayni  shu 

xomashyodan  ishlab  chiqariladigan  gazlama,  sun’iy  tola  va  tayyor  mahsulotlarni  chetdan 

keltirishga majbur bo‘lmoqda”, deya qat’iy ta’kidlaydi.

 

Islom  Karimov  tomonidan  O‘zbekistonning  iqtisodiy  mustaqilligini  ta’minlashga  alohida 



e’tibor  qaratilib,  bu  boradagi  strategiyaga  quyidagi  yondashuvlar  asos  qilib  olinishi  belgilab 

berildi: 

- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e’tiborga olinmay, ma’muriy-

buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi;  

-  mintaqamiz  taraqqiyotining  istiqbollariga  avvalo  respublika  aholisining  manfaati  nuqtai 

nazaridan qarash zarurligi. 

Respublikani  iqtisodiy  mustaqillik  yo‘liga  olib  chiqish,  uni  inqiroz  girdobidan  chiqarish 

vazifalarini  hal  etishda  O‘zbekiston  resurslari  va  imkoniyatlariga  baho  berishga  mutlaqo 

yangicha  yondashish  zarurligi,  mavjud  imkoniyatlarni  Ittifoq  va  jahon  bozori  uchun  qanchalik 

jozibali ekani nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish kerakligi ta’kidlandi.  

Birinchidan,  respublikaning  ajoyib  tabiiy  iqlim  sharoitlaridan  samarali  foydalanish, 

etishtirilishi lozim bo‘lgan eng foydali va daromadli ekinlarni aniqlab olish; 

Ikkinchidan,  mavjud  500  ming  gektar  juda  sho‘rxok  va  o‘rtacha  sho‘rxok  erlarning 

irrigatsion va meliorativ holatini yaxshilash masalalariga e’tiborni kuchaytirish; 

Uchinchidan,  O‘zbekistonning  gaz  kondensanti,  ko‘mirga  bo‘lgan  talab-ehtiyojini  to‘la-

to‘kis  ta’minlash,  yaqin  vaqt  ichida  neft  qazib  olishni  3-4  barobar  ko‘paytirish,  Qizilqumda 




fosforitlarning  juda  katta  konini  o‘zlashtirish,  rangli  va  qimmatbaho  metallarning  juda  katta 

resurslaridan respublika manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish; 

To‘rtinchidan,  respublikaning  eng  katta  boyligi  bo‘lgan  uning  mehnatsevar  xalqi  uchun 

keng  imkoniyatlar  yaratish  singari  bu  boradagi  muhim  vazifalarga  alohida  e’tibor  qaratilib, 

ularni amalga oshirish yo‘llari ko‘rsatib berildi. 

O‘sha  davrda  O‘zbekistonda  iste’mol  qilinayotgan  kiyim-kechaklarning  25  foizi,  trikotaj 

buyumlar  va  ip  gazlamaning  30  foizdan  ko‘prog‘i,  poyafzalning  deyarli  50  foizi  chetdan 

keltirilar  edi.  Prezidentimiz  o‘z  faoliyati  boshidanoq  respublikamizning  xalq  iste’moli  mollari 

jihatidan  bunday  qaramligini  tugatish  uchun  sharoitlarni  yaratishga  katta  e’tibor  qaratdi. 

Jumladan: 

-  engil  va  mahalliy  sanoatni  rivojlantirishning  tashib  kelish  va  chetga  chiqarish 

balanslariga asoslangan konkret dasturlarini ishlab chiqish; 

zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti  yutuqlarini  egallash, ishlab chiqarishning fan  yutuqlari 

va intellektual mehnat ko‘p sarflanadigan tarmoqlarini jadal rivojlantirishga keskin burilish;  

-  mashinasozlik,  radioelektronika,  asbobsozlik  korxonalarini  tubdan  yangilash  va 

yangilarini qurish hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash; 

- fan va texnika taraqqiyotining oldingi marrasiga chiqish uchun mavjud barcha resurs va 

shart-sharoitlar, ilmiy texnikaviy va loyiha-konstruktorlik bazasi imkoniyatlaridan foydalanish; 

- shu asosda boshqa mintaqalar va chet ellar bilan teng huqukli sheriklar sifatida aloqalarni 

yo‘lga qo‘yish. 

Birinchi  Prezidentimiz  iqtisodiy  suverenitetga  erishishning  amaliy  masalalariga  batafsil 

to‘xtalib:  

-  iqtisodiyotimizning  hayotiy  qobiliyatini  ta’minlab  turgan  Ittifoq  qaramog‘idagi  barcha 

korxona va tashkilotlarni respublika tasarrufiga o‘tkazish; 

-  Ittifoq  qaramog‘ida  qoldirish  maqsadga  muvofiq  bo‘lgan  tarmoq  va  korxonalar, 

jumladan, yopiq turdagi korxonalar to‘g‘risidagi masalani ana shu korxonalarning respublikamiz 

bilan  o‘zaro  iqtisodiy  munosabatlarini  tubdan  o‘zgartirish  asosida  alohida  hal  etish. 

Zaminimizdan qazib olinadigan oltin, mineral xomashyo, foydalaniladigan er, suv, ishchi kuchi 

uchun  respublikaga  muayyan  miqdorda  pul  to‘lanadigan,  shuningdek,  mahsulotning  ma’lum 

qismi respublika korxonalariga topshiriladigan va foydaning ma’lum qismi respublika byudjetiga 

o‘tkaziladigan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish; 

-  konvertatsiya  qilinadigan  valyutada  etkazib  beriladigan  oltinning  uchdan  bir  qismi 

qiymatini O‘zbekistonga qaytarish; 

-  xalq  iste’moli  mollari  ishlab  chiqaradigan  deyarli  barcha  korxonalar,  jumladan, 

«O‘zmaishiykimyo»  tashkilotiga  qarashli  korxonalar,  Toshkent  zargarlik  buyumlari  zavodi, 



mashinasozlik,  elektrotexnika,  kimyo  korxonalarining  ancha  qismini,  gaz  kompleksining  yirik 

bo‘linmalarini respublika qaramog‘iga o‘tkazish; 

-  kichik  korxona  va  tashkilotlarni,  ayniqsa,  aholiga  xizmat  ko‘rsatish,  odamlarning 

kundalik  ehtiyojlarini  ta’minlash  bilan  bog‘liq  shunday  korxona  va  tashkilotlarni  mehnat 

jamoalariga  va  xususiy  kishilarga  topshirishni  hukumat  oldida  tergan  dolzarb  vazifa  sifatida 

belgilab berdi. 

O‘zbekistonning suveren davlatchilik sari ana shunday bosqichma-bosqich intilib borishiga 

qaramay, Ittifoq idoralarining son-sanoqsiz nizomlari va yo‘l-yo‘riqlari respublikaning biron-bir 

iqtisodiy masalani mustaqil hal etish imkonini bermas edi. Bunday umrini o‘tab bo‘lgan huquqiy 

qoida va nizomlarga ko‘r-ko‘rona itoat qilinishi esa yangidan-yangi ijtimoiy mojarolarni keltirib 

chiqarishga sabab bo‘ladi. 

Shunga  ko‘ra,  Birinchi  Prezidentimiz  Farmoniga  binoan,  O‘zbekiston  SSR  Ministrlar 

Soveti  huzurida  xomashyo  va  engil  sanoat  mahsulotlari  ta’minoti  hamda  ularni  sotish  bosh 

boshqarmasi  hamda  Tashqi  savdo  va  xorijiy  mamlakatlar  bilan  aloqa  davlat  komiteti  tashkil 

etildi.  CHunki,  oltita  Ittifoq  va  respublika  tashkiloti  mavjud  bo‘lishiga  qaramay,  engil  sanoat 

xomashyosini  taqsimlash  va  realizatsiya  qilishni  muvofiqlashtirishga  erishilmadi,  qimmatbaho 

xomashyolarning  harakati  nazorat  qilinmadi.  Buning  oqibatida  paxta  tolasi  va  qorako‘lning  90 

foizi,  tabiiy  junning  71  foizi,  sintetik  tolaning  93  foizi,  pilla  va  charmning  anchagina  qismi 

arzimas  narxlarda  respublikadan  olib  ketilaverdi.  Ichki  bozorda  ham,  jahon  bozorida  ham 

ko‘plab  talab  qilinayotgan  mana  shu  g‘oyat  qimmatli  xomashyoning  ko‘pchilik  qismi  SHarqiy 

Evropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda, ular esa bu mahsulotlarni jahon narxlarida sotmoqda 

edi.  Xolbuki,  o‘zimizdagi  aksariyat  korxonalarga  xomashyo  etishmas,  bizdan  olib  ketilgan 

resurslardan  tayyorlangan  mollarni  esa  respublika  boshqa  mintaqalardan  va  chet  ellardan  uch 

hissa ortiq narx bilan sotib olishga majbur edi.  

Shunga ko‘ra,  Islom Karimov notinch davrda  respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirish 

borasidagi yangi tashabbuslarni ilgari surib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni 

belgilab berdi. Jumladan: 

-  respublikaga Markaz tomonidan zo‘rlab qabul qildirilgan paxta yakkahokimligiga qarshi 

izchillik bilan kurash olib borish zarurligi; 

- paxta xomashyosini respublika ichida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish; 

-  paxta  xomashyosidan  samarali  foydalanish,  ayni  paytda  bozorga  faol  ta’sir  ko‘rsatish 

yo‘llarini o‘rganish; 

- paxtachilikda almashlab ekishni joriy etishga asoslangan ilmiy yo‘ldan borish; 

-  aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ta’minlash  uchun  oziq-ovqat  kompleksini  ustun 

darajada rivojlantirish; 



- qayta ishlash sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish; 

-  qishloqning  ijtimoiy  hayotini  qayta  qurish,  qishloqni  qashshoqlikdan  qutqarish,  qishloq 

xonadonini badavlat qilish yo‘lida ish olib borish zarur edi. 

Islom  Karimov  rahbarligida  boshlangan  islohotlar  tufayli  bir-ikki  yilda  ahvol  asta-sekin 

o‘nglandi, paxta maydonlari qisqardi (1987 yilda 2 million 108 ming gektar erga chigit ekilgan 

bo‘lsa,  1990  yilda  1  million  826  ming  gektar  erda  paxta  etishtirildi).  Sug‘oriladigan  erlarni 

paxtadan  bo‘shatib  olish  jamoa  va  davlat  xo‘jaligi  hududlarida  tomorqa  uchastkalarini 

kengaytirish va yakka tartibda uy-joy qurish uchun er ajratib berish kabi katta ijtimoiy masalani 

qisman hal etish imkonini berdi.  

Birinchi  Prezidentimiz  o‘sha  davrdagi  jamoa  va  davlat  xo‘jaliklarining  xo‘jalik  yuritish 

mexanizmini qayta qurishni, bir tomondan, rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan 

usullarini  bozor  munosabatlariga  asoslangan  iqtisodiy  usullar  bilan  almashtirib,  boshqaruvning 

butun mexanizmini shaxs va mehnat jamoasining moddiy manfaatdorligi  qoidalari asosida kam 

sarf-xarajat  bilan  ko‘proq  mahsulot  ishlab  chiqarishga  erishishga  qaratish  zarurligini;  boshqa 

tomondan, mavjud xo‘jaliklarning ichki tuzilishi ijara-kooperativ usuliga, barcha ishlab chiqarish 

vositalari  va  xizmat  ko‘rsatish  sohalari  mustaqil  xo‘jalik  hisobidan  ijara,  kooperativ  va 

aksiyadorlik jamoalariga almashtirilishi zarurligini ko‘rsatib berdi. 

O‘zbekiston  Birinchi  Prezidentining  «SHaxsiy  tomorqa  xo‘jaliklarining  egalari  bo‘lmish 

dehqonlarga  moliyaviy  yordam  berish  va  ularning  uyushmasi  moddiy-texnik  bazasini 

mustahkamlash  to‘g‘risida»gi  Farmoniga  binoan,  dehqonlarga,  shaxsiy  yordamchi  xo‘jalik 

egalariga  moliyaviy  yordam  tariqasida  1  milliard  so‘m  ajratilishi  ularning  ijtimoiy  ahvolini 

yaxshilashda  katta  omil  bo‘ldi.  Qo‘shimcha  ajratilayotgan  moliyaviy  yordam  asosan  iqtisodiy 

jihatdan zaif xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning moddiy-texnik bazasini kengaytirish va 

mustahkamlashga,  mahsulotni  qayta  ishlaydigan  kichik  korxonalar  qurish,  transport  vositalari, 

kichik mexanizatsiya texnikasi va chorva mollarini sotib olishga sarflandi.  

Bugungi O‘zbekiston — yangidan-yangi imkoniyatlarni namoyon etayotgan, kuchga to‘lib, 

nufuzi  oshib  borayotgan  mamlakat.  Bugungi  O‘zbekiston  —  barcha  qiyinchiliklarni  engib, 

mustaqillik  yo‘lidan  yorug‘  istiqbol  sari  dadil  qadam  tashlayotgan,  xalqaro  maydonda  obro‘si 

oshib borayotgan davlat. Bu— xalq bilan davlat birligidan, omma fikri bilan davlat siyosatining 

mushtarakligidan, Islom Karimov siyosiy yo‘lining naqadar xalqchilligidan dalolat beradi. 

Darhaqiqat,  Islom  Karimov  siyosiy,  tashkiliy,  g‘oyaviy,  ma’muriy  va  boshqa  jihatlardan 

juda  mustahkamlangan,  yangicha  yashashni  mutlaqo  istamaydigan  tuzum  tomirlari  chirmashib 

ketgan  bir  sharoitda  yangicha  tafakkur  va  yangicha  yashash  tarafdori  bo‘lib  maydonga  chiqdi. 

Eskilik bilan tinmay kurashib, yangilikni achchiq iztirob va mashaqqat bilan ongimizga singdirib 

keldi.  Uning  novatorlik  kuchi  mamlakatni  bir  tuzumdan  ikkinchi  bir  tuzumga  o‘ta  hushyorlik, 



donolik  bilan  olib  o‘tishida,  o‘zi  tanlagan  yo‘lning  to‘g‘riligiga  qat’iy  ishonch  bilan,  barcha 

sohadagi islohotlarni epchillik va uddaburonlik bilan joriy etishga intilishida namoyon bo‘ldi.  

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning davlatchilik borasidagi faoliyatiga nazar tashlar 

ekanmiz, beixtiyor ko‘z o‘ngimizda turli davrlarda faoliyat ko‘rsatgan siyosat va davlat arboblari 

gavdalanadi.  Xususan,  Er  yuzining  turli  mintaqalarida  milliy  ozodlik  harakatlariga  boshchilik 

qilgan, o‘z Vatanini mustamlakachilik iskanjasidan ozod etib, milliy davlatchiligiga asos solgan 

daholar diqqatimizni tortadi. Darhaqiqat, haqiqiy baho taqqosda beriladi. Tarixiy jarayon, voqea 

va  hodisalar  tahlil  etilayotganda,  ular  bir-biriga  qiyoslanganda  o‘zining  butun  salmog‘i  va 

miqyosi  bilan  namoyon  bo‘ladi.  Ana  shu  jihatdan  qaraganda,  milliy  davlatchilikni  barpo  etish 

borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni jahonning ko‘plab mamlakatlari tarixida 

kechgan olamshumul jarayonlarga qiyoslash mumkin. 

Yurtboshimiz  SHavkat  Mirziyoev  “Birinchi  Prezidentimiz  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

taraqqiyotning  «o‘zbek  modeli»ni  amalga  oshirish  va  zamonaviy  davlat  barpo  etish  borasidagi 

strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz. Bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan 

buyon  ham  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  o‘zgarishlarni  ta’minlashning  mustahkam  poydevori 

hisoblanadi”, deya alohida ta’kidlab o‘tdilar.  

Islohotlar davrida yangilik bilan eskilik o‘rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar 

va  qarama-qarshiliklar  bo‘lib  o‘tadi.  Taassufki,  hayotda  ko‘pincha  yangilikdan  ko‘ra  eskilik, 

yaxshilikdan  ko‘ra  yomonlik,  ezgulikdan  ko‘ra  yovuzlik  yashovchan  bo‘ladi.  Ana  shu  hayotiy 

falsafadan kelib chiqib aytish mumkinki, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig‘ida 

o‘ralib qolgan dunyoqarashlarni o‘zgartirish oson ish emas. Bu vaqt talab etadigan hodisa. Ayni 

paytda,  u  siyosiy  arbobdan  nihoyatda  kuchli  iroda,  mustahkam  asab,  sabot  va  matonat  talab 

etadi.  Bu  intihosiz  iztiroblar,  o‘z  hayotining  har  bir  daqiqasini  e’tiqod  va  g‘oya  uchun  qurbon 

qilishdek fidoyilik hamda oliy darajadagi shaxsiy fazilat ko‘rigidir. 

Jamiyat  va  odamlar  hayotida  yuz  beradigan  ana  shunday  tub  burilishlar  paytida  Bosh 

islohotchi  murakkab  ma’naviy-ruhiy  kechinmalar  qurshovida  qoladi.  Islom  Karimov  esa 

islohotlar samaralarini bevosita yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi jarlikdan jamiyatni bexatar olib 

o‘tish,  ya’ni  eng  avvalo,  bosqichma-bosqich  odamlar  ongi  va  dunyoqarashida  burilish  yasash, 

shu asosda yangicha yashash afzalliklarini ko‘rsatish yo‘lini tutdi. 

XX asr 80-yillari  oxirlariga kelib jahon va sobiq  Ittifoqdagi  o’zgarishlar, hamda  yuzaga 

kelgan vaziyat O’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana 

shunday jarayonda O’zbek xalqiga munosib yo’lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb 

yashovchi  Islom  Karimovdek  jasoratli  inson  1989  yil  23  iyunda  O‘zbekiston  ga  rahbarlikka 

keldi.  O‘zbekiston  ning  yangi  hukumati  Markaz  bilan  bo’ladigan  munosabatlarni  o’gartirmay 

turib,  ijobiy  siljishlarga  erishib  bo’lmasligini  va  buning  uchun  respublikaning  to’liq 



mustaqilligini  ta'minlash  zarurligini  tushunib  yetdi.  Uning  tashabbusi  bilan  O‘zbekiston  

hukumati  tomonidan  1989  yil  15  avgustda  “kolxozchilar,  sovxoz  ishchilari,  fuqarolar,  shaxsiy 

tomorqa  xo’jaliklari  va  individual  uy-joy  qurilishini  yanada  rivojlantirish  to’g„risida”  maxsus 

qaror  qabul  qilindi.  Garchi,  bu  g„oya  Ittifoq  rahbarlariga  yoqmagan  bo’lsa  ham,  I.A.Karimov 

o‘zfikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o’sha yilning 4 oyida aholi 

qo’shimcha  90,7  ming  gektar  yer  olishdi.  O‘zbekiston  ning  mustaqilligi  yo’lidagi  yana  bir 

muhim qadam O‘zbekiston  SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 

iyun) qabul qilingan O‘zbekiston  Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”dir. Deklaratsiya 12 

moddadan  iborat  bo’ib,  uning  1-moddasida  “O‘zbekiston    SSR  ning  demokratik  davlat 

mustaqilligi  respublikaning  o‘z  hududida  barcha  tarkibiy  qismlarini  belgilashda  tashqi 

munosabatlardagi  tanho  hokimligidir”,-deb,  yozib  qo’yilgan.  Sessiya  qabul  qilgan  bu 

“Mustaqillik  Deklaratsiyasi”  xalqimiz  tomonidan  katta  mamnuniyat  bilan  kutib  olindi.  Shu 

kundan  boshlab  respublikada  O‘zbekiston  ning  iqtisodiy  va  siyosiy  hayotiga  doir  masalalar 

mustaqil tarzda hal qilina bordi.  

Bunga  Markazning  respubikalarning  o‘z–  o’zini  ta'minlash  to’g„risidagi  qarorlari  ham 

asos  bo’lib  xizmat  qildi.  Shu  bilan  birga  Markaz  rahbarlari:  namoyishlar  o’tkazish,  mitinglar 

tashkil qilish, hatto g„ayri konstitutsion yo’llar bilan davlat to’ntarishi o’tkazish bo’lsada, oldingi 

buyruqbozlik  tizimini  mustahkamlashga  harakat  qildilar.  1991  yil  19  avgustga  kelib,  butun 

jahonni  hayajonga  solgan  Moskvada  davlat  to’ntarilishiga  urinish  bo’ldi.  To’ntarish 

tarafdorlarining  asl  maqsadlari  Ittifoqda  yashovchi  barcha  xalqlarning  mustaqillikka  erishuviga 

yo’l  qo’ymaslik,  hamda  mamlakatdagi  parokandalikdan  foydalanib  qolish  edi.  Lekin, 

O‘zbekiston    rahbariyati  mavjud  ijtimoiysiyosiy  vaziyatni  saqlash,  respublika  hududida 

favqulodda  holat  joriy  etilishiga,  Konstitutsiyaga  qarshi  davlat  to’ntarilishini  qo’llab  – 

quvvatlash  yo’lidagi  ig„vogarona  harakatlarga  uchmaslik  uchun  o’zlarining  butun 

imkoniyatlaridan  foydalandilar.  O’sha  vaqtda  O‘zbekiston    Prezidenti  Hindiston  safarida  edi. 

Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat'iy tarzda 

O‘zbekiston  nuqtai-nazarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati: “Markazdan, kim bo’lishidan 

qat'iy  nazar,  qonunga  xilof  ko’rsatmalarni  bajarish  mumkin  emas”,-deb  hisobladi.  20  avgustda 

O‘zbekiston    Prezidenti  huzuridagi  Vazirlar  Mahkamasining  Qoraqalpog’iston  Respublikasi, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahri  rahbarlari  ishtirokida  qo’shma  majlisi  bo’di.  Unda  O‘zbekiston 

ning  mustaqillikka  erishish  yo’li  o’zgarmasligi  haqida  Bayonot  qabul  qilindi.  I.A.Karimov  – 

O‘zbekiston    mustaqilligini  asoschisi  va  yetakchisi  O‘zbekiston    mustaqillik  tomon  yo’l  tutar 

ekan  1989  yilni  yoz  oylari  va  1990  yilning  bahorida  O‘zbekiston    hayotida  uning  rahbarligida 

burilish  davri  bo’ldi.  Xuddi  shu  paytlarda  O’zbek  halqining  taqdirini  hal  qiladigan  taraqqiyot 

yo’llari  ishlab  chiqildi.  Xususan,  teng  huquqli  Mustaqil  O‘zbekiston  ning  inson  manfaatini 



himoya  qilish  ustivor  vazifa  deb  maqsad  qo’ygan  demokratik  yo’da  rivojlanishi  bosh  strategik 

yo’nalish  deb  belgilandi.  Ana  shu  yo’lning  boshida,  1989  yilning  iyunidan  O‘zbekiston  ning 

rahbari,  1990  yilning  martidan  O‘zbekiston    Respubikasining  Prezidenti  sifatida  Islom 

Abdug„anievich  Karimov  turdi.  Dunyo  mamlakatlarida  yangi  jamiyat  qurishning  “O’zbek 

modeliga” uning asoschisi va yetakchisi Islom Abdug’nievich Karimovning siyosiy chizmasiga 

qiziqish  ortib  bormoqda.  Amerika  qo’shma  Shtatlarida  chiqadigan  nufuzli  “Novoe  russkoe 

slovo” haftanomasi  (qarang:  “Moskovskiye novosti”. 4-son, 1993  yil 10 oktyabr).  O‘zbekiston  

Prezidenti  I.  Karimovni  Mustaqil  davlatlar  hamdo’stligining  ko’p  rahbarlariga  namuna  qilib 

ko’rsatadi  va  BMT  havfsizlik  Kengashiga  murojaat  qilib  O‘zbekiston    Prezidentining 

ijtimoiysiyosiy  faoliyatiga  e'tibor  berishga  va  uning  tajribasi  bilan  notinch  mamlakatlarning 

davlat  rahbarlarini  tanishtirishga  chaqiradi.  1996  yili  Venada  (Avstriya)  “XX  asr  xalqlari 

dohiylari”  nomida  chop  etilgan  kitoblarning  bir  jildi  O‘zbekiston    Prezidentiga  bag„ishlangan. 

Kitob  mualliflari  “...  Islom  Karimov  kommunizmdan  keyingi  O’rta  Osiyo  mintaqasidagi  eng 

buyuk  davlat  arbobidir”  ,  -  deb  tan  beradi.  Islom  Karimovning  har  bir  asari,  ma'ruza  va 

maqolalari  bozor  munosabatlariga  asoslangan  demokratik  jamiyat  qurishning  g„oyaviy-nazariy 

asoslarini,  amaliy  ishlarining  kundalik  dasturini  tashkil  qiladi.  Istiqlolning  dastlabki  bosqichida 

nashrdan  chiqqan  “O‘zbekiston  ning  o‘zistiqbol  va  taraqqiyot  yo’li”,  “O‘zbekiston    –  bozor 

munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” va boshqa bir qancha asarlari va nutqlarida bayon 

etilgan  O‘zbekiston    Respublikasi  mustaqilligining  birinchi  navbatdagi  vazifalari  keyinchalik 

g„oyat  muhim  ahamiyat  kasb  etgan  “O‘zbekiston    iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish 

yo’lida”,  “Demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  vazifalari”  va  boshqa  asarlarida  o‘zrivojini 

topdi. O‘zbekiston ning yaqin o’tmishida va XX asrning so’nggi o’n yilida bosib o’tgan yo’llari, 

ularning saboqlari, XXI asrda Respublika istiqlolini mustahkamlashning strategik vazifalarining 

asosiy  yo’nalishlari  I.A.Karimovning  bir  qancha  xorijiy  mamlakatlarda  bosilib  95  chiqqan 

“O‘zbekiston    XXI  asr  bo’sag„asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 

kafolatlari.”, “O‘zbekiston  XXI asrga intilmoqda.” asarlari va Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 

birinchi sessiyasidagi (22 yanvar 2000 yil) nutqida bayon etib berildi. Ayniqsa, 2011 yilda nashr 

qilingan  “  O‘zbekiston    mustaqillik  ostonasida  ”  deb  nomlangan  to’plam  ayni  o’sha  davrlarda 

mustaqillikka  erishuv  yo’li  qanchalik  murakkab  kechganligini  yaqqol  tasdiqlaydi.  O‘zbekiston  

respublikasining  qisqa  vaqt  ichida  ta'lim-tarbiya,  madaniyat  va  sport  sohasida  erishgan  katta 

yutuqlarini  hisobga  olib  I.A.Karimovga  YuNeSKO  “Oltin  medali”,  xalqaro  Olimpiya  komiteti 

tomonidan  “Oltin  medal”  topshirilishi,  Rossiya  federatsiyasi  Oliy  pedogogika  akademiyasiga 

faxriy  a'zo  etib  saylanishi  bejiz  bo’lmasdan  I.A.  Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va 

muvoffaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining dunyo miqyosida tan 

olinganligining  belgisidir.  Respublika  aholisining  mutlaq  ko’pchiligi  (97,5  foizi)  bunday 



sharoitga  bevosita  I.A.Karimovning  yetakchiligida  erishildi  deb  hisoblaydi.  O’zbek  xalqi  2000 

yil  9  yanvarda  bo’lib  o’tgan  Prezident  saylovida  o’zining  Islom  Karimovga  nisbatan  chuqur 

hurmati va extiromini izhor qildi. Saylovchilarning 91,9 foizi Islom Karimovga ovoz berib yana 

bir  karra  davlat  rahbari  etib  sayladi.  I.A.Karimov  yangi  davrning  jahon  miqyosidagi  davlat 

arbobi,  O‘zbekiston    xalqining  buyuk  yo’lboshchisi  sifatida  mamlakatninggina  emas  xorijiy 

davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlarning  qator  nishonlari  va  faxriy  unvonlari  bilan  taqdirlandi. 

O‘zbekiston    Respublikasining  Konstitutsiyasi  Mustaqil  O‘zbekiston    Respublikasining  Asosiy 

qonuni  1992  yil  8  dekabrda  O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Kengashining  XII  chaqiriq  XI 

sessiyasida  qabul  qilindi.  Mustaqillik  Konstitutsiyasi  muqaddima,  olti  bo’lim,  26  bob,  128 

moddadan iborat bo’ldi. Birinchi bo’limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda 

Davlat  suvereniteti,  xalq  hokimiyatchiligi,  Konstitutsiya  va  qonunning  ustunligi,  tashqi 

siyosatning  bosh  yo’nalishlari  o‘zifodasini  topdi.  Asosiy  qonunning  Ikkinchi  bo’limi  35 

moddadan  iborat  bo’lib,  Inson  va  fuqarolarning  asosiy  huquqlari,  erkinliklari  va  burchlariga 

bag„ishlangan.  Bunda,  O‘zbekiston    Respublikasining  barcha  fuqarolari  bir  xil  huquq  va 

erkinliklariga  ega  ekanligi,  O‘zbekistonning  butun  hududida  yagona  fuqarolik  o’rnatilganligi, 

fuqarolarning  shaxsiy  huquqlari  va  erkinliklari,  vijdon  erkinligi  va  uning  kafolatlanishi 

yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘zvakillari orqali 

qatnashishlari,  siyosiy  partiyalar  va  harakatlarga  qo’shilish  huquqlari  taqqoslab  ko’rsatilgan. 

Asosiy  qonunda  fuqarolarning  mulkdor  bo’lishi,  mehnat  qilish,  nafaqa  olish,  o‘zvaqtida  dam 

olish,  malakali  tibbiy  xizmatdan  foydalanish,  bilim  olish  huquqlariga  ega  ekanligi  aniq  qilib 

bayon  etilgan  va  bu  huquqlari  va  erkinliklari  davlat  tomonidan  ta'minlanadi  deb  taqqoslab 

qo’yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni chunonchi, qonunlarga 

rioya  qilish,  xalqimizning  tarixiy,  ma'naviy  meroslarini  avaylab  saqlash,  atrof  tabiiy  muhitni 

asrash, soliqlar va mahalliy yig„imlarni o‘zvaqtida to’lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari 

majburiy ekanligi ta'kidlangan. 2010 yilga kelib O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasiga:  -

O‘zbekiston    Respublikasi  Bosh  vaziri  nomzodi  O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Majlisining 

Qonunchilik  palatasiga  saylovlarda  eng  ko’p  deputatlik  o’rnini  olgan  siyosiy  partiya  yoki  teng 

miqdordagi  deputatlik  o’rinlarini  qo’lga  kiritgan  bir  necha  siyosiy  partiyalar  tomonidan  taklif 

etiladi.  -O‘zbekiston    Respublikasi  Prezidenti  taqdim  etilgan  Bosh  vazir  lavozimiga  nomzodni 

ko’rib  chiqqanidan  keyin  o’n  kun  muddat  ichida  uni  O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Majlisi 

palatalarining  ko’rib  chiqishi  va  tasdiqlashi  uchun  taklif  etadi.  96  -Bosh  vazir  nomzodi  uning 

uchun  tegishlicha  O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  va 

Senati a'zolari umumiy sonining yarmidan ko’pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan 

hisoblanadi.  




O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a'zolari Bosh vazir taqdimiga binoan 

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. -O‘zbekiston  Respublikasi Bosh 

vaziri  va  O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  o’rtasida  ziddiyatlar 

doimiy  tus  olgan  holda  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  umumiy  sonining  kamida  uchdan  bir 

qismi tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo’yicha 

O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  qo’shma  majlisi  muhokamasiga  Bosh 

vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan 

ishonchsizlik  votumi  tegishlicha  O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi 

deputatlari  va Senati a'zolari  umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda 

qabul qilingan hisoblanadi.  

Qaltis  vaziyatda  1991-yil  19-avgustda  O‘zbekiston  Prezidenti

 

A.  Karimov  Hindistonga 

qilgan  rasmiy  tashrifdan  qaytib  keldi  va  Toshkent  shahri  faollari  bilan  uchrashuv  o‘tkazdi. 

Uchrashuvda  Prezident  O‘zbekistonning  nuqtayi  nazarini  bildirib,  respublikamizda  favqulodda 

holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar 

bajarilmasligini qat’iy ta’- kidladi.



 

1991-yil  20-avgust  kuni  Toshkentda  O‘zbekiston  SSR  Oliy  Kengashi  Rayosati  va 

O‘zbekiston  Prezidenti  huzuridagi  Vazirlar  Mahka-  masining  Qoraqalpog‘iston,  viloyatlar  va 

Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujud- 

ga  kelgan  vaziyatni  muhokoma  qilib,  Bayonot  qabul  qildi.  Bayonotda  O‘zbekiston 

Respublikasining tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. 

Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning 

oldini  olish,  hamma  joyda  qattiq  intizom  va  tartibni  saqlash,  mish-  mishlar  va  ehtiroslarga 

berilmaslik  vazifalari  ilgari  surildi.  Bayonot-  da  O‘zbekiston  «Davlat  mustaqilligi  to‘g‘risidagi 

Deklaratsiya»  qoi-  dalarini  og‘ishmay  va  izchil  amalga  oshirish  yo‘lidan  boraveradi,  deb 

ko‘rsatildi.

 

1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston 

hududida  hokimiyat  va  boshqaruv  ido-  ralari,  korxonalar,  tashkilotlar  hamda  muassasalarning 

qabul  qilgan  barcha  qarorlari  va  ularning  ijrosi  SSSR  va  O‘zbekiston  SSR  Konstitutsiyalariga 

hamda  qonunlariga,  O‘zbekiston  Respublika-  si  Prezidenti  farmonlariga  va  Vazirlar 

Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSR- da 

Favqulodda Holat Davlat Qo‘mitasining SSSR Konstitutsiya- si hamda qonunlariga, O‘zbekiston 

SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb 

belgilab qo‘yildi.


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish