O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Buxoro  amirligining  ag’darilishi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Buxoro  amirligining  ag’darilishi.

  Buxoro  amirligida  ham  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  Xiva 

xonligidagiga  o’xshash  tarzda  kechdi.  Amirlik  ham  Rossiyaga  tobe, 

vassal

  davlat  edi.  Ichki 

siyosatda mustaqil bo’lgan amirning mutlaq hokimiyati hukm surib, bundan oddiy xalq ommasi 

behad zulm tortib kelardi. XX asr boshlarida bu yerda ham amirlik tuzumiga qarshi demokratik 

harakatlar  yuzaga  kela  bordi.  Mamlakatning  ilg’or,  taraqiyparvar  ziyoli  yoshlaridan  tashkil 

topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti bu harakatlarga yetakchilik qildilar. O’z saflarida Abduvohid 

Burhonov,  Fayzulla  Xo’jayev,  Abdurauf  Fitrat,  Sadriddin  Ayniy,  Muhitdin  Mansurov, 

Po’latxo’ja Usmonxo’jayev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan Yosh buxoroliklar harakati keng 

xalq  manfaatlari foydasiga muhim  siyosiy o’zgarishlarni  ro’yobga  chiqarishga intilganlar. Ular 

ishlab  chiqqan  islohotlar  loyihasida  mamlakatda  konstitutsion  monarxiya  tuzumi  o’rnatish, 

ijtimoiy-siyosiy  erkinliklar  joriy  qilish,  maorif  ishini  yaxshilash  masalalariga  alohida  urg’u 

berilgandi. 

Keng  xalq  ommasi  tazyiqi  va  Yosh  buxoroliklar  islohiy  talablari  asosida  amir  1917-yil  7-

aprelida ba’zi  yon berishlarga borib manifest chiqarishga majbur bo’ladi. Manifestda soliqlarni 

tartibga  solish,  turli  ijtimoiy  tabaqalar  vakillaridan  iborat  Majlis  qilish,  maorif,  tibbiyot,  sud 

tizimlarini  yaxshilash,  ma’muriy  boshqarish  ishlarini  takomillashtirish  kabi  qator  va’dalar 

berildi. 

Biroq  amirlikning  mutaassib,  hukmron  doiralari  tish-tirnoqlari  bilan  bunga  qarshilik 

ko’rsatdilar.  Ular  islohot  tarafdorlariga  nisbatan  ochiqdan-ochiq  shahar  ko’chalarida  qirg’in 



uyushtirdilar.  Ko’plab  islohotchilar  Buxoroni  tark  etishga  majbur  bo’ldilar.  Bu  gal  amir 

tarafdorlarining qo’li baland keldi. 

Turkistonda  mustabid  sovet  hokimiyatining  o’rnatilishi  Buxoro  amirligi  uchun  ham  jiddiy 

siyosiy  vaziyatni  vujudga  keltirdi.  Negaki,  sotsialistik  inqilob  g’oyasini  boshqalarga  yoyishga 

intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o’z mo’ljaliga olgandilar. Xususan 1918-yil martida 

“Kolesov  voqeasi”

  nomi  bilan  tarixga  kirgan  qonli  voqea  bunga  aniq  misol  bo’la  oladi. 

Turkiston sovet respublikasi hukumati raisi F. I. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o’tkazib, 1918-

yil  2-martida  Kogon  temir  yo’li  yoqalab  qizil  qo’shinlar  interventsiyasini  uyushtirdi.  Bunga 

javoban  Buxoro  amiri  xalqni  g’azovotga  chorlab,  o’z  qo’shinlari  va  g’azabga  kelgan  aholini 

urushga safarbar etdi. Oqibatida Kolesov xuruji sharmandalarcha mag’lub bo’ldi. Bu esa amir va 

uning  arkoni  davlatiga  barcha  demokratik  kuchlardan  qonli  o’ch  olishi  uchun  bahona  bo’ldi. 

Ayniqsa  Yosh  buxoroliklar  ayovsiz  qirg’in  qilindi.  Bolsheviklarinipg  bu  avantyurasi  Yosh 

buxoroliklar uchun g’oyatda qimmatga tushdi. F.Xo’jayevning guvohlik berishicha, bu qirg’inda 

Yosh buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 ming kishi qurbon bo’ladi. 

Biroq  shunga  qaramay  sovet  mutasaddilari  Buxoroda  sun’iy  inqilob  tayyorlash,  buning 

uchun  Turkistondan  panoh  topgan  ko’p  sonli  buxorolik  muhojirlarni  ishga  solish,  ulardan 

ko’plab  inqilobchi  kuchlar  etishtirish  va  ularni  tashkillashtirish  harakatida  bo’ldilar.  1918-yil-

sentabrida  Toshkentda  Buxoro  muhojirlari  tomonidan 



Buxoro  kompartiyasi

  va  uning  Markaziy 

Qo’mitasi  tuziladi  (uning  raisi  A.  Yoqubov,  o’rinbosari  M.  Qulmuhammedov).  1920-yil 

yanvarida  Toshkentda  F.  Xo’jayev  boshchiligida  “Yosh  buxorolik  inqilobchilar  partiyasining 

Turkiston  Markaziy  byurosi”  tashkil  etiladi  va  Turkkomissiya,  RSFSR  hukumati  tomonidan 

e’tirof etiladi. 

Yosh  buxoroliklar  partiyasi  ishlab  chiqqan  dasturda  tez  vaqt  ichida  despotik  tuzumni 

tugatish,  mamlakatda demokratik respublika tuzish  va keng xalq  ommasining tub  manfaatlarini 

ko’zlab ko’plab ijtimoiy-demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi. 

Yosh  buxoroliklar  tashabbusi  bilan  1920-yil-iyundan  Toshkentda  chiqa  boshlagan 

«Uchqun»  gazetasida  ham  ilg’or  demokratik  g’oyalar  ilgari  surildi.  Buxoro  xalqi  amirning 

hokimi mutlaq tuzumini ag’darib tashlash uchun faol kurashga da’vat etib borildi. 

Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag’darish edi. Uning rasmiy hujjatlari, 

ko’rsatmalarida  amirlikka  qarshi  kurash  quyidan,  mahalliy  kuchlar  tomonidan  boshlanishi 

uqdirilgan edi. Shu bilan birga amirlikni ag’darish uchun zarur harbiy tayyorgarlik ham ko’rildi. 

M.Frunze  boshliq  Turkiston  fronti  qo’mondonligi  tomonidan  1920-yil-iyun  o’rtalaridayoq 

zamonaviy  qurol-aslahalar  bilan  qurollangan  qizil  qo’shinlar  Buxoro  chegaralariga  keltirib 

qo’yilgan  edi.  Ayni  paytda  amirlikni  ag’darish  uchun  M.Frunze,  V.Kuybishev,  N.To’raqulov, 

N.Husainov, F.Xo’jayevlar tarkibida harbiy-inqilobiy byuro tashkil etiladi. 



1920-yil 29-avgustda Chorjuyda amir tuzumiga qarshi g’alayon boshlandi va Beshim Sardor 

boshchiligidagi  kuchlar  avvaldan  belgilangan  kelishuvga  binoan  darhol  sovet  hukumatidan 

«yordam so’rab» murojaat qiladi. Bu sovet qo’shinlarining Buxoroga qarshi urush harakatlarini 

boshlashiga bahona bo’ladi. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, sovet qo’shini ixtiyorida shu davrda 10 ming qizil askar, 40 ta 

to’p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zixrli avtomobil, 5 ta zixrli poyezd va 12 ta samolyot bor edi. 

Shuningdek,  Turkiston  fronti  qo’shini  bilan  birga  hujum  harakatlarida  5  ming  kishiga  yaqin 

buxorolik “inqilobchi tuzilmalar” ham ishtirok etdilar. 

Amir lashkari son jihatidan ko’p bo’lgani bilan (20 mingga yaqin), biroq uning qurollanish 

darajasi  qizillarga  nisbatan  ancha  zaif  holda  edi.  Hujumga  tashlangan  sovet  qo’shinlari 

amirlikning Chorjuy, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egallab, Buxoroga tomon 

siljib  bordilar.  Buxoro  va  uning  aholisi  sovetlar  hujumi  chog’ida  mislsiz  zarar  ko’rdi.  Shahar 

ko’p  bor  havodan  bombardimon  qilindi.  Uning  ko’plab  noyob  osori  atiqalari,  tarixiy  obidalari 

vayron etildi. 

Amir  Olimxon  1920-yil  2-sentabrda  Buxoroni  tark  etishga  majbur  bo’ldi.  Poytaxt  sovet 

qo’shinlari  tomonidan  egallangach,  hokimiyat  Muvaqqat  Butunbuxoro  Inqilobiy  qo’mitasi 

qo’liga  o’tdi.  1920-yil  14-sentabrda  BKP  MQ  va  Muvaqqat  Butunbuxoro  Inqilobiy 

qo’mitasining birlashgan majlisi bo’ldi. Majlisda A.Muhitdinov boshchiligida qonun chiqaruvchi 

oliy  organ  -  Butunbuxoro  Inqilobiy  qo’mitasi  va  Fayzulla  Xo’jayev  raisligida  Xalq  Nozirlar 

Kengashi (hukumat) tuzildi. O’sha yilning 6-8-oktabr kunlarida I Butunbuxoro qurultoyi bo’lib 

o’tdi. Unda 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish