(Xalq so‘zi, 2009 yil 30 dekabr, №251)
Van Ahmad Van UMAR, Malayziya Saylov komissiyasi raisining
o‘rinbosari:
- Hukumat tomonidan yuritilayotgan puxta siyosatning samarasi o‘laroq,
mamlakatni mohirona boshqarish, ayniqsa, rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti
inqirozni boshdan kechirayotgan bir paytda, milliy iqtisodiyotni yuksaltirishda
ijobiy natijalarning qo‘lga kiritilgani O‘zbekiston tanlagan va odimlayotgan
yo‘lning to‘g‘riligi hamda ishonchliligidan dalolatdir.
Elektoratning saylovda faol ishtirok etishi ovoz beruvchilarning yuksak
siyosiy madaniyatini namoyon qildi, budan tashqari, parlament qonunchilik
palatasida deputatlarning 30 foizi xotin-qizlardan iborat bo‘lishi va O‘zbekiston
Ekologik harakatiga 15 ta o‘rin ajratilishining qonun bilan belgilab qo‘yilishi ulkan
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |