4.
Mo‘g‘ullar istilosi va asorati
Movarounnahr yurtiga qanchalik vayronagarchilik
keltirmasin, mag‘rur va masrur ajdodlarimiz iste’dodini. bunyodkorlik dahosini so‘ndira olmadi.
Aksincha, ular vayron bo‘lib, kuli ko‘kka sovurilgan shaharu qishloqlar o‘rnida fusunkor
me’moriy binolar, tarixiy obidalar, ko‘rkam arxitektura yodgorliklarini bunyod etdilar. Bu
davrda barpo etilib, gavjum savdo-sotiq , hunarmandchilik markazlariga aylana borgan Andijon,
qarshi, Urganch qaytadan ta’mirlanib, chiroy ochgan, oldingi mavqei, ahamiyatini bir muncha
tiklagan Samarqand, Buxoro, SHosh, Xo‘jand singari shaharlar, ularning o‘ziga xos
me’morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi.
O‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati, xususan, ilm-fan va badiiy adabiyot ham
kata qiyinchiliklar bilan bo‘lsada, bu davrdv rivoj topib bordi.
So‘fiylik ta’limoti, ilmi nujum, tarixshunoslik kabi sohalarda zabardast olimu fuzalolar
yetishib chiqdi. Butun SHarq olamiga mashhur bo‘lgan shayx Sayfuddin Boxarziy Bahovuddin
Naqshband (1318-1389), Juvayniy (vafoti 1383), Fazlulloh Rashididdin (1318 yilda o‘ldirilgan)
singari olimlarning tarixiy asarlari hozirda ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan.
O‘rta Osiyo xalqlari dahosining eng yuksak badiiy in’ikosi usha davrda yetishib chiqqan
nafis adabiyotning ko‘plab yirik namoyandalari ijodida yorqin aks etdi. Jaloliddin Rumiy,
Muslihiddin Sa’diy, Amir xusrav Dehlaviy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Pahlavon Mahmud, qutb
Xorazmiy, Sayfi Saroyi singari xalq orsidan chiqqan mumtoz ijodkorlar shulur jumlasidandir.
Asl nasl-nasabi xorazmlik bo‘lib Turkiyadan qo‘nim topgan sheriyat daholaridan
Jaloliddin Rumiy (1207-1277) ning 6 jildli, 25 ming 700 baytdan iborat muqaddas kitob
darajasida ulug‘langan go‘zal “Masnaviy” si, nazm va nasrda barobar qalam tebratgan ulug‘
g‘azalnavis shoir Sa’diy SH’eroziy (1219-1292) ning mashhur “Bo‘ston” va “Guliston”i yoxud
Paxlavon Mahmud (vafoti 1322) ning chug‘ur falsafiy mazmun bilan yo‘g‘rilgan boy ruboiyoti
va,shuningdek, XIII asr oxiri-XIV asr birinchi yarmida yashab, ijod etgan Rabg‘uziyning ilk
o‘zbek nasr namunalarini o‘zida aks ettirgan ikki jildli “qissasi Rabg‘uziy” asari va shu singarilar
mana shunday hayotbaxsh ruh va mazmun bilan sug‘orilgandir.
Bular jumlasiga XIV asrning birinchi yarmida ijod etib, o‘zlaridan boy meros qoldirib
ketgan Xorazmiy, uning o‘zbek dunyoviy sheriyatining dastlabki ajoyib namunasi hisoblangan
“Muhabbatnoma”, qutbning “Xusrav va Shirin”, Sayfi Saroyining “Suhayl va Guldursun”,
“Gulistoni biturkiy” singari go‘zal dostonlarini ham nisbat berish mumkin.
Shunday qilib, XIII-XIV asrlar davomida Movarounnahr hududi mo‘g‘ullar hukmronligi
bilan bog‘liq qanday ziddiyatli, murakkab hayotiy jarayonlarni boshdan kechirmasin, uning
ko‘hna madaniyati ilm-urfoni o‘ziga yo‘l topib rivojlanishda davom etdi. Xalq dahosi, ijodkorligi
uning asl iste’dodli salohiyatli namoyandalari sa’y-harakatlari ila sayqal topib, yangi jozibador
qirralar kashf etib bordi. Bu esa, shubhasiz, o‘lka xalqlari ma’naviy merosi, qadriyatlarining
mazmunan boyib, yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |