39
2-savol.Ob’ektlarning xarakterli nuqtalariga bog‘lanish. Aylana kvadrantlari, to‘g‘ri chiziq
markaziga bog‘lanish. Aylanaga urinma o‘tkazish.
2. AS, AO va AD kesmalar yasalsin. Bunda S va D nuqtalar aylana kvadrantida, O nuqta
esa, aylana markazida yotadi.
Bu kesmalarni o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga A
nuqta kiritiladi. Ikkinchi masalan, O nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Markazga bog‘lanish»
buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va kursor aylana markaziga yaqinlashtiriladi. Kursor unga etib
kelmasdan aylana markazi yarqirab yonadi, ya’ni kursorni aylana markazi bilan o‘z-o‘zidan
avtomatik bog‘lashga tayyor ekanligini bildiradi. Shunda, «Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa,
AO kesma chizilib qoladi.
AS va AD kesmalarni chizish uchun ham, kesma buyrug‘iga kiriladi va ularning birinchi
nuqtasi sifatida A nuqta kiritiladi. Ikkinchi nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Aylana
kvadrantlariga bog‘lanish» buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va uni aylanaga yaqinlashtiriladi.
Shunda, aylana kvadrantlari rangli romb ko‘rinishida o‘z o‘rnini bildiradi. Ularni kerakligisi bilan
kursorni ketma-ket bog‘lab AS va AD kesmalar yasaladi.
3. AK kesma o‘tkazilsin. K nuqta OV kesmaning o‘rtasida yotadi.
Bu kesmani o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga A
nuqta kiritiladi. Ikkinchi K nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Ob’ektni o‘rtasiga bog‘lanish»
buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va kursor OV kesmaga yaqinlashtiriladi. Kursor izlanayotgan
nuqtaga etib kelmasdan, kesma o‘rtasi yarqirab uchburchak ko‘rinishida belgilanadi, ya’ni kursorni
kesma o‘rtasi bilan o‘z-o‘zidan avtomatik bog‘lash o‘rnini bildiradi. Shunda, «Sichqon»ning chap
tugmasi yuklansa, AK kesma chizilib qoladi.
4. EF kesma o‘tkazilsin. Bunda F nuqta OV va AD to‘g‘ri chiziqlarning kesishgan
nuqtasida yotadi.
Bunday kesmani o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga E
nuqta kiritiladi. Shunda, kursor unga etib bormasdan sariq rangli
belgi, uning o‘rnini
belgilaydi. Agar shunday belgi kuzatilmasa, kursor bilan «Ob’ektlarni kesishish nuqtasiga
bog‘lanish» buyrug‘ining
tugmasi yuqlanadi. Shunda, aylana yoyi bilan vertikal markaz
chiziqning kesishgan nuqtasida sariq rangli « » belgi paydo bo‘ladi va u bilan kursorni bog‘lab, E
nuqta kiritiladi.
Ikkinchi F nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Ob’ektlarni kesishish nuqtasiga bog‘lanish»
buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va kursor AD va OV kesmalarning kesishgan nuqtasiga
yaqinlashtiriladi. Kursor izlanayotgan nuqtaga etib kelmasdan, kesmalarning kesishgan nuqtasi
yarqirab sariq rangda « » belgi bilan yoritiladi va u F nuqtaning o‘rnini belgilaydi. Shunda
«Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa, EF kesma chizilib qoladi.
5. A nuqtadan berilgan aylanaga urinma chiziq AT (t) o‘tkazilsin.
Urinma o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va so‘ralgan birinchi nuqta uchun, A
nuqta kiritiladi. Shunda, kesmaning ikkinchi nuqtasi so‘raladi. Unga javoban kursor bilan
«Ob’ektning urinish nuqtasiga bog‘lanish» buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va kursor aylanani
taxminiy urinish nuqtasiga yaqinlashtiriladi. Shunda, aylanadagi urinish nuqtasi sariq rangda urinish
belgisi bilan yoritiladi. Kursorni u bilan bog‘lab, AT urinma yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: