45
kiritiladi va
«Enter»
tugmasi yuklanadi. Natijada, ob’ekt 45 gradusga soat strelkasi yo‘nalishiga
teskari burilib qaladi, 7-rasm. Chunki, kompyuter burchak kiymatini shu yo‘nalish bo‘yicha o‘qiydi.
Agar, manfiy qiymat, masalan, -45 kiritilsa, ob’ekt soat strelkasi yo‘nalishida 45 gradusga burilib
qoladi.
Ob’ektlarni masshtabini o‘zgartirish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi
Kompyuterda bajariladigan tasvirlarning masshtablarini, chizib bo‘lgandan keyin ham
osongina o‘zgartirish mumkin:
1. Ob’ekt ajratiladi va buyruq
tugmasi yuklanadi. Shunda, muloqotlar oynasida
tayanch nuqasini kiritish yoki belgilash so‘raladi va bunday nuqta ko‘rsatiladi.
2. Navbatdagi so‘rovda masshtab koeffitsientini kiritish so‘raladi. U butun yoki kasr
ko‘rinishida, ya’ni 1 dan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Agar, 2 raqami kiritilsa, ob’ekt ikki
marta kattalashib tasvirlanadi, 8-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |