Zamonaviy jamiyatda muhandisning o‗rni juda muhim. Muhandislar fan
yutuqlarini bevosita jamiyat ishlab chiqarishiga tadbiq etish, undan foydalangan
holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va unumdorligini oshirish mumkin.
SHuning uchun ular insoniyat jamiyati doirasida keng miqyosdagi masalalarni yuqori
ilmiy va texnikaviy darajada echishga qodir bo‗lishlari kerak.
O‗zbekiston Respublikasida qabul qilingan ta‘lim to‗g‗risidagi qonun asosida
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy dasturi 2 bosqichli ta‘lim tizimiga
o‗tilgan. Bu tizimga asosan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning 1 chi
bosqichida bakalavr 2 chi bosqichida magistrlar tayyorlash ko‗zda tutilgan. Bunday
o‗qitish tizimi o‗quv jarayoniga ilg‗or zamonaviy o‗qitish tizimlarini va
texnologiyalarini joriy qilishni talab qiladi.
Hozirgi paytda Evropaning ko‗pgina ilg‗or texnika Universitetlari o‗qitish
tizimida global internet axborot tizimlariga ulangan zamonaviy hisoblash
texnikasidan tashqari zamonaviy o‗qitish texnik vositalaridan juda keng foydalanib
kelinmoqda.
O‗qitishning bunday vositalari nafaqat fanlar bo‗yicha maxsus ko‗rgazmali
qurollarni, balki nnternet tarmog‗idagi va maxsus tayyor dasturlarda ishlayotgan
radio, video materiallarni kodoskop yordamida katta ekranga to‗g‗ridan-to‗g‗ri olib
chiqish imkonini beradi.
Bunday o‗qitish usullari Toshkent Davlat Texnika Universitetining energetika
fakultetida Evropa hamjamiyatining TASIS-TEMRUS dasturiga muvofiq Berlin
Texnika Universiteti (Germaniya) va Afina texnologiya instituti (Gretsiya)
hamkorligida tashkil qilingan Energetika menejmenti kurslari tadbiq etishmoqda.
O‗zining tuzilishi va o‗qitish metodlari bo‗yicha xalqaro standartlarga mos keluvchi
keng ko‗lamli vazifalarni qamrab olgan zamonaviy dasturlarda olib borish nazarda
tutilgan. CHunki energetika menejmenti energiya sarfini tejashga va uni atrof-
muhitga ta‘sirini kamaytirishga olib keluvchi muhim quroldir.
Bizga ma‘lumki bugungi kunda dunyo miqyosida elektr energiyasi ishlab
chiqarish asosan (80% gacha) issiqlik elektr stansiyalarida
amalga oshiriladi va bunda
energiya yoqilg‗i hisobiga olinadi. YOqilg‗i zahiralarining tobora kamayib borishi
hamda ularni qazib olish harajatlarini oshishi yoqilg‗i o‗sishiga olib qolmoqda.
Bundan tashqari issiqlik elektr stansiyalar atrof-muhitga ham kattadan-katta ziyon
keltirmoqda. Ushbu ziyonlar asosan past potensialli issiqlik, azot va oltingugurt
oksidlari va mikronlar miqdordagi kukunlar ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi.
YOqilg‗ini tejash va undan foydalanishni samaradorligini oshirish va atrof-muhitni
himoyalash maqsadlari energiyani ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini
shuningdek noan‘anaviy energiya manbalaridan foydalanish ko‗lamini oshirish
natijasida amalga oshirilmoqda. Rivojlangan mamlakatlardagi noan‘anaviy energiya
manbalaridan foydalanuvchi texnologiyalar va qurollarni bizning respublikamizda
qo‗llash energiyani arzonlashtiribgina qolmay, balki undan oqilona foydalanish
hamda tejash imkonini beradi.
Amaliy mashg‗ulotlarda energetik qurilmalarni ishini o‗rganishda, audit
o‗tkazishda, Evropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan asbob va uskunalardan
foydalaniladi, bundan tashqari Toshkent shahrida qurilayotgan va faoliyat
ko‗rsatayotgan korxonalar va turli binolarda energiyani boshqarish tizimlari
eshituvchilarga yaqindan tanishtirilmoqda.
Bu kurslarning maqsadlaridan biri eshituvchilarga chet ellarda qo‗llanilayotgan
hozirgi zamon talablariga to‗liq javob beradigan sanoat qurilishida va maishiy
kommunal sektorda energiyadan samarali foydalanish texnologiyalari bilan
tanishtirish, o‗rgatish va ularni Respublikamiz miqyosida hayotga tadbiq etishni
yo‗lga solishga qaratilgan.
Ushbu kurslarda asosan 3 ta yo‗nalish bo‗yicha o‗qitiladi, ya‘ni energetikada
iqtisodiyotni boshqarish, sanoatda, transportda, qurilishda, turar joy, jamoat va
maishiy xizmat binolarida energiyadan oqilona foydalanish va uni tejash masalalarn
hamda noan‘anaviy energiya manbalaridan va energetik - chiqindilardan qaytadan
unumli foydalanish usullarini tadbiq etish yo‗llari o‗rgatiladi.
O‗qitiladigan barcha fanlar bo‗yicha ma‘ruza materiallari Evropa davlatlari
texnologiyalari asosida tuzilgan. Fanlar eshituvchilarga etarli darajada texnikaviy -
nuqtai nazardan chuqur va keng etkazilishi uchun Universitetimizning bir guruh
o‗qituvchi - profesorlar yuqorida ko‗rsatilgan Universitetlarda malaka va tajriba
almashib kelishgan. Buning natijasida barcha fanlar bo‗yicha zamonaviy o‗quv
materiallari va o‗qitish usullari va vositalari joriy etilmoqda.
Kurslarning muhim jihatlaridan yana shuni aytib o‗tish mumkinki, o‗qish
jarayonnda ingliz tili, kompyuter texnikasi va texnologiyalari dasturlari o‗qitiladi va
SD disklarida chet eldagi ilg‗ori loyihalash institutlarida yaratilgan zamonaviy loyiha
dasturlarida amaliy mashg‗ulotlarda ko‗p foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: