qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‗zagini tashkil etdi. Mazkur
dasturlar asosida iqtisodiyotimizning barcha sohalari qatori energetika sohasida ham
islohotlar jadal sur‘atlarda amalga oshirila boshlandi. Bu islohotlarning
muvaffaqiyati, avvalo, sohaning huquqiy asosini yaratish bilan bog‗liq edi. Islohotlar
asosan bosqichma bosqich amalga oshirildi. Davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh
qilish sohasidagi asosiy, g‗oyat muhim strategik qoidalar O‗zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqildi va uning farmonlari bilan
tasdiqlandi. Ayni shu qoidalar va islohotlarning asosiy mazmunini va ularni amalga
oshirishning muhim bosqichlarini o‗zida aks ettirdi. Qabul qilingan muhim qarorlar
qanday maqsadga
qaratilganligi, ularni amalga oshirish mexanizmi farmonlarda
ochib
berildi. Islohotlarni jadal amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‗lgan yirik
muammolarni muhokama etish, zarur qaror qabul qilish uchun O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzurida maxsus iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik va chet el
investitsiyalari bo‗yicha Idoralararo kengash tuzildi. Kengash faoliyatining asosiy
vazifalari va yo‗nalishlari ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirishning yagona strategiyasini
hamda bu strategiyani ro‗yobga chiqarishning amaliy chora - tadbirlarini ishlab
chiqishdan iborat bo‗ldi. Kengash ishtirokida iqtisodiy islohotlarning huquqiy
negizini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlandi.
Mustaqillik yillarida bozor munosabatlarini sivilizatsiyalashgan shaklda joriy
etishga imkon beradigan qonunlar majmui yaratildi. Iqtisodiyot sohasiga tegishli
bo‗lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan
100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Islohotlarning huquqiy negizini
yaratish bir qancha muhim yo‗nalishlar bo‗yicha amalga oshirildi. Shunday
yo‗nalishlardan biri -O‗zbekistonning davlat mustaqilligi, iqtisodiy mustaqilligining
huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi
qonunlarni qabul qilish edi. Ana shu yo‗nalish doirasida «O‗zbekiston Respublikasi
Davlat Mustaqilligining asoslari to‗g‗risida»gi qonun (1991 -yil 31 -avgust), «Yer
osti boyliklari to‗g‗risida» gi (1993) va boshqa tarixiy ahamiyatga ega bo‗lgan
qonunlar qabul qilindi. Qonunlar qabul qilinishi natijasida mamlakat hududida
joylashgan energetika tizimi, tabiiy va mineral resurslar, yaratilgan ishlab chiqarish
quvvati O‗zbekiston xalqining ajralmas, mutloq mulkiga aylandi. Energetika sohasi
asosiy qonunimiz bo‗lmish Konstitutsiyamizda ham o‗z aksini topdi va qonuniy
asosga ega bo‗ldi. Konstitutsiya XII bobining 53-55- moddalarida bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negizlari huquqiy jihatdan asoslab
berildi. Konstitutsiyaning 55-moddasida aytilishicha, yer, yer osti boyliklari, suv,
o‗simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir,
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. 11 O‗zbekistonda
energetika tizimi huquqiy asoslari yaratilishi ana shu tarzda boshlandi va bu sohadagi
ishlarning jadal rivojlanishiga sharoit yaratdi. Huquqiy asoslarning yaratilishi bilan
jadal ishlar amalga oshirildi. Avvalo, O‗zbekiston hududidagi barcha energetika
tizimi korxonalari Sobiq Ittifoq qo‗lidan olinib, O‗zbekiston mulkiga aylantirildi,
ulardagi ishlarni boshqarish to‗liq mahalliy boshqaruvga bo‗ysundirildi. Keyin esa
ancha eskirgan, qoloqlashgan asbob - uskunalar almashtirilib, o‗rniga zamon talabiga
javob beradigan asbob –uskunalar va texnologiyalar o‗rnatildi hamda va buning
natijasida korxonalardagi ishlar tezlashdi. Energetika tizimidagi o‗zgarishlar boshqa
chet el davlatlari bilan o‗zaro samarali hamkorligida ham yaqqol ko‗rindi.
O‗zbekiston hududidagi ko‗pgina elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarda
ishlar asosan, chet el davlatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi yo‗lga qo‗yildi.
Bunda hozirgi zamon talablariga javob beradigan asbob - uskunalarning o‗rnatilishi
energetika tizimi faoliyatini yanada sifatli va foydali qildi. Chet el davlatlarining
O‗zbekistonga o‗z sarmoyalarini kiritishga intilayotganligiga ham asos mavjud.
Chunki investorlar va ular kiritgan investitsiyalarning huquqiy asoslari yaratildi,
qonunlar qabul qilindi va investorlarning huquqlari himoya qilindi. Bundan tashqari
ular uchun qulay sharoitlar yaratildi. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni
keng jalb qilishni taminlaydigan, xorijiy investorlarning manfaat va huquqlarini
himoya qilishga ishonchli kafolat yaratadigan qonunlarning qabul qilinishi alohida
ahamiyatga ega bo‗ldi. 1997 yil 25 aprelda milliy energetika resurslari saqlanishini,
energiyadan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni
ta‘minlaydigan umumiy huquqiy asoslarni shakllantirish maqsadida «Energiyadan
oqilona foydalanish to‗g‗risida» O‗zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi .
Ushbu Qonunda energiyadan oqilona foydalanishning davlat boshqaruvi asoslari,
energiyadan oqilona foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari va boshqa jihatlar o‗z
aksini topgan edi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi soha taraqqiyotida muhim
ahamiyatga ega bo‗ldi. Bundan tashqari, energetika sohasida bozor islohotlarini
chuqurlashtirish, energetika tarmoqlari korxonalarini boshqarishni takomillashtirish
va ularning ish samaradorligini oshirish hamda shu asosda mamlakat energetika
tizimining barqaror ishlashini ta‘minlash, iqtisodiyot va aholining elektr energiyasiga
bo‗lgan Ma‘lumki, hozirgi kunda respublikamizda sanoat korxonalarining energiya
samaradorligini oshirish, ularda tejamkor texnologiyalarni qo‗llash va qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini tatbiq etish borasida ulkan ishlar amalga
oshirilmoqda. Ammo, mustaqillikka erishgunimizga qadar elektr quvvatlari
yetishmasligi tufayli respublikamizga 1500 MVt.gacha elektr energiyasini chetdan
qabul qilishga to‗g‗ri kelgan. Oqibatda butun energetika tizimi qo‗shni davlatlar GES
kaskadlari ish rejimiga bog‗lanib qolgan edi. Istiqlol yillarida energetika
mustaqilligiga erishishga mamlakat ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotining muhim omili
sifatida jiddiy e‘tibor qaratila boshlandi. Soha xodimlari oldiga ishlab chiqarishga
yuqori samarali hamda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish orqali elektr
energiyasini hosil qilish, uzatish va taqsimlash xarajatlarini kamaytirish,
iste‘molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta‘minlash bo‗yicha ko‗plab vazifalar
qo‗yildi. Shundan kelib chiqib, tarmoqda keng ko‗lamli modernizatsiyalash, texnik
hamda texnologik yangilash, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
rivojlantirishga yo‗naltirilgan istiqbolli loyiha va dasturlar amalga oshirila boshlandi
20 . Jahon iqtisodiyotida energiyaga bo‗lgan talabning yil sayin ortib borayotgani,
ayni paytda an‘anaviy uglevodorod xom ashyosi bo‗lmish neft hamda gazning yangi
manbalarini o‗zlashtirish tobora qiyinlashib borayotgani ham muqobil energiya
manbalaridan foydalanishning ahamiyatini bir necha bor kuchaytirib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: