II. Uyga vazifani so‟rash
Uyga vazifani so‟rashda o‟quvchilarga quyidagi savollar orqali murojaat
qilinadi:
1)
Oybek faoliyati haqida gapiring
2)
“Qutlug‟ qon” romaning g‟oyaviy-badiiy mazmuni qanday?
3) roman janri qachon paydo bo„lgan ?
4) Mirzakarimboy shaxsiyati haqida nimalarni bilasiz
III.
Yangi mavzu bayoni:
Qozog„iston viloyatining Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog„ida
dunyoga kelgan, bir qator asarlari bilan nafaqat o„zbek kitobxonlari, qolaversa
dunyo nazariga tushgan ajoyib yozuvchimiz Odil Yoqubovdir. Odil Yoqubovning
ilk asari “Tengdoshlar” qissasidir. Dramatik asarlari: “Aytsam tilim kuyadi,
Aytmasam dilim”, “Olma gullaganda”, “Yurak yonmog„i kerak”, “Chin
muhabbat”. Romanlari: “Er boshiga ish tushsa”. “Ulug„bek xazinasi”, “Diyonat”,
“Ko„hna dunyo”, “Oq qushlar, oppoq qushlar”.
Qissalari: “Billur qandillar”, “Muqaddas”, “Bir fel‟eton qissasi”, “Tilla uzuk”,
“Qanot juft bo„ladi”, “Izlayman”, “Larza” kabi bir qator nasriy asarlar muallifidir.
Roman (fransuzcha “bayon qilish”) inson hayotini muayyan badiiy makon va
zamonda butun murakkabligi bilan, jamiyat va tabiat bilan aloqadorlikda har
tomonlama to„liq tasvirlashga ko„p planli syujetga ega bo„lgan epik asar.
Roman janri markazida inson obrazi turadi. Bosh qahramon taqdiri, uning
jamiyatda tutgan mavqei bilan har doim ham mutanosib bo„lavermaydi. O„zbek
adabiyotida realistik romanchilik maktabiga asos solgan adib Abdulla Qodiriydir.
Keyinchalik S.Ayniy, Cho„lpon, A.Qahhor, Oybek kabi adiblar romanning janr
sifatida to„la shakllanishini ta‟minlaganlar.
Mavzu yo„nalishiga ko„ra romanlar tarixiy, falsafiy, siyosiy, maishiy, biografik,
fantastik, detektiv kabi xillarga bo„linadi Odil Yoqubovning ”Ulug„bek xazinasi”
mavzu yo„nalishiga ko„ra tarixiy roman hisoblanadi.
Tarixiy romanning yetuk ko„rinishi hisoblangan ”Ulug„bek xazinasi” asari
Temuriylar davrida, xususan Mirzo Ulug„bek davri, hayoti, jamiyatdagi
adolatsizliklar, ko„ngilsizliklar badiiy yo„sinda g„oyat mahorat bilan tasvirlangan.
Asarda ilm rahnamolari sifatida Mirzo Ulug„bek, Ali Qushchi, Qalandar
Qarnoqiylar tilga olinsa, bevosita tarix uchun hech narsadan voz kechmaydigan,
mamlakat taqdiri bilan umuman qiziqmaydigan personajlar sifatida Abdullatif,
Xoja Salohiddin zargar, Mironshoh, Sultonjon kabilarni aytib o„tish mumkin.
Asarda hech bir ish jazosiz qolmasligi va ota qotili “padarkush” taqdiri ham yoritib
berilgan. “Padarkush” Abdulatif Mirzoning Nizomiy Ganjaviy kitobidagi taqdiri:
”Padarkush”, toju taxt olti oy...” aynan asarning tarbiyaviy, ta‟limiy qimmatini
oshirgan. Ruhiyat tahlili ham asarda juda mohirona tasvirlangan. Yozuvchi
o„tmishda nima bo„lganini aytibgina qolmaydi, balki o„tmishdagi yovuzlikni sodir
etganlar yoki undan jabr ko„rganlar qanday sezimlarni kechirganliklarini, qanday
ruhiy holatga tushganliklarini ham ishonarli qilib ko„rsatib beradi. Asarda voqealar
eskirgan, lekin qahramonlarning ruhiy holatlari hech qachon eskirmaydi. Ularning
haqqoniy tasviri barcha davrlarda kishilarga ta‟sir qilaveradi. Shuning uchun ham,
bu roman hech qachon adabiyot marvaridlari qatoridan tushmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: