Elastik lenta “gofre”-
markazida gofre effekti hosil qilib viskoza
shoyidan to`qiladi. Gofre effektini lenta chetlaridan o`tadigan rezina
tolalar hosil qiladi. Ich kiyimlar va plavkalar belbog`i uchun
ishlatiladi; eni 7- 15 mm
Mag`iz bop lenta –
paxta tolasi yoki yarim jun toladan sarja va
soxta reps o`rilishlarda to`qilib, oqartirilgan va sidirg`i bo`yalgan
lenta; choklarni mag`izlash uchun ishlatiladi. Eni 13 va 16 metr.
Bezak lentalar:
Ich kiyimlik beyka –
ip gazlamaga rangli veskoza iplardan
jakkard gullar tushirilgan lenta; bolalar kiyimlari uchun ishlatiladi; eni
9; 10 va 15 mm .
Bezak lenta –
paxta tolasi, veskoza, sintetik yoki shtapel
tolalaridan qilingan rangli aynimaydigan kalava ipdan har xil mayda
gulli va yirik gulli o`rilishlarda to`qiladi, profillangan tolalar yoki
metal iplar qo`shib ham to`qiladi; eni 14-80 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |