Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

 
 
Turli buyumlarni to`qish 
Tugunli to`qish naqsh turiga va to`qilish zichligiga qarab zich va 
to`rsimon bo`ladi. To`rsimon to`qilgan tasmalarni kiyimlarda, sochiq, 
dasturxon va salfetkalarda bezak sifatida ishlatish mumkin. 
Makrame  bilan  bezatilgan  buyumning  tayyorlanish  bosqichlari 
quyidagicha: 

 
model eskizini chizish; 

 
material va rangni tanlash; 

 
to`r nusxasini ishlab chiqish, eskizini tayyorlash; 

 
nusxa bo`yicha tanlangan material (ip)da sinab ko`rish; 

 
bezak detallarini tabiiy kattalikda andozasini tayyorlash; 

 
ipni ishga tayyorlash (bo`yash, uzunligini hisoblash); 

 
ishni boshlash. 
2.70-chizmada  yubka  modellarining  makrame  bilan  bezatilgan 
eskizlari  berilgan.  Yubkaning  cho`ntak  listochkasini  va  belbog`ini 
yaxshi  buralgan  zig`ir  iplarida  to`qib  bezash  mumkin.  Buning  uchun 
mayda tugunli naqshlardan foydalanish yaxshi natija beradi. 
Etagiga kengaygan yubkalar klin(bo`lak)larining o`rniga shaxmat 
nusxa tartibida to`qilgan bezak qo`yib tikish mumkin. 
Yubkaning  etak  qismda  ko`ngdalangiga  yoki  burchak  ostida 
choki  orasiga  solib  tikilgan  to`rsimon  naqsh  bilan  bezash  ham 
yubkaning tashqi ko`rinishini yaxshilaydi. 


~ 184 ~ 
 
 
2.70-chizma 
 
Xatcho`p tayyorlash. 1-usul: ushbu usulda (2.71-chizma) har biri 
150  sm  uzunlikdagi  o`rtacha  qalinlikdagi  6  ta  ipdan  foydalanilgan. 
Iplarni  ikkiga  bukiladi  va  chizg`ichga  mahkamlanadi.  Keyin 
gorizontal  tugunchalar  bilan  bitta  qator  to`qiladi  va  barcha  iplarni 
ikkiga ajratiladi. Ish - diagonal tugunlar bilan davom ettiriladi. Avval 
markaziy iplarda beshta ip bilan, keyin to`rtta ip bilan diagonal tugun 
to`qiladi va shu tartibda davom ettiriladi. 
5-qator  (tugunchalar  o`rami  kamayib  borgan  tarzda)  diagonal 
tugunchalar  hosil  qilinganidan  so`ng  o`rtasida  1  ta  tekis  tuguncha 
to`qiladi  va  barchasini  boshidan  takrorlab  ishni  davom  ettiriladi. 
Buyumning  uzunligi  taxminan  20  sm  ga  yetganda  oxirida  bitta 
gorizontal  tuguncha  hosil  qilinadi,  chizg`ichni  olib  qo`yiladi  va 
uchlaridagi kokillari tekislab qirqiladi. 


~ 185 ~ 
 
 
2.71-chizma                    2.72-chizma 
 
2-usul:  ushbu  usulda  3  xildagi  tugunchalardan  foydalaniladi: 
diagonal  tugunchalar,  tekis  tugunchalar  va  piko  tarzida  bajarilgan 
tugunchalar  (2.72-chizma).  8  ta  ipni  ikki  buklanadi  va  chizg`ichga 
mahkamlanadi. 
Ipning  qalinligi  taxminan  paxta  ipi  0-raqamli  ipi  qalinligiga  mos 
keladi. 
Ishni  uchta  gorizontal  tugunchalarni  diagonal  holatda  hosil  qilib, 
chetidan  markazga  qarab  boshlanadi.  Har  bir  tomonida  chetidagi  ip 
bilan  keyingi  ikki  ipda  piko  bilan  6  ta  ikkitalik  tugunchalar  hosil 
qilinadi.  Ikkita  tugunchali  iplarni  yarim  aylana  shakliga  keltirilib 
bukiladi  va  to`g`nog`ich  bilan  mahkamlanadi:  markazdan  ikki 
tomonga  3  ta  diagonal  tugunchalar  to`qiladi.  Sakkizta  o`rtadagi 
iplarda  shaxmat  tartibida  4  ta  tekis  tugunchalar  hosil  qilinadi  va 
barchasini  boshidan  takrorlab  ishni  davom  ettiriladi.  Buyumning  ikki 
uchini bir xil kokillar bilan bezatiladi. 
Gultuvak solib qo`yiladigan bezakli vaza (kashpo) (2.75-chizma). 
Bunga  6  m  uzunlikdagi  8  ta,  0,3  m  uzunlikdagi  2  ta  zig`ir  tolali 
bog`ich kerak bo`ladi. 
Bu  8  ta  bog`ichlarning  barchasidan  birgalikda  18  sm  uzunlikda 
tekis  tugun  to`qiladi  va  uni  ikkiga  bukib  halqa  hosil  qilinib,  bu 
bog`ichlarning hammasini 0,3 m uzunlikdagi ip bilan mahkamlanadi. 


~ 186 ~ 
 
So`ngra iplarni 4 ta guruhga 4 tadan bo`linadi. Har bir bo`lakda 4 
ta ipdan foydalanib, 41 sm uzunlikda tekis tugun yoki buralgan tugun 
bilan tutqichlar to`qiladi. 
Tutqichlarning  har  birini  ikkiga  bo`lib,  12  sm  uzunlikda  2  tadan 
zigzag  bog`ich  to`qiladi  (2.74-chizma).  Bu  bog`ichlar  shaxmat 
tartibida bir-biri bilan tekis tugun qilib birlashtiriladi. 
Har  bir  tekis  tugundan  10  tadan  kvadrat  tugunlar  to`qilib, 
gultuvak  sig`adigan  holatga  kelganda  hamma  iplarni  ikkinchi  0,3  m 
uzunlikdagi ip bilan mahkamlanadi. 
Har  bir  ipning  oxirini  «kapusin»  tuguni  bilan  yakunlash  kerak. 
Quyida turli xil buyumlarning namunalari keltirilgan. 
 
 
2.73-chizma. Iplar yordamida to`qilgan kamarlar 
 
 
 
2.74-chizma                                                2.75-chizma 


~ 187 ~ 
 
 
2.76-chizma: Kulon                     2.77-chizma: Panno 
 
 
2.78-chizma: Panno 


~ 188 ~ 
 
 
2.79-chizma: Panno 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish