Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

                
 
2.35-chizma 


~ 162 ~ 
 
Kiyimlarning oldi va orqa bo`laklari uchun aylana burmalar 2.35-
chizmada  (b,d)  ko`rsatilgandek  chiziladi.  Yumaloq  shakldagi  aylana 
burma  uchun  ikkita  doira  bichib  olinadi,  ular  bo`ylama  ip  bo`ylab 
qirqiladi,  2.35-  chizma(a)dagidek  biriktirib  tikiladi.  Bu  aylana  burma 
qo`sh  qavat  bo`lishi  ham  mumkin.  Buning  uchun  ostki  doira  ustki 
doiradan 2 sm ga kichikroq bo`lib, ikkita aylana qirqib olinadi. Aylana 
burmaning  tashqi  qirqimiga  ishlov  berish  xuddi  ikki  tomonlama 
qo`yma burmani tikishdagidek bajariladi. 
Tugmalar nafaqat  taqilma sifatida, bezak sifatida ham  ishlatiladi. 
Tugmalarni  tanlashda  gazlama  rangiga  mos  yoki  kontrast  rangda 
bo`lishiga  e‘tibor  berish  kerak.  Juda  ko`p  hollarda  tugmacha  ustiga 
gazlama  bo`lagi  qoplanadi  (2.36-chizma).  Buning  uchun  tugmacha 
diametridan  1,5  baravar  katta  gazlama  bo`lagi  olinadi.  Tugmachani 
shu bo`lak o`rtasiga qo`yib, chetlarini chiroyli qilib buklab tikiladi. 
 
2.36-chizma 
Gazlamaning  o`zidan  ham  tugmacha  yasash  mumkin.  Buning 
uchun  6-7  sm  diametrda  gazlama  kesib  olinadi.  Shu  kesib  olingan 
bo`lakning  chetini  ignada  qo`l  chokida  mayda  qaviq  bilan  tikiladi. 
Oxirida  iplar  bir  joyga  tortib  yig`iladi  va  tugmachaning  asosi  hosil 
qilinadi.  Hosil  bo`lgan  bo`shliq  ichidan  ignani  tashqariga  o`tkazib, 
yana  ichkariga  tortiladi  va  bu  ish  tugmacha  tayyor  holga  kelguncha 
takrorlanadi (2.37-chizma). 
 
      
 
2.37-chizma 


~ 163 ~ 
 
Tikuvchilik  buyumlarini  bezatishda  gazlama  qoldiqlaridan  turli-
tuman  bezaklar  tayyorlash  mumkin.  Bulardan  eng  ko`p  tarqalgani  - 
tasmalardan  shifon  gazlama  qoldiqlaridan,  lentalardan  va  boshqa 
gazlama qoldiqlaridan gullar tayyorlash jarayoni bilan quyida tanishib 
chiqiladi. 
Yaxlit gazlamadan gul tayyorlash uchun 10-11 sm kenglikda, 25-
30  sm  uzunlikda  gazlama  bo`lagi  olinib  uzunasiga  ikkiga  bukiladi. 
So`ngra  gazlamani  bir  tomoni  burchakdan,  ikkinchi  tomoni  2-3  sm 
masofa  qoldirib  qiyalatib  kesiladi.  Ochiq  qirqimlari  ikki  qavatligicha 
yirik  baxyaqator  bilan  tikiladi.  Ingichka  tomonidan  boshlab 
gazlamadan  o`ramalar  hosil  qilib  o`rab  chiqiladi.  O‗rab  olingan 
gazlama  bitta  nuqtaga  tikib  birlashtiriladi.  Gulning  yuqori  tomoni 
buklangan holatda bo`ladi. 
Ipni  uzmasdan  turib,  kiyimning  belgilangan  joyiga  chatiladi. 
Lentadan,  tasmalardan  gul  tayyorlash  (2.38-chizma).  Lenta,  tasma 
kengligi  diagonallari  bo`ylab  yirik  baxyaqator  yuritiladi.  Diagonal 
burchaklari  oralig`i  lenta,  tasma  kengligiga  teng  bo`lishi  kerak. 
Masalan,  2  sm  li  lenta  bo`lsa,  diagonal  chiziqlari  o`rtasidagi 
burchaklar ham 2 sm bo`lishi kerak. 
 
 
 
2.38-chizma 
 
Gazlama qoldiqlaridan atirgul tayyorlash (2.39- chizma). 
Gazlama qoldiqlaridan 5, 6, 7, 8, 9, 10 sm li kvadratchalar kesib 
olinadi.  Bu  kvadratchalar  diagonaliga  ikkiga  buklanadi,  ochiq 
qirqimlari mayda qaviqlar bilan tikib yig`iladi.  


~ 164 ~ 
 
 
 
2.39-chizma 
Gulni  yig`ishda  eng  kichik  kvadratchadan  boshlab  kattasi  tomon 
bitta  to`pga  yig`iladi.  Gul  yaproqlari  yig`ib  bo`lingach,  barglariga 
o`tiladi. Barglarni bichish uchun 6 yoki 8 sm li kvadratchalar 2-3 dona 
bichiladi. Barg donalari ham diagonaliga buklanib, yana 2-3 marta shu 
tartibda buklanadi. 
 
 
Ochiq  qolgan  qirqimi  mayda  qaviqlar  bilan  tikilib,  gulga 
biriktiriladi. 
 
2.40-chizma: Gul tagidagi qaviqlarni berkitish uchun taglik tikiladi 
 
Lentalardan  kichik  atirgul  tayyorlash.  Bu  gulni  tayyorlash  uchun 
bezak  lentalardan  foydalaniladi.  Lenta  kengligi  2-5  sm  bo`lishi 
mumkin. Lenta uzunligi esa gulning katta-kichikligiga qarab ixtiyoriy 
olinadi.  Kichikroq  gul  uchun  2  m,  kattarog`i  uchun  5  m  uzunlikdagi 
lentalar  olinadi.  Lenta  o`rtasidan  2 ga  buklanadi.  Bunda  lenta  uchlari 
bir-biriga nisbatan 90° da turishi kerak (2.41- chizma). 


~ 165 ~ 
 
Lentadan  tayyorlanadigan  gulni  qo`lga  o`rab 
ham  bajarish  mumkin.  Buning  uchun  2  m 
uzunlikdagi  lentani  olib  3  ta  yoki  4  ta  barmoqlar 
atrofida o`raladi (2.42-chizma, a). O`ralgan to`plamni 
barmoqlardan  yechib  olinadi  va  juda  ehtiyotkorlik 
bilan lentaning oxiri bog`lanadi (2.42 - chizma, b). 
So`ng  birinchi  barmoq  tagidagi  lenta  uning  ustiga  tushiriladi 
(2.42-chizma,  b).  Birinchi  buklangan  lenta  ikkinchi  buklangan 
lentaning ustiga gorizontal tushadi. Birinchi lenta ikkinchi lenta ustiga 
yana  orqadan  o`tadi  (2.42-chizma,  d).  Shu  tariqa  bir-birining  ustiga 
(qo`shuv)  belgisi  usulida  ketma-ket  tushirib  taxlanadi.  Taxlash 
tugagandan  so`ng  lentaning  bir  uchi  pastga  tortiladi  va  hosil  bo`lgan 
gul  qaviqlar  bilan  mahkamlab  qo`yiladi  (2.42-chizma,  e).  Ipni 
uzmasdan turib, kiyimning belgilangan joyiga chatiladi. 
 
    
 
 
2.41-chizma                             2.42-chizma 
 
So`ngra  bog`langan  qismini  o`zimizdan  nariga  qilib,  lenta 
o`ramlarini  birin-ketin  o`ng  hamda  chap  tomonga  ochiladi.  Shunday 
qilib  gul  yaproqlari  hosil  bo`ladi.  Tayyor  gulni  kerakli  joyga  tikib 
qo`yiladi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish