5-LABORATORIYA ISHI
APPLIKATSIYA TEXNIKASI
Ishning maqsadi:
Applikatsiya tikish texnikasini o`rganish.
Kerakli jihozlar:
mato, gardish, qaychi, ip, igna, mato
bo`laklarining har xil turlari va hokazo.
Applikatsiya texnikasi haqida nazariy ma‟lumotlar
1.
Gazlama qoldiqlaridan applikatsiya tayyorlash.
2.
Applikatsiya
tikishda
foydalaniladigan
chok
turlari.
Kiyimlarni applikatsiya bilan bezash.
Applikatsiya - lotincha so`z bo`lib, yopishtirish degan ma‘noni
anglatadi, ya
‘
ni bir material turini ikkinchisining ustiga qo`yib tikish
yoki yopishtirishdir. Bunda biror ko`rinishda (syujet, o`simliklar,
hayvonlar, geometrik shakllar va hokazo) ishlatiladigan materiallar
xususiyatidan kelib chiqib, uni asosiy materialda tikish yoki
yopishtirish mumkin.
Applikatsiya kuyimlarni, turli buyumlarni va xona jihozlarini
bezashda, ko`rgazma materiallarni tayyorlashda qo`llaniladigan
qadimiy amaliy san‘at turlaridan hisoblanadi. Applikatsiyada kiyim
kechak va ro`zg`or buyumlarini bezash uchun gazlama, drap, charm,
mo`yna parchalaridan foydalaniladi, ya‘ni ularni bezak bo`yicha
asosiy gazlamaga qoplab, turli choklar: tekis chok, petlya chok, popop
chok va hokazolar bilah chatib qo`yiladi. Gazlamalarning turli –
tumanligi, ularning rangi fakturasi qiziqarli va antiqa pannolar
yaratishga yordam beradi. Applikatsiya bilan tikilgan buyumlar
~ 135 ~
alohida dekorativ xarakterda bo`lib, zamonaviy inter‘yerga juda mos
tushadi.
Applikatsiya ishlarini mashinada yoki qo`lda bajarish mumkin.
Qo`lda applikatsiya ishlarini bajarish uchun juda oddiy asboblar kerak
bo`ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr lentasi, gardish,
bundan tashqari, millimetrlardan qog`oz, kalka, ko`chirish rangli
qog`oz.
Applikatsiyani bajarishda turli xil rangdagi va sifatdagi iplardan,
ya`ni 40 va 50-raqamli g`altak iplardan tortib, jun va mulina
iplarigacha foydalaniladi. Bunday ip turlaridan ko`p miqdorda to`plab
qo`ygan ma`qul. Chunki bajarilayotgan bitta applikatsiya uchun bir
necha xil rangdagi ipdan bir vaqtning o`zida kerak bo`lishi mumkin.
Shuningdek, applikatsiyani tikish jarayonida 2-3 xil o`lchamdagi
o`tkir qaychilar, yupqa gazlamalar va qiyqimlarni bichish uchun, og`ir
qaychilar esa qalin va zich gazlamalarini bichish uchun kerak bo`ladi.
Applikatsiyani yupqa chit, satin, shoyi va boshqa gazlamalardan
tikishdan oldin gazlamalarni kraxmallab, yaxshilab dazmollanadi.
Gazlamani kraxmallash quyidagicha bajariladi.
Bir osh qoshiqdagi kraxmalni uncha ko`p bo`lmagan sovuq suvda
eritiladi. Hosil qilingan massaga bir litr qaynagan suv asta-sekin
qo`shiladi, bundan massa bir tekis bo`tqa (yelim) shakliga kelishi
kerak. Olingan yelim tiniq, shaffof va yopishqoq bo`lishi kerak.
Agarda yelim loyqa va yopishqoq bo`lsa, bo`tqа (yelim)ni 3 daqiqa
davomida past olovda qaynatish zarur.
Shundan so`ng yelimni oz miqdordagi sovuq suvga qo`shib
aralashtiriladi va unga kraxmallanadigan hamda oldindan yulib
olingan gazlama bo`lagi ham solinadi. Gazlama siqiladi va quritiladi.
qurigan gazlamani bir oz namlab dazmollash kerak. Kraxmallangan
gazlamalar baland bo`lmagan haroratda dazmollangani ma`qul.
Applikatsiyaning alohida predmetli, butun bir mavzuli va
dekorativ naqshli turlari bo`ladi. Predmetli applikatsiyada bironta
hayvon, gul, qush, barg, uy, mashina va hokazo kabi narsalar
tasvirlansa, mavzuli applikatsiyada ma`lum bir sharoit, ya`ni joy-
bayram ko`rinishi, tabiat manzarasi tasvirlanadi. Dekorativ naqshli
applikatsiya xayoliy, noan`anaviy shakllardan iborat bo`ladi.
Applikatsiyalar oddiy va murakkab turlarga bo`linadi. Shuningdek,
applikatsiyani bajarishda bir xildagi necha turdagi gazlama
bo`laklaridan foydalanish mumkin.
~ 136 ~
Ko`chirish rangli qog`ozi yordamida butun bezak asosiy
gazlamaga, uning detallari esa tayyorlangan gazlama parchasiga
tushiriladi. Bezak detallarni qirqib olinib, detallarning chetki
qirqimlari bo`ylab asosiy gazlamaga shu gazlama rangidagi mulina
yoki oddiy ipda igna oldinlatilgan chok hamda mayda qaviq bilan
ilintirib ko`klab chiqiladi. Bunda detallardagi gazlama ipining
yo`nalishi asosiy gazlama ipining yo`nalishiga to`g`ri kelishiga
ahamiyat beriladi. Keyin bu detallar chetini igna oldinlatilgan chok
qaviqlarini yopib turadigan qilib, asosiy gazlamaga tekis chok
qaviqlari petlya chok yoki popop chok bilan tikib chiqiladi.
Gazlama parchalaridan kvadrat, to`g`ri to`rtburchak, doira, yarim
doira shaklida qirqib olib, petlya choк bilan tikib, poyandoz bilan
yostig`iga jild, yopinchiq, sumka va boshqa buyumlar yasash mumkin.
Bu usulda kalta kelib qolgan yubka yoki ko`ylakni bezab uzaytirsa
ham bo`ladi. Bunday buyumlarni tikish uchun eskirgan pal'to yoki
kostyum gazlamalarini ishlatish ham mumkin. Applikatsiya ishlarini
qo`lda yoki mashinada bajarish mumkin. Qo`lda bajarilganda bezak
detallarni bichish jarayonida hech qanday chok haqlar qoldirilmaydi.
Chunki bezak detalining chetki qirqimlari bo`ylab turli choklarda
asosiy gazlamaga yopishtirib tikiladi.
Gulli applikatsiya
~ 137 ~
Bir dona gulning teng miqdordagi bo`lg`usi gulbarglarni yasash
uchun siz matodan bir nechta doirachalarni kesib olishingiz kerak
bo`ladi.
Agar siz foydalanayotgan mato sochilib ketaversa yaxshisi uning
chetlarini qayta ishlash kerak.
Har bir aylanani 4 ga bo`lib yoy shakli hosil bo`lgach, igna va ip
yordamida tikib chiqamiz.
1-
gulbargni shu tarzda hosil qilib, ishni 2-gulbarg bilan davom
ettiramiz.
Ammo gulbarglarni hozircha ipga tizmay turing.
Gulning o`rtasida yopish kerak bo`lgan teshik hosil bo`ladi. Bu
yerga tugma katta munchoq, ortgan mato bilan o`ralgan karton,
popukcha, feliting texnikasi asosida yoki paxta bo`lagi yordamida
matoga o`rab tayyorlangan sharcha tikib qo`yish mumkin.
~ 138 ~
Barglarni yashil matodan yasash maqsadga muvofiq bo`ladi. Shu
bilan gulni o`rnatish kerak, xolos. Mana shu tarzda g`oya hayotda o`z
aksini topadi.
Siz gul yasash usulini tushunib olib, o`zingiz istaganingizcha
matodan yasaladigan gullarni ixtiro qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |