O‘zbek shevalarini tasnif qilishda bir qator olimlar qatnashgan. O‘zbek
shevalarini professor I.I.Zarubin ham tasnif qilishga harakat qilgan va uning Xiva,
Farg‘ona, Toshkent va Samarqand-Buxoro kabi to‘rt guruhga bo‘linishini
ta’kidlaydi, lekin «j»lovchi va shimoliy o‘zbek shevalari uning e’tiboridan chetda
qoladi.
O‘zbek dialektologlari. o‘zbek shevalarining o‘rganilishi va tasnif
qilinishida jahon ahamiyatiga molik bo‘lgan professor Ye.D.Polivanov,
mashhur professorlar K.K.Yudaxin, G‘ozi Olim, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov
kabi olimlarning buyuk xizmatlari bor. Bu olimlar rahbarligida mahalliy o‘zbek
olimlari yetishib chiqdi
Do'stlaringiz bilan baham: |