Asosiy vosita resurslari ishlab chiqarishning birinchi omili hisoblanib, unga
turli inshootlar, jihozlar kiradi, ulardan mehnat faoliyati orqali foydalaniladi.
Asosiy vosita
elementlari tasnifi mutaxassislar tomonidan quyidagicha
belgilangan:
asosiy binolar: оtellar, bar, restoran, klub va b.;
yordamchi binolar: garaj, isitish tizimi va b.;
inshoat va qurilmalar: yo‘llar, turistik po‘ezdlar, sport maydonlari va b.;
kommunikatsiya qurilmalari: elektroo‘tkazgichlar, quvurlar va b.;
64
mashina va jihozlar: transformator, kompyuter va b.
transport vositalari: yengil avtomobil, avtobus va b.