Tovarlarni tadqiq qilish
– tovarlarni tadqiq qilishda eng muhimi, iste’molchi
nimani olishni xohlaydi, tovarlarning qandaylari iste’molchi talabini qondiradi va
h.k. savollarga javob topish kerak bo‘ladi. Tadqiqotlar ob’ekti firma ishlab
chiqargan tovarlarga o‘xshashlari (analoglari) hisoblanadi. Bu tovarlarni
solishtirish, taqqoslash natijasida kamchiliklar aniqlanadi va tuzatiladi.
Baholarni tadqiq qilish
– kam harajat qilib ko‘p daromad olish tamoyiliga
asoslanadi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning ob’ekti harajatlar hisoblanadi.
Tadqiqotlarda iste’molchilarning baholarga munosabati, o‘xshash tovarlarning
baholari, baholar o‘zgarishga iste’molchilarning munosabatlari, harajat-baho, baho-
daromad qonuniyatlari to‘liq o‘rganilib tahlil qilinadi, kelgusi tadbirlar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |