16-
mavzu.
TURIZM XIZMATLARIDA MENEJMENT TIZIMINING
SAMARADORLIGI
Reja:
16.1. O‘zbekistonda turizm majmuasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi
16.2. Turizm menejmentining samaradorligi
16.1. O‘zbekistonda turizm majmuasini boshqarishning
tashkiliy tuzilmasi
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon turizm tashkiloti
tamonidan belgilagan me’yoriy qonunlar asosida o‘zining turizm menejmentini
tashkil qilmoqda. Bu o‘rinda xalqaro turizm menejmenti tarkibini keltirish lozim
bo‘ladi. Nufuzli boshqaruvga ega bo‘lgan xalqaro turizm tashkilotlari
quyidagilardan iborat:
1.
Butunjahon turizm tashkiloti (World Tourism Organization, WTO) –
1975 yilda tuzilgan. Bu tashkilot xalqaro turizm menejmentida BMT tizimidagi eng
obro‘li tashkilot hisoblanadi.
2.
Butunjahon turistik agentliklarning federatsiyasi – 1963-yilda tuzilgan.
3.
Fuqarolarning butunjahon aviatsiyasi tashkiloti –1944-yilda tashkil
qilingan. 180 ta davlat a’zo. Butunjahon havo transporti assotsiatsiyasi –1944- yilda
tuzilgan.
4.
Butunjahon kasbiy ishchanlik turizmi assotsiatsiyasi - 1974- yilda tashkil
qilingan.
5.
Koorparativ sayohatlarni tashkil qilish bo‘yicha mutaxassislar
assotsiatsiyasi. Bu tashkilotda 29 ta davlatdan 2400 mutaxassis ishlaydi.
6.
Butunjahon turistik assotsiatsiyalar ligasi – 1998- yilda tuzilgan.
7.
Butunjahon mehmonxonalar assotsiatsiyasi – 1946- yilda tuzilgan.
8.
Butunjahon kemping federatsiyasi – 1932- yilda tuzilgan.
218
10.Turizm bo‘yicha butunjahon ilmiy ekspertlar assotsiatsiyasi – 1951-yilda
tuzilgan.
11.
Butunjahon ijtimoiy turizm byurosi – 1963- yilda tuzilgan.
Mamlakatimizda turistik faoliyatni davlat tomonidan boshqarishda turli
tamoyillarga amal qilinadi. Davlat turistik faoliyatni O‘zbekiston iqtisodiyotining
yetakchi tarmoqlaridan biri sifatida e’tirof etib, turistik faoliyatni rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlaydi va uni amalda bajarish uchun qulay sharoitlar yaratadi;
ahamiyatli yo‘nalishlarni aniqlab, ularni rag‘batlantiradi; xorijda O‘zbekistonning
turizm uchun qulay mamlakat sifatidagi nufuzini shakllantiradi hamda uni xalqaro
maydonda reklama qiladi; shuningdek, o‘zbek turistlari, turoperatorlari va
turagentlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Turizm majmuasining boshqaruv tizimini tashkil etishning mikroiqtisodiyot
darajasida ish yuritayotgan turli mulk shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar, korxonalar
va «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining viloyatlardagi mintaqaviy bo‘limlari
va byurolari faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda 550 ta sayyohlik kompaniyasi-
turoperatorlari faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda turizm sohasida 200 mingdan
ortiq kishi mehnat qilmoqda
22
. Demak, o‘rtacha olganda har bir turistik firmada 3,6
kishi mehnat qilmoqda.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda shakllangan turizm tizimi yuz berayotgan
davlat mulki shakllari ustunligiga asoslanuvchi yuqori darajada markazlashgan
ma’muriy tizimdan mulkning turli shakllarini biriktiruvchi xo‘jalik mexanizmiga
o‘tish jarayonini aks ettiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida markazlashmagan
turistik faoliyatni amalga oshirish huquqini mulkchilik shaklidan qat’i nazar,
korxonalarga berishni taqozo qiladi. Ushbu jarayon «O‘zbekturizm» Milliy
kompaniyasi va uning viloyat mintaqaviy bo‘linma hamda hududiy sayohat va
ekskursiya byurolari tamonidan amalga oshirilmoqda.
22
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Ислом Каримовнинг БМТ Жаҳон сайёхлик ташкилоти Ижроия
кенгаши 99-сессиясининг очилиш маросимидаги нутқи. // Моҳият.2014, 3 октябрь № 40.
219
Do'stlaringiz bilan baham: |