Aydarko‘l rayonidagi
ko‘llar tizimining paydo bo‘lishi bevosita
Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi bilan bog‘likdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj
suvlarining Aydarko‘l botig‘i tomon harakatlanishi natijasida botiqdagi Tuzkon
ko‘lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko‘l ko‘llarining paydo bo‘lishiga olib
keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o‘zgarishlar Chor-dara suv omboridagi (1969 y.)
ortiqcha suvlarning tashlanishi bilan bog‘liq. Bu suvlarning to‘planishi natijasida
Arnasoy ko‘llari birlashib yagona Aydarko‘llar tizimini va undagi faunani boyitib
beruvchi "Arnasoy buyurtmaxonasi"ni tashkil etilishiga olib keldi.
Sirdaryo rayoni
Sirdaryo rayoni o‘zanidagi to‘qayzorlari bilan ajralib turadi.
Sirdaryoning ba’zi joylarida doimiy yoki mavsumiy orolchalar mavjud bo‘lib, unda
juda ko‘p qushlar yig‘iladi va manzarali ekoturistik ob’ekt bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |