Toshkent – Andijon O‘sh-Qashqar avtomobil yo‘li.
Bu yo‘l xalqaro
ahamiyatdagi yo‘l hisoblanadi. Umumiy uzunligi 940 km. O‘zbekiston (408 km),
Qirg‘iziston (272 km), Xitoy (260 km) hududlaridan o‘tadi. Yo‘lda dengiz sathidan
turlicha balandlikda bo‘lgan 6 ta dovon bor. Shundan O‘zbekistonda Qamchiq
(dengiz sathidan 2268 m) va Rezak (2254 m) dovonlarida tunellar qurilgan
.
Qirg‘iziston hududida Chayirchiq (2406), Toldiq (3645 m) va Taunmurun (3536
m) dovonlari osha o‘tiladi. Bu yo‘l qadimda Buyuk ipak yo‘lining asosiy
yo‘nalishlaridan biri hisoblangan karvon yo‘li bo‘lgan. 1960–1970-yillar oralig‘ida
yo‘ldagi transport qatnovining ortib borayotganligi hisobga olinib, yo‘lning
parametrlari (kengligi) III-IV toifaga (10-12 m) ga keltirilib, tegishli, zaruriy
qismlariga asfalt-beton yotqizilib, qayta ta’mirlangan.
11.1-rasm
.
Do'stlaringiz bilan baham: |