Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


SHUKRULLO DRAMATURGIYASIGA SHARHLAR



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

SHUKRULLO DRAMATURGIYASIGA SHARHLAR. 
«TO’YDAN KEYIN TOMOSHA» VA BOSHQALAR HAQIDA 
 
Shukrullo  dramaturgiyada  ham  yigirma  yildan buyon qalam  tebratadi. Yaqinda  yangi 
—  to’rtinchi  sahna  asari  «O’g’rini  qarochqi  urdi»  komediyasiga  nuqta  qo’ydi.  Muhimi,  u 
dramada  ham  shoirligiga  sodiq.  Asarlarida  odatda  g’oya  shoirona  ochiq  fikrlar  shalolasi 
singari  qo’yiladi,  yaxshi  va  ravon  o’qiladi.  Ko’tariladigan  mavzular  ham  avtorga  bir  umr 
orom  bermaydigan  odamiylik  bilan  razillik,  sadoqat  bilan  xiyonat,  yaxshilik  bilan  hasad, 
ayniqsa, ko’p falokatlarning bosh sababchisi — loqaydlik singari hayot ziddiyatlaridir. 
Nafs  va  shuhrat  gadolari  Shukrulloning  asosiy  yovlari.  Hamma  pyesalarida  ularga 
qarshi  qahramonlarga  qo’shilib,  avvalo,  avtorning  o’zi  kurashadiki,  personajlar  siymosida 
Shukrulloga  taalluqli  xislat  yoki  xatti-harakatlarni  ilg’ab  olish  qiyin  emas.  Shuningdek, 
Shukrullo pyesalarining hammasini bir tugunga birlashtiradigan yetakchi mavzu mavjud. U, 
odamlarni illatdan xoli qilish istagidir. 
Shukrullo tasavvuridagi olam yomonlarni sig’dirmaydi. Shuning uchun hayotda ularni 
yaxshilar qatorida ko’rgan avtor illatni undiradigan zaminni axtaradi. 
Shukrullo  pyesalarini  qunt  bilan  o’qir  ekanmiz,  ikki  nuqta,  ikki  xulosa  e’tiborimizni 
o’ziga  tortaveradi:  kasbga  nafsni  qondirish  va  shuhrat  manbayi  qabilida  yondoshish  va 
loqaydlik. Barcha falokatning bosh sababchisi shular deb uqtirmoqchi bo’ladi, avtor... 
Shukrullo  «To’ydan  keyin  tomosha»  komediyasida  turmushimizda,  xalqning  odat, 
rasm va rusmlarida uchraydigan illatlar xususida so’z yuritadi. Bu yerdagi illatlardan avtor 
mayin  tabassum  bilan  kulib,  o’quvchini  jiddiy  savolga  tutadi.  Chunki  gap  har  bir 
xonadonda  bo’ladigan  to’y  va  uni  orzu-havas  deb  tushunish  ustida  ketadi.  Komediyada 
otasiz  o’g’il  orzu-havas  ko’rish  niyatida  uni  uylantirgan  Nazirabibining  qarzga  botib, 
to’ydan  keyingi  tomoshasi  va  qo’shnisi  Chamandaxon  va  Fozilxo’jalarning  to’y  oldi 
sarguzashtlari hikoya qilinadi. Hazil-huzul bilan har bir xonadonda ming-minglab pul odat, 
rasm  va  orzu-havas  niqobi  ostida  o’rinsiz  havoga  sovirilgani  adabiyotimiz,  xususan, 
dramaturiyada  asrimizning  boshidayoq,  qalamkashlar  e’tiborini  tortgan  ediki,  shoir  o’sha 
mavzuni va o’sha rasm-rusm oqibatlarini yana takror qalamga oladi... 


 
Toshpo’lat Tursunov.
 «Odamiylik bahslari», 
«O’zbekiston san’ati» jurnali, 1981-yil, 10-son. 
 
Loqaydlik...  Bu  shunday  ofat,  shunday  baloki,  odamni  ipsiz  bog’laydi,  pichoqsiz 
so’yadi,  ovozsiz  to’pponcha  bilan  otdi,  deb  aybsiz  aybdor  qilib  qo’yadi.  Uyingizga  o’t 
tushsa,  suv  sepmay,  ko’rib  ko’rmaslikka  solib  ketadi.  «O’tni  sen  qo’yganing  yo’qmi, 
o’chiraman deb g’alvasiga sherik bo’lma. O’zingni bil, o’zga bilan ishing bo’lmasin...» 
Mana  sizga  loqaydlik  falsafasi.  Ularning  loqaydligi  zamirida  o’ta  xudbinlik  yotadi. 
Xudbinligi tufayli  ular  hamisha  hamma  masalada  faqat o’z  manfaatini ko’zlab, o’z huzur-
halovatinigina o’ylaydi. 
Hamza  nomli  O’zbek  Davlat  akademik  drama  teatrining  Shukrullo  pyesasi  asosida 
sahnalashtirgan «Tabassum o’g’rilari» spektaklida shu xildagi loqayd shaxs tipi yaratiladi. 
Diyorov  rolida  O’zbekiston  xalq  artisti  Maxsum  Yusupov  personajning  aynan  o’zi  bo’lib 
o’ynaydi.  Diyorov  loqaydlik,  xudbinlik  odatlariga  ko’ra  konflikt  rivojining  qaysi  o’rnida 
qanday  holatda  bo’lishi  kerak  bo’lsa,  artist  xuddi  o’shanday  munosabatda  ko’rinadi. 
Artistning  har  bir  xatti-harakati,  har  bir  intonatsiyasi,  mimikasida  loqayd  shaxs 
xarakterining yangi-yangi qirralari ko’rinadi. 
Abbosov  —  Respublikada  xizmat  ko’rsatgan  artist  Turg’un  Azizov  bu  loqaydlikdan 
foydalanib, o’zining mansabparastligini, shuhratparastligini ishga solib yuboradi. 
Shu  munosabat  bilan  Abbosov  va  Diyorovda  hamda  bulardagi  marazga  qarshi 
kurashchilarda  (Qosimov  —  To’ychi  Oripov,  Yorqin  —  Hojiakbar  Nurmatov,  Jalol  — 
Respublikada  xizmat  ko’rsatgan  artist  Turg’un  Xonto’rayev,  Guljahon  —  Dilorom 
Ibrohimova) yuz beradigan ruhiy kechinmalar sahnada hayotdagiday tabiiy, har bir xarakter 
xatti-harakatining o’ziga xos hosilalari sifatida ta’sirlidir. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish