Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
NODIRABEGIM 
(Amir va Nodirabegim uchrashuvi sahnasidan) 
N o d i r a b e g i m. Saltanatga nojins bir zaifaning 
 
Bunday jur’atiga hayron bo’lmassiz.  
 
Xalqi, vatanini bilgan har inson,  
 
Boshida falokat buluti turib,  
 
Mening ahvolimni anglasa lozim!  
 
Uzoq muhokama qildim albatta.  
 
Amir idrokiga, halolligiga 
 
Tayandim albatta hammadan avval.  
 
Yashirinib chiqdim, maxfiy, O’rdadan.  
 
Na O’rda biladi, na shahar buni.  
A m i r (
Miyg’ida kulib
.) 
 
Tasavvurimda ham shunday edingiz! 
N o d i r a b e g i m. Xudo xayringizni bersin, olampanoh,  
 
Hali O’ratepa, Xo’jand, Shahrisabzning — 
 
Sovigani yo’q-ku kultepalari.  
 
Toshkent, Farg’onaning, Xo’jand, Turkistonning  
 
Bir yillik xirojin bag’ishladik-ku.  
 
Xutbaga kirdi-ku nomingiz, axir.  
 
Tag’in nima kerak amirimizga?!  
A m i r. Ma’dalining boshi, sizning so’zingiz!  
 
Islom tuprog’ini oyoq osti qilgan  
 
Osiy bandalarni, gunohkorlarni,  
 
Uni makruh qilgan, haddidan oshgan,  
 
Kufr ishlar bilan mashg’ul Ma’dalining,  
 
Islom peshvolari, ulamolarning  
 
Oyog’idan osib masxara qilgan  
 
Davlat nayrangbozi, dajjol Ma’dalining  
 
Uning volidayi muhtaramasi,  
 
Movarounnahr g’azal mulkining —  
 
Sitoraligiga tengsiz da’vogar —  
 
Hokimoyimning qattiq adabini  
 
Bergani kelganman, agar bilsalar!...  
 
Endi avvalgidek yo’ldan qaytish yo’q!  
 
Bergan va’dasini, qilgan shartimizni 
 
Buzdi Buxoroga yetmasimdanoq.  
N o d i r a b e g i m. Bunga el-u yurtning nima daxli bor?  
 
Masjid, madrasalar, takya, guzarlar,  


 
San’at saroylari bo’lmoqda vayron.  
 
Tutdek to’kilmoqda xalqning mehnati.  
 
Yer-u suv, bog’-rog’, toliblar rizqi.  
 
Avvalgi suhbatga qaytaylik, amir,  
 
O’sha shart shart bo’lib qolsin, vassalom!  
A m i r. Bu yo’ldan qaytish yo’q, Nodirabegim!  
 
Ertaga kiramiz tong otardayoq.  
 
Tartib o’rnatamiz avvali oxir.  
N o d i r a b e g i m. Qadam bilan balki, qilich bilanmas...  
 
Xayri ehson emas, insof so’rab keldi  
 
Qo’qon malikasi sizdan, shahanshoh.  
 
Insof va shafqat!  
 
Nahotki, ittifoq birikkan qo’llar 
 
Qilichlar yumishin qilolmasalar?!  
A m i r. Qilich bas keladi faqat Ma’daliga!  
 
Uning tiliga ham, kallasiga ham!  
N o d i r a b e g i m. Tangri yorlaqasin, ketingiz bundan!  
 
Razil kishilarda aql bo’lmaydi.  
 
Imon ham bo’lmaydi, bu sizga ayon.  
 
Ammo siz aqlli, dono odamsiz.  
 
Haligi palidlar so’ziga kirmang.  
 
Panoh topmoqdalar sizdan xoinlar,  
 
Mal’un fitnachilar, xiyonatkorlar!  
A m i r. Movarounnahr, Nodirabegim (
istehzo bilan
).  
 
Ikki hokimlikka torlik qiladi.  
 
Ma’dali Nasrullo bosh chanog’ida 
 
Sharob sipqormoqqa qasam ichibdi.  
 
Men ham qasamni qabul qildim, ya’ni,  
 
Farg’onada shunday bo’ron tursinki,  
 
Qo’qondan qolmagay nomi nishon ham!  
 
Ana undan keyin Ma’dalixonga  
 
Na chanoq, na sharob kerak bo’ladi!  
N o d i r a b e g i m. Jahl-jaholatga salavot, amir!  
 
Mamlakatimiz busiz ham notinch.  
 
Ingliz Afg’onda o’rnashib oldi.  
 
O’rinburx yo’qotdi halovatini.  
 
Sakkiz yilda tuqqan lashkarboshingiz  
 
Biznikiga o’xshab qarqunoq chiqdi.  
 
Buxoro bu tahlid, Qo’qon bu tahlid,  
 
Xiva — biyobonda adashgan qo’zi.  
 
Shu tahlid ittifoq bo’lgunimizcha  
 
Yeb bitirishadi bitta-bittalab.  
A m i r. Movarounnahr tuprog’i uzra,  
 
Buxoroyi Sharif Qo’qon xonligini 
 
Tag-tugi bilan inkor etadi.  


 
Qo’qon kasofati Afg’on sho’rishini  
 
Bizning boshimizga solmog’i aniq...  
 
Nima bitishdingiz Qora taka bilan?  
N o d i r a b e g i m. Mirza Sarkor mening o’g’lim.  
A m i r (
so’zini bo’ladi
.) 
 
Farruh-chi?  
 
Hoji Farruh tarso?  
N o d i r a b e g i m. U ham! 
A m i r (o’shqiradi). 
 
U kofir!  
 
Musulmon yurtini buzgan musofir!  
N o d i r a b e g i m. Ular mamlakatning asil o’g’illari!  
 
Qo’qon istiqboli ular qo’lida.  
 
Oxirgi talabim, mehmon bo’lib keling,  
 
Darvozamiz ochiq poyondoz bilan.  
 
Bunday zo’ravonlik tashriflarini biz ham  
 
Tan olmaymiz xuddi sizning singari!.. 
 
Endi so’nggi so’zim: o’g’limni bering!  
A m i r (
biroz o’ylab qoladi
). 
 
Beraman va lekin bitta shart bilan!  
 
Hokima bo’lasiz Qo’qonga...  
N o d i r a b e g i m (
birdan unga tikiladi, o’zini haqoratlangan sezib
). 
Keting!  
A m i r. Haj va’da qilaman bo’lmasa!  
N o d i r a b e g i m. Keting!  
A m i r. Malikushshuaro, saltanatimda!  
N o d i r a b e g i m. O’g’limni ko’rsating!  
A m i r. Erta Qo’qonda,  
 
O’rdada qurilgan dorda ko’rasiz!  
 
Menga kerak emas malika boshi,  
 
Egib kelgan boshga o’tmaydi qilich.  
N o d i r a b e g i m. Keting. 
 
Chapak chaladi. Parvonachi kiradi.  
A m i r. Malikani kuzatib qo’ying!  
 
Nodirabegim chiqib ketadi.  
 
Turob To’la.
 Tanlangan asarlar. Ikkinchi tom. 
G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at 
nashriyoti. 1972-yil.  



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish