Eshik taqillaydi.
S a t t o r. Bo’ldi! Keyin gaplashamiz. Marhamat!
Sanobar ichkariga kirib ketadi, qo’lida portfel, Hassa bilan Ilhom kiradi.
I l h o m. Salom, Sattor.
S a t t o r (
sovuq
). Salom, hizrni yo’qlasam ham bo’lur ekan.
I l h o m. Kechirasan. Surmaxon yoki oyim shu yerda emasmi?
S a t t o r. Kelib-ketishdi.
I l h o m. Uyda hech kim yo’q. Eshik qulf. Kalitni ham tashlab ketishmadimi?
S a t t o r. Yo’q.
I l h o m. Telefoningizda bir gaplashib olay, maylimi?
S a t t o r. Marhamat!
I l h o m (
stol oldiga borib, telefonda nomer tera boshlaydi. Gudokni kutar ekan,
stolda turgan suratni beixtiyor olib tomosha qila boshlaydi
). Sharifaxon? Salom! Ha, men
Ilhom akangizman. Kechirasiz, Surmaxon sizlarnikida emasmi? (
Trubkani qo’yadi.
Parishon
). Jonga tegdi bunday turmush! (
Kresloga o’tiradi
.) Ishdan charchab kelsang-u,
uyingga kirolmasang, bu nima degan gap? Onasi is chiqqan joydan qolmasa, bolasi
sartarosh-u moshinachinikidan beri kelmasa, mening boshim g’alvadan chiqmasa, bunaqa
xotinning boridan-yo’g’i yaxshi! (
Qo’lidagi suratni ko’zdan kechirayotib
). Barvaqtroq
uylanib qo’ygan ekanmiz, oshna.
S a t t o r (
chetga
). Ana sir ochildi. O’z-og’zidan ilindi. (
Ilhomga
.) Ilhomjon, agar
yanglishmasam, Surmaxonni yaxshi ko’rib, oshiqi beqaror bo’lib olgan eding, shekilli?
I l h o m. To’g’ri aytasan, ayb o’zimda, meditsina fanlari kandidati unvonini olish
uchun Leningradda dissertatsiya yoqlab qaytganimdan keyin, Surmaxonni ko’rib mahliyo
bo’lib qolgan edim. Sinashta bo’lmay uylanib qo’yib, endi dardimga davo topolmay
sarsonman. Husn bir dunyo-yu, xulqi atvori boshqa bir dunyo ekan. O’zim er emas, pulim
er. Ma’lumoti ham oltinchi sinf hajmida. O’qi desa, ko’nmaydi. Ishga kir desam, unamaydi,
janjal bo’lsa, oltmish arava, boshimda tegirmon toshi aylanmagan kunni ko’rishga zorman.
(
Chiqib ketmoqchi bo’ladi
). Endi komendantni topib, eshikni buzdirib, ochdirar ekanman.
S a t t o r. Ilhomjon, agar surat kerak bo’lsa, Sanobarga aytay, orqasiga yozib bersin.
I l h o m. E, kechir og’ayni (
Suratni beradi
.) Parishonlik qursin. (
Ketadi
.)
S a t t o r. Masala ravshan. Xotin me’dasiga tegibdi. Sanobarga osilib yurganining
sababi ham shu. Bu sochi uzun, aqli qisqa ham meni... (
Sanobar ichkari xonadan chiqadi
.)
S a n o b a r. Sochi uchun qiz aqli uzun yigit bilan o’z taqdirini bog’lab, bir yostiqqa
bosh qo’ygan ekan, u faqat vafo to’g’risida o’ylaydi.
S a t t o r. Sizga o’xshab-a?
S a n o b a r. Ha, menga o’xshab.
S a t t o r. So’nggi vaqtlarda tilni juda uzun qo’yadigan bo’lib qoldingiz-a?
S a n o b a r.
Siz
mening
izzat-nafsimga
tegib,
muhabbatimni
hadeb
tahqirlayversangiz, indamaymi, gapirmaymi?! Nohaq gaplaringizga gap qaytarmaymi?
S a t t o r. Albatta, yurishni eplagan odam, gapni ham eplaydi-da.
S a n o b a r. Axir gunohim nima?
S a t t o r. Hali bilib turib, bilmaslikka ham oladigan bo’ldingizmi?
S a n o b a r. Dissertatsiya ustida ishlayotganimni yaxshi bilasiz. Axir, nazariy bilimni
tajribadan ajratib bilmaydi-ku! Ishimning muvaffaqiyatli chiqishi uchun kutubxona, klinika,
laboratoriyalarda tez-tez bo’lib turishim kerak. Agar men sizning o’jarligingiz yoki
rashkingiz to’g’risida dissertatsiya yozganimda, tun-u kun uyda o’tirgan bo’lardim.
S a t t o r. Endi bunaqa bahona topildimi?
S a n o b a r. Menga ishonchingiz shu darajaga borib yetgan bo’lsa, surishtiring,
aniqlang, kimlar bilan qayerda bo’lganimni aytib beray, yuzlashtiring.
S a t t o r. Endi bir kamim ko’chama-ko’cha yurib, xotinimni ko’rdingmi, kim bilan
bo’ldi, nima qildi, deb surishtirib yurish qoldimi?!
S a n o b a r. Bo’lar-bo’lmas mish-mishlarga ishonib, xo’rlayverasizmi? Bekordan-
bekorga tuhmat qilishga uyalmaysizmi?
S a t t o r. Attang, attang! Afsuski, sizga o’xshagan olimlar, kishilarning yuragini
oynaday ko’rsatadigan apparat ishlab chiqarganda, shu apparatning oldiga o’tkazib,
yuragingizni ko’rsatib, o’sha zang bosgan qismini shartta uzib oldingizga qo’yib qo’yardim.
Undan keyin tushingizni suvga aytardingiz!...
S a n o b a r. Men ham o’shanday apparat yo’qligiga afsuslanaman, chunki, siz
tuhmatchi ekanligingizni ochiq-oydin ko’rib olardingiz.
S a t t o r. Endi ish tilyog’lamalikka o’tdimi? Shuncha yillik muhabbat ustiga tuproq
tashlab ko’mib yubordingiz!
S a n o b a r. Yo’q, ko’mib yuborayotgan men emas, siz!
S a t t o r. Qachongacha hunar ko’rsatasiz?
S a n o b a r. Sattor aka, haqorat qilmang! Bu tuhmat!
S a t t o r. Tuhmat! Ilhom akangiz qo’ng’iroq berganlaridan keyin kasalxonaga borib,
na sizni, na Ilhom akangizni topolmay kelganlar, o’lgani yo’q-ku!
S a n o b a r. Surmaxonni g’iybatdan boshqa g’ami bormi?
S a t t o r. Nima, haqiqatni gapirsa, g’iybat bo’larkanmi?
S a n o b a r. Ko’zingizni xira bosibdi. Oq bilan qorani taniyolmay qolibsiz. Meni
haqorat qilyapsiz, bu adolatdan emas.
S a t t o r. Bizning gapimiz adolatsiz-u, qo’ng’iroq oyimlarning qilmishlari adolatli
ekan-da?!
S a n o b a r. Sattor aka, siz o’rinsiz rashk qilasiz, gap faqat rashkdagina emas. Yo’q,
hamma balo sizning xotin-qizlarga ishonmasligingizda, bizlarga nisbatan eskicha
qarashingizda!
S a t t o r. Hali, meni fikri buzuq ham dersiz!
S a n o b a r. Sizning ra’yingizga qarasam, qosh-qovog’ingizga termilib uyda
o’tirishim, ostona xatlab ko’chaga chiqmasligim, qisqasi, jamiyatdan chetda qolishim kerak.
Yo’q, Sattor aka, butunlay yanglishasiz. Axir bu, xotin-qizlarga boy-feodallarcha
munosabatda bo’lishning o’zi-ku?
S a t t o r. Hali boy, feodal nomini ham orttirdikmi?! Bo’ldi. Bu uyda yo feodal tursin,
yo siz turing!..
S a n o b a r. Hali shundaymi?
S a t t o r. Ha, shunday!
S a n o b a r. Kunda bo’ladigan haqoratga toqat qolmadi. Jonim halqumimga keldi.
Ketaman. Ketishga majburman.
S a t t o r. Aybingizni bo’yningizga olganingiz uchun rahmat!
S a n o b a r. Aybim yo’q. Tuhmatdan voz kecharsiz, xato yo’ldan qaytarsiz hali,
bolani yetim qilmassiz, deb o’ylagan edim.
S a t t o r. Yo’q, qaror qat’iy! Ikkalovi ikki xonaga kirib ketadi. Xosiyat chiqadi.
X o s i y a t. Qizim, Sattor, kelinglar, ovqat tayyor.
Do'stlaringiz bilan baham: |