Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
MAQSUD SHAYXZODA 
VA UNING ASARLARI HAQIDA SHARHLAR 
SHUKUR BURHONOV: «KATTA DO’STIM, USTOZIM EDI» 
Bir  kuni  Shayx  aka  kelib  qoldilar.  U  kishining  biznikiga  qadam  ranjida  qilishlari 
xonadonimizda bamisoli bayram bo’lardi. 
Hamma yoqda urushning dahshatli oqibatlari. Shunday paytda jangda qurol bilan jang 
qilganidek,  adabiyot  va  san’at  ham,  biz  aktyorlar  ham  jang  qildik.  Shu  boisdan  Shayx 
akaning  «Jaloliddin  Manguberdi»ni  yozib,  sahnada  qo’ydirishi  ham  o’z  navbatida 
fashizmga qarshi o’ziga xos jang edi... O’sha kuni Shayx aka aytgan gap hamon yodimda: 
«Shukurjon,  xalqimizga  oz  bo’lsa-da,  ma’naviy  madad  bo’lsin,  deb  moziydan  mavzu 
tanlab,  shu  dramani  yozdim.  Jaloliddin  Manguberdi  haqida.  Asarni  yozish  davomida 
rollarni  kimlar  o’ynashini  ham  o’yladim.  Jaloliddin  siz  uchun».  Bu  xushxabarni  quvona-
quvona Usmon ota bilan Mannon og’aga yetkazdim. Usmon otaning topshirig’i bilan o’sha 
paytda  yozuvchilar  sovetining  raisi  Hamid  Olimjon  ham  tanishib  chiqib,  ma’qulladi! 
O’shanda  teatrimizda  dramani  shoirning  o’zi  hayajon  bilan  o’qib  bergani  esimda. 
Shayxzodaday shoir, O’tmishimizning katta bilimdon olimi, qomisul a’lamning teatrimizda 
bo’lishi  artistlarimiz  uchun  bamisoli  kashfiyot  bo’lgan  bo’lsa,  «Jaloliddin  Manguberdi» 
artistlarimiz tomonidan katta topilmaday qabul qilindi... 
Asarni  sahnaga  qo’yishda  Shayx  aka  bevosita  ishtirok  etdi.  Deyarli  har  kuni 
repetitsiyaga kelar, rejissorning deganlariga quloq solar.  Ayni paytda bizga,  ya’ni rollarda 
chiquvchi artistlarga maslahatlar berar edi. Ko’pincha repetitsiyadan keyin Shayx aka bilan 
qaytardik.  Yo’lda  ketar  ekanmiz  sahna  asarlari  qanday  bo’lishi,  saviyasi,  aktyorlik 


mahorati,  til  madaniyati  haqida  suhbatlashardik.  Har  bir  suhbatda  Shayx  aka  katta 
san’atkor,  mashhur  dramaturg,  faylasuf,  shoir,  ayni  chog’da  oliyjanob  inson  sifatida 
namoyon bo’la borardi. 
Kamtarlik  bo’lmasa  ham  bir  gapni  aytib  o’tay,  kishilar  o’rtasida  «Mirzo  Ulug’bek» 
haqida  so’z  ketganda  Shayx  domla:  «Mirzo  Ulug’bek»ni  spektakl  qilgan  Shukur 
Burhonov!»  degan  ekanlar.  Yaxshi  gapning  ham,  yomon  gapning  ham,  qanoti  bor, 
deyishadi.  Bu  gap  menga  ham  yetib  keldi.  Shayxzodadek  zukko,  har  gapni  ming  o’ylab, 
chamalab aytadigan kishining bu so’zlarini o’zim uchun bir majburiyat, deb bildim. Mirzo 
Ulug’bek  bo’lib  sahnaga  chiqqanimda,  keyinchalik  uni  kinofilmda  o’ynaganimda  har  gal 
shu  qahramonim  uchun  butun  aktyorlik  mahoratimni  ishga  soldim,  shayxona  o’ynashga 
harakat qildim! Shayx akaning yana bir asar — Abu Rayhon Beruniy haqida tarixiy-she’riy 
drama  yozayotganidan  xabardor  edim.  Bir  kuni:  «Shukurjon,  Mirzo  Ulug’bek  bo’lib 
jahonni  kezib  chiqdingiz,  endi  boshqa  bir  alloma  —  Beruniy  bo’lib,  yana  bir  bor  ming-
millionlab  xalqimizning,  san’at  shaydolarini  shodon  etasiz-da»  deb  qoldi.  Afsuski  katta 
do’stim  va  ustozim  bu  asarni  tugata  olmadi.  Men  hayotda  Shay’zoda  domladan  ko’p 
qarzdorman.  Shayx  og’aning  biz  san’atkorlar,  xususan,  yosh  aktyorlarning  betinim 
izlanishlar, mehnat va yana mehnat qilish, o’z ustida muntazam ishlash orqaligina mahorat 
cho’qqilarini egallash, talaffuzdek ehtiyotkorlik borasidagi fikr-mulohazalari, yonib-kuyishi 
va hokazolar, san’atkor borki, bularning barisi buyuk bir maktabdir. 
Malik Murodov
, filologiya fanlari doktori, professor. 
«Ikki do’st», «Toshkent oqshomi» gazetasi, 
1988-yil, 31-oktabr. 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish