ALPOMISH
(Birinchi pardadan parcha)
...Boysari (
g’azab bilan o’rtaga chiqadi
).
Dag’dag’aga usta ekan xoningiz,
Tinch elatga hasad bilan tashlab ko’z!
«Bizga bering ulovingiz, doningiz!.. »
Shu ham gapmi?!. Ana do’g-u, ana so’z!..
Bunday so’zlar bizga aslo botmaydi,
Egri so’zga egri kaltak, deganlar!
A l p o m i s h. Xon farmoni qildi meni darg’azab!
Bo’ysunmaymiz, to’g’rilikcha tezroq qayt!
U l t o n. Qaytib borib, Toychaxonga shuni ayt,
Qildirmaymiz yurtimiz oyoq osti.
Mana, javob lo’ndasi, gapning rosti!
A l p o m i s h. Zo’rlik bilan yov qullikka ko’ndirolmas!
J u m a n. Qahr-u g’azab olovini so’ndirolmas!
I n o q. Xon xatiga javob shumi?
X a l q. Javob shu!
K o’ k a l d o v. Hozir asir qilib,bog’lay hammangni!
Ol dovlarim!..
A l p o m i s h. Bizlar sevmaymiz jangni,
Ammo, yurtni yot qadamdan saqlaymiz!
K o’ k a l d o v. Tut dovlarim!
Q o r a j o n (
hijolat chekib
). Qaysi birin bog’laymiz?
K e n j a d o v. Ulug’ alpim, o’ylab bir ish qilaylik!
Zo’rligimiz o’rnida pesh qilaylik!
K o’ k a l d o v (
baqiradi
). Bog’la, dedim, bog’la!
Alpomish ishora qiladi, yigitlar qo’llarini tutadilar, kulgi boshlanadi. Qorajon
iztirobda, Surdov qo’rquvdan chekinadi, kulgi tobora avj oladi. Alpomish Boysari qo’lidagi
farmonni olib, orqasiga yoza boshlaydi. Boysari Ko’kaldov ro’parasiga chiqadi.
B o y s a r i. Ho, Ko’kaldov! Elchiliging unutma,
Ko’p haddingdan oshma, qing’ir yo’l tutma!
Bular seni bog’lashmadi! Qil qulluq!
Chunki, odat. Elchi uchun o’lim yo’q!
A l p o m i s h (
o’rtaga chiqadi
).
Xon xatiga javob tayyor! Ho, elchi!
Bosib o’pkang, biroz yaqinroq kel-chi!
(
Yaqin keladi, o’qiydi
.)
Javob yozdik farmoningga, ey, Toychaxon,
Deb ekansan «qilichimdan titrar jahon!.»
Avval o’zing kimligingga qarab boq-chi,
Tinch ellarni qaqshatuvchi shum qaroqchi!
Biz o’zbeklar do’stlar uchun jon beramiz,
Och bo’lsang kel, iltimos qil, don beramiz.
Dushmanlarga el g’azabi haddan yomon,
Kim qasd qilsa, bu elatdan qaytmas omon!
Har bir yigit, har bir qiz bu yurtga posbon,
Bir do’q bilan yengarman deb, qilma gumon!
Bu elatni qo’riqlovchi farzandlar bor.
Bosqinchiga har doimo javob tayyor!
B o y s a r i (
Ko’kaldovga beradi
).
Toychang buni tumor qilib osib olsin,
So’ngra biroz o’pkasini bosib olsin!..
Ko’kaldov xatni olib, zarda bilan chiqa boshlaydi, orqasidan Qoradov va Surdovlar
chiqadilar, xalq jim, orqada otliqlar sharpasi uzoqlashadi.
Sobir Abdulla.
Tanlangan asarlar. G’afur G’ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1956-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |