Pilorik bezlar tuzilishi jixatdan oddiy alveolyar naysimon bezlar guruxiga kiradi. Pilorik bezlar
tarkibida shilliq moddalar ishlab chiqaradigan qo’shimcha hujayralar, mukotsitlar,
enteroendokrin hujayralarni ajratish mumkin. Bu hujayralar serotonin, endorfin, somatostatin,
gastrin va boshqa biologik moddalarni ishlab chiqaradi. Bo’yin bugmachasi sohasida joylashgan
hujayralarining bo’linishi hisobidan bez hujayralarini tiklanishi ta’minlanadi.
Me’daning kardial bezlari oddiy naysimon yoki alveolyar- naysimon tipda tuzilgan.
Kardial bezlarning hujayralari asosan shilliq moddalar ishlab chiqaradi, ba’zan tarkibida bosh va
qoplama hujayralarni oz miqdorda uchratish mumkin. Postnatal ontogenez davomida oshqozon
tez takominlashadi.
Chaqaloqlarda me’da shakli duksimon bo’lib, juda tez o’sadi. Chaqaloqlik davridan
voyaga yetguncha ichki a’zolarni massasi 12 marotaba oshsa, me’da vazni 24 marotaba oshadi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqni me’da xajmi 30-35 sm, ikki xaftadan so’ng - 90 sm, 3 yoshda 576-
680 sm tashkil etsa, katta odamda 1200-1600 sm ga teng.
Me’da osti bezi qorin bo’shlig’ining orqa tomonida I-II bel umurtqalari qarshisida,
me’daning orqasida joylashgan. U qorin pardasi bilan faqat - oldingi va pastki tomondan
o’ralgan bo’ladi. Me’da osti bezi ovqat hazm tizimida ikkinchi yirik bez bo’lib,uning massasi 60-
100 g, uzunligi 15-22sm. Bez kizigish-kulrangda, ustidan yupqa biriktiruvchi to’qimali kapsula
bilan o’ralgan, o’n ikki barmoqli ichak bilan taloq orasida joylashgan.
Me’da osti bezi bosh, tana va dum qismlaridan iborat. Bosh qismi keng bo’lib, o’n ikki
barmoqli ichakning taka shaklidagi egikligida joylashadi. Tana qismi uzun va ko’ndalang
yo’nalgan. Dumi esa toraygan bo’lib, taloq darvozasigacha yetadi. Bezning orqa tomonida qorin
aortasi va pastki kavak vena yondoshib turadi.
Me’da osti bezida ekzokrin va endokrin qismlari ajraladi.
Ekzokrin qismi
tashqi sekretsiya
bezlariga o’xshash bo’lib, tuzilishi jixatdan murakkab alveolyar-naysimon bez hisoblanadi.
Alveolyar qismi atsinuslar deyladi. Atsinuslar tarkibiga kiruvchi hujayralar
pankreatik
shira
ishlab chiqaradi. Pankreatik shira tarkibini proteolitik, amilolitik va lipolitik fermentlar
tashkil qiladi, oqsillarni, yog’larni va uglevodlarni hazm qilish jarayonlarida ishtirok etadilar.
Alveolalardan mayda naychalar boshlanadi. Bir nechta alveolalardan chiqqan naychalar
birikib bo’lakchalararo chiqaruv naychalarni hosil qiladi. Bu naychalar esa asosiy chiqaruv
yo’lga ochiladi va natijada ishlab chiqariladigan maxsulot o’n ikki barmoqli ichakka borib
quyiladi.
Me’da osti bezining
endokrin qismi
maxsus hujayralardan tarkib topgan. Bu hujayralar
orolchalar xolida uchrab, Langergans orolchalari deb nom olgan va bezning dum qismida
ko’proq uchraydi. Orolchalarda chiqaruv naylari bo’lmaydi va ishlab chiqariladigan maxsulot
to’g’ridan - to’g’ri qonga o’tadi. Endokrin qismida
insulin
va
Do'stlaringiz bilan baham: