tRNK (transport RNK)
tRNK tarkibiga 75–100 tagacha mononukleotidlardan tashkil topgan, molekulyar massasi 23000–
30000, umumiy RNK larning 18% ini tashkil qiladi. Har bir aminokislota uchun spetsifik tRNK
mavjud. tRNKning birlamchi strukturasining ayrim qismlaridagi nukleotidlar qo„sh asoslar tashkil
qilib birikishi natijasida
«beda bargi
» nomi bilan yuritiladigan ikkilamchi struktura kelib chiqadi.
tRNK sitoplazmada ma‟lum erkin aminokislotani biriktirib ribosomaga tashib keltiradi, tRNKda
akseptor uchi va antikodon qismi mavjud. Akseptor uchi bilan aminokislotani biriktiradi, antikodon
qismidagi uchta nukleotid (triplet) iRNK kodon (bitta aminokislotani sinteziga javobgar uchta
nukleotiddan iborat) qismiga mos keladi. Bundan tashqari tRNK aminokislotani sintezlanayotgan
oqsilning qaysi qismiga o„tirishini ta‟minlaydi (
adaptorlik funksiyasi
).
Do'stlaringiz bilan baham: |