14 yanvar vatan himoyachilari
kuni
Tadbir ssenariysi
1-boshlovchi:
Assalom, ey olam, feruza osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.
2-boshlovchi:
Assalom azizlar, do'st-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush ko'rdik
Ulug` anjumanda Sizni xush ko'rdik.
1-boshlovchi :
- Assalomu alaykum, tadbirimizda ishtirok
etayotgan, davramizga fayz qo’shib turgan qadrli
ustozlar hamda mo’tabar mehmonlar !
2-boshlovchi:
Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab
o’tkazilayotgan « Vatanimiz posbonlari » deb
nomlangan bayram tadbirimizga hush kelibsiz.
1-boshlovchi:
1992-yilning 14-yanvarida O„zbekiston
Respublikasi Oliy kengashining “O'zbekiston
Respublikasi hududidagi joylashgan harbiy qismlar
va harbiy o'quv muassasalari to'grisda''gi qarori
asosida
O'zbekistonning o'z Qurolli Kuchlari tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-
yil 29- dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini
belgilash to'g'risi”dagi qonuniga binoan, 14-yanvar
“Vatan himoyachilari kuni”,- deb e'lon qilindi.
2-boshlovchi:
Mustaqillik yillari Yurtboshimiz tashabbusi bilan
amalga
oshirlayotgan harbiy islohotlar jarayonida qisqa
muddat ichida
O'zbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va
barqarorligi, sarhadlarimiz
daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan
qodir bo'lgan zamonaviy, eng yangi bo'lgan qurol-
yarog'lar va harbiy texnika bilan
ta'minlangan mutloqo yangi milliy armiyamiz
vujudga keldi.
Vatan,vatan himoyasi haqida shoirlar ko'p
she'rlar birgan.O'quvchilarimiz yod olgan ana
shunday she'rlarga beramiz.
1-o'quvchi:
Elim deb, yurtim deb yashar harbiylar,
Gayrati Amuday jo’shar harbiylar.
Ona yurt - Turonda tinchlik yo’lida
Insoniy burchini o’tar harbiylar!
2-o'quvchi:
Ey,dunyo nazari tushgan hur o’lka,
Sen bilan biz doim elkama-elka.
Yo’lboshching yonida kamarbastamiz,
Metinday mustahkam po’lat safdamiz.
Ahdimiz oqlshga burchli, haqlimiz,
Osuda, tinch yasha, ey yurt, xalqimiz!
3-o'quvchi:
Osmon-u falakda, hushyor harbiylar!
Sarhadda, izmida hushyor harbiylar!
Yomon ko’z, yovlardan elni asrshga
Kecha-yu kunduzi tayyor harbiylar!
1-boshlovchi:
Har bir insonning kindik qoni to’kilgan muqaddas
tuprog’i , o’z yurti , ona –Vatani bo’ladi.
2-boshlovchi :
-Ha, darhaqiqat , ana shu muqaddas zaminni
ko’z qorachig’day asrash , uning sarhadlarini yovuz
kuchlardan qo’riqlash har bir farzandning sharafli
burchidir.
Har birimiz yaxshi xulq va a'lo baholarimiz bilan
Vatanga sodiq farzand ekanligimizni ko'rsatamiz.
Hozirgi '' Mendirman o'sha'' qo'shig'i''da ham
bunga guvoh bo'lamiz.
1-boshlovchi:
- O’zbekiston zaminidagi bugungi tinch va osuda
hayot , farovonlik xalqimizga istiqlol baxsh etgan
bebaho ne’matlaridandir. Milliy Armiyamiz -
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ana shu
osudalik va faravonlik muhim kafolati va ishonchli
qalqonidir.
2-boshlovchi:
Yigitlarimiz armiya safida harbiy
mutaxasisliklarni egallash bilan birga , jismoniy va
ma’naviy jihatdan chiniqib , irodasi toblanmoqda,
eng muhimi ular Vatan himoyasi uchun doimo
tayyor turadigan fidoyi insonlar bo’lib kamol
topmoqda.
Askar-mard,jasur,epchil,kuchli yigit
deganidir.Sinfimizning o'g'lonlari Vatanimizning
bo'lajak posbonlaridir.Ular hozir jasur askar bo'lish
orzusida .Ular ishtirokidagi jangovar raqsga
beramiz.
1-boshlovchi:
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning umumiy
harbiy majburiyatlarini bajarish va harbiy xizmatini
o’tash bilan bog’liq munosabatlar O’zbekiston
Respublikasining 2012 –yil 12-dekabardagi
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to’g’risida “gi qonun bilan tartibga solingan .
2-boshlovchi:
-Ushbu Qonuning 3-moddasida O’zbekiston
Respublikasi xalqi va Prezidentiga sodiqlik
to’g’risida Harbiy qasamyod qabul qilinishi ko’zda
tutilgan bo’lsa , uning 51- moddasida harbiy
xizmatdan bo’yin tovlaganligi uchun amaldagi
qonun hujjatlariga muvofiq jinoy javobgarlikka
tortilishi aytib o'tilgan.
Bugungi kunda nafaqat mard yigitlar,balki
jasoratli qizlar ham Vatan himoyasi ,el kori uchun
bel bog'lab xizmat qilmoqda.Ular haqida sinfimiz
qizlari she'r yod olishgan.Marhamat!
1- o’quvchi:
Baxtlisizlar, kun tun elga tinchlik so’rab,
Lekin doim yurolmaysiz kulib yayrab.
Yurtni ko’proq sevgim kelar sizga qarab,
El posboni libosin kiygan qizlar.
2- o’quvchi:
Elkangizda yulduzchalar porlab turar,
Sizni mudon yorug’likka chorlab turar.
Siz kulganda osoyishta olam kular,
El posboni libosin kiygan qizlar.
3- o’quvchi:
Siz- jasur malikasiz,jur’atlisiz,
Gulchehrasiz-hamda go’zal siyratlisiz,
O’rni kelsa,shamoldan ham shiddatlisiz,
El posboni libosin kiygan qizlar.
1-boshlovchi:
- Ixcham, tezkor va harakatchan , zamonaviy
qurol-yarog’ hamda texnika bilan ta’minlangan
Milliy Armiyamiz sarhadlarimiz dahlsizligini ,
yutimizdagi tinchlik va barqarorlikni buzishga
qaratilgan har qanday yovuz harakat va hurujlarni
bartaraf etish va ularga munosib zarba berishga
qodir.
2-boshlovchi :
-Ha, darhaqiqat , O’zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari mustaqilligimizning muhim kafolati ,
ozod va obod Vatanimizdagi har qanday
tajavvuzlardan himoya qilishga qodir ishonchli
qalqondir. Bugun armiyamiz eng zamonaviy qurol-
yarog’ va harbiy texnika , moddiy texnika
vositalari bilan jihozlangan .
Endigi navbatni qizlar ishtirokidagi raqsga
beramiz.
1-boshlovchi:
- Yigitlik burchini ado etishga chog’langan har bir
askar ona –Vatanga , xalqiga va Prezidentiga
o’g’lonlik va’dasi sifatida sodiqlik to’g’risiga harbiy
qasamiyod qabul qiladi.
2-boshlovchi:
Askarning qalbidan otilib chiqayotgan bu so’zlar
uning kindik qoni to’kilgan muqaddas tuproq ,
avlod-ajdodlari hoki yotgan tabarruk zamin , uning
mustaqilligi va hududiy yahlitligini avaylab-asrash ,
o’z xalqini tinchligi , sho’x-shodon bolakayning
beg’ubor damlari , nurli kelajagi uchun ma’suliyatni
o’z zimmasiga olish hammaga nasib qilavermaydi.
Har bir askar xizmati Vatanga qasamyod
qilishdan boshlanadi va unga umrbod amal
qiladi.Endi sahnaga bo'lajak Vatan posbonlarini
taklif qilamiz.
HARBIY QASAMYOD
1-o'quvchi:
Men (familiya, ismi, otasining ismi)O'zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman,
xalqimga Prezidentimga sodiq bolishga Tantanali
ravishda qasamyod qilaman.
2-o'quvchi:
Men O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasini muqaddas bilib, ularga rioya
etishga, harbiy nizomlarni, kamandirlar va
boshliqlarning buyruqlarini sozsiz bajarishga,
harbiy intizomga qatiy rioya qilishga, halol, jasur va
sergak jangchi bolishga qasamyod qilaman.
3-o'quvchi:
So'ngi nafasim qolguncha ona Vatanimning
sadoqatli farzandi bolib qolishga, harbiy xizmatning
butun mashaqqat va qiyinchiliklarini sabot bilan
yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam
saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod
qilaman.
4-o'quvchi:
Jonajon Ozbeistonimning nurli istiqboli uchun
uning davlat manfaatlari va mustaqilligining
himoyachisi bolishga qasamyod qilaman.
Hamma:
Agar men ushbu tantanali qasamyodimni
buzsam qonunlarda belgilangan jazoga va xalqning
nafratiga mubtalo bo`lay.
1-boshlovchi:
-Mana bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetib
borayapti. Barchalaringizni mamalakatimiz
hayotoidagi qutlug’ sana –Vatan himoyachilari kuni
va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 31-
yilligi bilan chin qalbdan yana bir muborakbod
etamiz!
2-boshlovchi:
-Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, yaxshi
kayfiyat , o’qish va ishlaringizda omad yor bo’lishini
tilaymiz. Xonadonarinigizdan fayzu baraka
arimasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |